6-BOB. FRANSIYADA IJTIMOIYLASHTIRILGAN BOZOR IQTISODIYOTI
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Atom energetikasi, agrar siyosati, tadbirkor, farmasevtika, moliya-kredit, markaziy bank, kooperativ.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.Fransiya iqtisodiy salohiyati va uning jahon miqyosidagi ahamiyati.
2.Fransiyaning Yevropa iqtisodiyotidagi o‘rni nimalar bilan belgilanadi.
4.Fransiya qishloq xo‘jaligi xususiyatlari nimalar bilan belgilanadi.
5.Fransiya hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti rivoji nimalarda o‘z aks etadi.
Keys stadi
O‘zbekiston tashqi siyosatining Yevropa yo‘nalishi qat’iyatlik bilan rivojlantirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining Germaniyada 1993 yil 28 aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga egadir. Ayni paytda bu safar natijasida respublikamiz uchun Yevropa sari katta yo‘l ochildi.
I. Karimov GFR Federal kansleri Gelmug Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik asosida, ishonch va qat’iyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalar qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya sanoatini o‘rganishga katta e’tibor berdi. "Doyche bank", "Mersedes-Bens" va "Simens" kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Jumladan, Xorazmda "Mersedes-Bens" kompaniyasi ishtirokida yuk mashinalari yig‘adigan zavod qurish haqida ahdlashildi. Safar natijalariga ko‘ra o‘zbek-nemis hamkorligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki-tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. "Toshkent-Frankfurt" havo yo‘lida samolyotlar qatnay boshladi. "Doyche bank"ning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.
1994 yil 9-12 iyun kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya (Gollandiya)da bo‘ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig‘i - Bosh vazir Rudolf Lyubbers bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida suhbat bo‘ldi. Safar natajasida O‘zbekiston va Gollandiya o‘rtasida davlatlararo munosabatlar prinsiplari haqida bayonot va savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agrar xo‘jaligining texnologiyasi, urug‘ va nasllari, mehnat usullaridan O‘zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib mo‘l hosil etishtirilmoqda.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993 yil 28-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I.Karimov Fransiya Prezidenti F.Mitteran, Fransiyanint boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vaqillari bilan do‘stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. Safar natijasida Parijda O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim imzolandi.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993 yil 17-19 iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatimiz bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o‘lmas tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993 yil 15 oktyabr kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Daglas Xognint O‘zbekistonga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlik bitimi, ikki yoqlama soliq solmaslik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shvetsariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatdi va kengayib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida bir necha o‘n yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Yuqori keltirilgan ma’lumotlar bir tarafdan albatta Yangi respublika uchun qisqa vaqtda erishgan katta yutuqlardir. Lekin, masalaning ikkinchi tomoni o‘rnatilgan bu hamkorliklarning hozirda rivoji va yurtimiz uchun foydasi qanday darajada ekanligidir. Asosan tuzilgan shartnomalar o‘z faoliyatini yaxshi olib bormoqda, lekin, shu bilan bir qatorda muammolar ham yo‘q emas. Muammolar albatta asosan tashqi iqtisod bilan, xususan mamlakat eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, tashqi iqtisodiy aloqalarimizda import ulushini kamaytirish va eksportni kengaytirish tomon burilish yasalishi muhim ahamiyatga ega.
Prezident I.Karimov o‘zining "O‘zbekistonning yetti zafarli yili" asarida «O‘zbekiston tarixdan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo‘shildi, uning teng huquqli sub’ektiga aylandi. Nufuzli xorijiy davlatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu jonajon Vatanimiz xavfsizligining muhim sharti va taraqqiyotimizning kafolatidir", - deb yozadi. Darhaqiqat, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ektiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga egadir. SHu bilan birga dunyo xo‘jalik va siyosiy tizimida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lish uchun xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etish va Osiyo, Yevropa va Amerikaning yetakchi davlatlari bilan hushyorlik bilan munosabatlar olib borish talab etiladi. Buning uchun esa uzoqni ko‘ra biladigan, bilimli kadrlarni tarbiyalash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Yevropa Ittifoqi davlatlari ham xalqaro terrorizmga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgan holda o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistonga yuborishdi. Ayrim davlatlar, shu jumladan, Germaniya o‘z harbiy kontingentini Afg‘onistonning shimolida, bir qismini esa O‘zbekiston janubida Termez shahrida joylashtirdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari iqtisodiyot sohasida ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Yevropa Ittifoqining faol a’zolaridan bo‘lgan Germaniya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi eng yaqin hamkori hisoblanadi. Germaniya Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga doimo nemislarga xos xolislik bilan yondoshgan va doimo qo‘llab-quvvatlagan. 2005 yil Andijonda ro‘y bergan may voqealaridan keyin O‘zbekistonga qarshi olib borilgan axborot xuruji davrida, Yevropa Ittifoqi tarafidan qo‘llanilgan jazo choralari davrida Germaniya bizni doimo qo‘llab-quvvatlab keldi. 2006 yilda Germaniya rasmiy doiralari O‘zbekiston vakillari bilan bir necha marta uchrashdilar va EIning bugungi kundagi raisi Germaniya 2007 yilda ushbu jazo choralarini bekor qilishga alohida ahamiyat bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |