10-BOB. MARKAZIY VA SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARINING BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH TAJRIBASI
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Bozor iqtisodiyoti, xarajat, rivojlanayotgan mamlakatlar, ishsizlik, industriya.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti
2. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining bozor munosabatlariga o‘tishining o’ziga xosligi
3.Davlat mulkini xususiylashtirish
4. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyoti qay darajada.
5. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi
KEYS STADI
Muammoli topshiriq
1. Muammo. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiyotdagi tuzumiy o‘zgarishlari deganda nimani tushunasiz?
2. Qo‘shimcha axborot
Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy tuzumiy o‘zgarishi ikki tomonlama zaruriyatga aylanadi. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan belgilansa, ikkinchidan O‘zaro iqtisodiy yordam kengashidan chiqish bilan belgilanadi. Bu mamlakatlar ilgari sobiq SSSR boshliq iqtisodiy birlashmada bo‘lib, ishlab chiqarish Sharqiy mamlakatlarda, sobiq sotsialistik iqtisodiy mamlakatlar bilan birlashgan xolda va ularning talabi asosida shakllanar edi. Bundan tashqari ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasi nisbatan past darajada edi. Bozor munosabatlariga o‘tish esa bunga qo‘shimcha ravishda tuzumiy o‘zgarishlarni talab etadi.
Tuzumiy o‘zgarish va bozor xo‘jaligiga o‘tish avvalo Yangi texnologiyaga asoslanish, progressiv tarmoqlarni yaratish, raqobatbardoshlikni ta’minlash, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga moslashuvlar bilan ifodalanadi. Bozorga o‘tishdan oldin bu mamlakatlar uchun og‘ir sanoat va mashinasozlik asos bo‘lib hisoblanib, sanoat ishlab chiqarishining YAIMdagi hissasi yuqori bo‘lgan. Masalan, Ruminiyada – 61, Bolgariyada – 58, CHexoslvovakiyada – 57, Polshda – 52, Vengriyada – 36 foizga to‘g‘ri kelgan. 90 – yillar oxiriga kelib esa, 25 dan 33,2 foizga, qishloq xo‘jalik 6,6 dan 12 foizgacha, qurilish 7 dan 11 foizgacha to‘g‘ri keladi.
Sanoatning YAIMdagi qisqarishi birinchi navbatda og‘ir sanoat tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Buning sababi avvalo norentabel korxonalar hisobiga bo‘lsa, so‘ngra talabning kamayishidir. Chunki mahsulot ishlab chiqarish sobiq SSSR va boshqa O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi mamlakatlariga qaratilgan bo‘lsa, endi bu tub o‘zgaradi. SHu bilan birga xomashyo manbaalari ham o‘zgarib, davlat dotatsiyalari to‘xtaydi.
Ayniqsa yuqori texnologiyali elektronika kabi tarmoqlar katta zarbaga duch keladi. Bundagi asosiy sabab G‘arbiy mahsulotlarning ancha arzonligi va raqobatbardosh bo‘ladi. Sanoatda eng raqobatbardoshli tarmoqlar to‘qimachilik,oziq-ovqat, yog‘ochga ishlov berish, bosmaxona kabilar hisoblanib, bular talabli iste’molga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari bu tarmoqlar katta investitsiya talab etmaydi va arzon ishchi kuchi mavjudligi bilan G‘arb mahsulotlariga raqobatbardosh bo‘la oladi. Lekin baribir bu tarmoqlar ham kengaya olmagan va boshqalarga nisbatan kamroq qisqargan, xolos.
SHu bilan birga bir necha tuzumiy o‘zgarishlar yuz berishi sezilib, tuzumiy tarmoqlarning bir-biriga yaqinlashuvi, tenglashuvi kabi xodisalar amalga oshadi. Qo‘llanilayotgan texnika asta-sekin muntazam energiya tejamli bo‘lib boradi. Yangi xil ishlab chiqarishlar yuzaga keladi va buning hisobiga ishlab chiqarishning to‘xtovsiz tabaqalashishi yuz beradi. Sanoatning diversifikatsiyalashuvi kuchayib, ishlab chiqarishlar o‘rtasida o‘zaro ayriboshlash rivojlanadi.
Avvalo mashinasozlikda tuzumiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, umuman investitsiya o‘sadi va ayniqsa ITKTI (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-tajriba ishlari)ga kapital xarajatlar ko‘proq sarf etiladi. Texnika va texnologiyaning o‘sishi sababli an’anaviy sanoat tarmoqlari asoslari va tuzumlari o‘zgaradi. Yangi ilm sig‘imli tarmoqlar paydo bo‘ladi. Masalan, avtomatika ishlab chiqarish, radioelektronika, EHM, robot texnika kosmik va lazer texnikasi kabilar shular jumlasidandir.
Metallurgiyada sifat o‘zgarishi yuz berib, sifatli po‘lat chiqarish, ijara buyumlarining tejamlilarini ishlab chiqarish o‘sadi. Bu sohada ayniqsa Chexiya va Polsha ko‘p samarali ishlarni amalga oshiradi. Sanoatning ba’zi tarmoqlarida tub o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, Polshada 1995 – yildan boshlab ko‘mir qazish sanoatida keskin o‘zgarishlar berib, qoloqlikdan chiqariladi. Chunki u ancha yillardan beri tushkunlikda davom etar edi.
Qishloq xo‘jaligini olsak, agrar siyosatning bu mamlakatlardagi eng muhim vazifalari mahsulot yetishtirishning muntazam o‘sib borishini amalga oshirgan xolda aholini ular bilan to‘la ta’minlashdan iboratdir. Qishloq xo‘jaligida bandlik 25 foizni tashkil etib, u YAIMning 8 foizini ta’minlaydi. Bu mamlakatlar agrosanoat kompleksida asosiy ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslarining 20-30 foizgachasi banddir. Ijtimoiy yalpi mahsulotning 25-40 foizgachasi shu tarmoqqa to‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaqtda bu mamlaktalar qishoq xo‘jaligida agrar ishlab chiqarishning tuzumida faol ravishda o‘zgarishlar davom etmoqda. Narx-navoni to‘la va qisman erkinlashtirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning to‘la erkinligini ta’minlash asosida bozor munosabatlari muntazam ravishda rivojlanmoqda. Erga bo‘lgan egalik, xo‘ajiklar tuzumi o‘zgarib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlariga o‘tish bu mamlakatlarda deyarli o‘z asosi bo‘yicha bir xilda davom etmoqda. Ammo tezligi, nodavlatlashtirish xajmi, xususiylashtirish shakllarini tanlashda farqlar mavjud va ba’zi xollarda bu farqlar ancha kattadir.
Aytaylik, Vengriyada yerga egalikni xususiylashtirish bilan birga dehqon-fermer xo‘jaliklarining shakllanishi qo‘llanilmoqda. Ammo ayni vaqtda ularni qo‘llash va kooperativ mahsulotlarini xarid qilish, norentabel ishlayotgan xo‘jaliklarni o‘zgartirish, faoliyatini to‘xtatish kabilarga e’tibor susaymoqda.
Polshada oilaviy va individual shaklli xo‘jalik qishloqda asos bo‘lib kelgan va mahsulot xosil qilishning 75-80 foizi shunga to‘g‘ri kelgan. Agrar siyosatda norentabel xo‘jaliklar faoliyatini to‘xtatish, yer bozorini jonlantirish, qishloq xo‘jalik infratuzilma va servisga e’tibor berish, ayniqsa mahsulotni qayta ishlash va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish kabilarga doimo e’tibor qaratiladi.
Chexiya va Slovakiyada esa vaqtincha foydalanilmayotgan erlarni ishga solish, fermer xo‘jaliklarini soliqdan ozod qilish tufayli qo‘llash kabilardan foydalaniladi. Umuman yirik xo‘jaliklar asos bo‘lib qolmoqda. Qishloq jlylarda xo‘jalik turlarini ko‘paytirish taqdirlanadi.
Bu mamlakatlarda islohotlarning boshidanoq iqtisodiy o‘sishga xos soha xizmat ko‘rsatishdir. Bu asosan moliya va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga xosdir.
Bu mamlakatlarda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning YAIMdagi hissasi rivojlangan mamlakatlar darajasida bo‘lib, 1993 – yildayoq Polshada – 21, Vengriyada – 22,5, Chexiyada – 14,6 foizga teng bo‘lgan. Ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ajratma bu mamlakatlarda dunyo bo‘yicha eng yuqori darajadagilardir.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy xarajatlar darajasi diqqatga sazovorligi juda ahamiyatlidir.
III. GLOSSARIY
Do'stlaringiz bilan baham: |