9.3. Iqtisodiy o`sish va ekstensivlik
Xitoyda xususiy sektorni yuzaga keltirish va umuman iqtisodiy o`sishni ta’minlash tubdan farqlanadi. Bunga o`xshash mamlakatni yo`q desa ham bo`ladi. Albatta xususiy sektorni paydo bo`lishini, bozor iqtisodiyotining shakllanishi mavjud tizimni yo`q qilish va uning o`rniga va hisobiga yuzaga kelgani yo`q. Sobiq sotsialistik iqtisodiy mamlakatlardagi iqtisodiy o`zgarishga hech o`xshatib bo`lmaydi.
To`g`ri, mavjud siyosiy tizimni saqlagan xolda asta-sekin islohot usullari Yugoslaviya, Vengriya kabi mamlakatlarda tajriba qilib ko`rilgan.Iqtisodiy islohotga sobiq SSSrda ham harakat qilib ko`rilgan. Lekin 90 – yillar oxiriga kelib sobiq partiya-davlat tizimlari falokatga uchrab, iqtisodiy jarayonlarni nazorat etish imkonini to`la qo`ldan berib, rejalashtirish tizimlari yemiriladi. Bular esa bozor institutlari bilan almasha olmagan. Chunki bular tayyor emas edi. Jarayon juda keskinlik bilan davom etib, yemirilish birdaniga ro`y beradiyu, o`rniga yangisi tayyor emas edi. Shuning uchun ham bularda asta-sekinlik, ketma-ketlik uchun sharoit va buning uchun siyosiy-iqtisodiy muhit yo`q edi.
Eng muhimi shuki, Xitoy iqtisodiyoti umuman boshqacha xususiyatlarga, boshqa sifatli tomonlarga ega bo`lib, bu qolgan o`tkinchi mamlakatlarga o`xshamaydi. Sobiy SSSR asosidagi yangi mamlakatlar – SMD va Sharqiy Yevropa mamlakatlari yuqori darajali industrial mamlakatlar bo`lsa, Xitoy uchun hozirgacha ham industriallashtirish jarayoni kelajak vazifasi bo`lib, uning boshlang`ich pog`onasidadir va 80 foiz aholi qishloqda istiqomat qilib keladi. Xitoyda iqtisodiy rivojlanishni faollashtirish uchun butunlay boshqacha rezervlar bo`lib, erkinlikka chiqarish yo`li bilan dehqonchilik xo`jalik g`ayratini ishga solib, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rag`batlantirish orqali erishilish sharoitlari mavjud edi.
Yoki bo`lmasa tarixda bo`lganidek, qishloq aholisini ommaviy ravishda ko`chirib, industriyani shakllanishida foydalanish mumkin. Lekin arzon va ortiqcha ish kuchining mavjudligi bundan ham boshqacha va oson yo`lni belgilab beradi. arzon va juda ko`p ish kuchi sanoat ishlab chiqarishni yuzaga keltirish imkonini beradi. Bu boshidanoq eksportga atalgan va jahon bozoida narx-navo raqobatbardoshligiga ega sanoatni yaratish imkoniga ega bo`lgan. Bu omillar Xitoycha o`zgarish tizimini belgilab beradi. Yuqorida esga olgan mamlakatlarga nisbatan xususiy sektorni davlat sektori asosida, xususiylashtirish yo`li bilan emas, balki u bilan bir qatorda nodavlat ukladni birlamchi industrlashtirish davrida yuzaga keltirish mumkin.
Bundagi iqtisodiy o`sish intensiv yo`l asosida bo`lmay, ekstensiv yo`l bilan am alga oshadi, yangi xo`jaliklar tuzish, qo`shimcha ish kuchi jalb etish hisobiga bo`ladi. Chunki bunday resurslar Xitoyda juda katta. Aytganimizdek, millonlab dehqonchilikda ish kuchini ishlatish imkoniga ega bo`lmaganlar mavjud. Shu bilan birga mahalliy xomashyo, ishlab chiqarish materiallari ham nisbatan yetarli darajadadir.
X
Xitоy хududi uchun tаbiiy shаrоitdа, tаrixiy rivоjlаnishidа ахоli vа xo`jаlik gеоgrаfiyasidа kаttа fаrqlаr bоr. 80 - yillаr bоshidа rаyonlаr to`rini qаytа ishlаb chiqish bоshlаndi, uni аsоsidа mаmlаkаt xududini 3 tа zоnаgа bo`lish etаr еdi: Shаrqiy, Маrkаziy, G`аrbiy.
1. Кuchli iqtisоdiy Shаrqiy zоnа yangi, ilmtаlаb tаrmоqlаr vа sаnоаt ishlаb chiqаrishidа chеt еl kаpitаl qo`yilmаlаrini jlb еtishdа, еkspоrt tоvаrlаr ishlаb chiqаrishdа etаkchi bo`lishi kеrаk. Uning tаrkibigа 8 tа dеngiz bo`yi prоvinsiyalаri vа mаrkаzgа bo`ysinuvchi bаrchа shахаrlаr - Shаnxаy, Pеkin, Тyanszin kirаdi. Uning rivоjlаnishi "mаxsus iqtisоdiy zоnа" shаkllаnishi bilаn bоg`liq. Undа chеt еl vа Xitоy kаpitаllаri to`plаnib ilmtаlаb tаrmоqlаr - еlеktrоnikа vа еlеktrоtеxnikа yoki yuqоri fоydа kеltiruvchi - to`qimаchilik, tikuvchilik, оziq - оvqаt sаnоаtlаrini kеyingi rivоjlаnishini bеlgilаb bеrаdi.
Кuchli ijtimоiy vа ishlаb chiqаrish strukturаsi tаshkil еtilmоqdа. Undаn tаshqаri chеt еl kаpitаllаri uchun 14 tа pоrtlаr оchilgаn, Xаynаn оrоli vа Yаnszi, Chjusyan dаryo dеltа хududlаri аlохidа tаshqi iqtisоdiy mаqоm оlinаdi.
2. Маrkаziy zоnа yoqilg`i еlеktrоеnеrgiya, kimyo mахsulоtlаri, xоm аshyo vа yarim fаbrikаtlаrni kаttа хissаsini o`zidа to`plаydi. Qulаy shаrоit yarаtilishigа mоs rаvishdа fаn vа tеxnikаni kеyingi rivоjini o`zidа аks еttiruvchi tаrmоqlаr vа ishlаb chiqаrishni tаshkil еtаdi.
3. G`аrbiy zоnа o`zini kichik sаnоаti bilаn qishlоq xo`jаligini o`sishigа е'tibоr bеrilishi, minеrаl xоm-аshyo rеsurslаridаn fоydаlаnish, bаrchа mахаlliy xоm аshyoni birinchi ishlоvi kаm ахоlili vа kаm o`zlаshtirilgаn xududlаrdа trаnspоrtni tаshkil еtish bilаn nisbаtаn bo`sh rivоjlаngаn.
ususiy sektorning ommaviy ravishda yuzaga kelishi oddiy xo`jaliklar tuzish hisobiga yuz beradi. Oddiy mehnat qurollari, past texnik darajali mehnat vositalari asosida tashkil topadi. Bu esa o`z navbatida katta kapital xarajatlarni talab etmaydi. Xitoy sharoitida bularni xususiy jamg`armalar hisobiga yaratish mumkin bo`ladi. Xitoy iqtisodiyoti va sanoatining to`xtovsiz o`sib borishida mayda, texnik jixatdan primitiv ishlab chiqarishning juda tez o`sishi muhim omil hisoblanadi. Xalq tashabbusiga keng yo`l ochilishi sababli shahar va qishloqlarda millionlab mayda korxonalar paydo bo`ladi. 1981-1997 yillar ichida sanoat mahsuloti xajmi 9 barobar ko`payadi. Bu asosan shunday tarzda shakllangan korxonalar hisobiga yuz beradi. Bunda ayniqsa qishloqlardagi viloyat korxonalarining o`rni katta, boshqacha qilib aytganda o`sish qishloq sanoati hisobiga to`g`ri keladi.
Bunday sanoatda ma’lumki, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish qiyin. Lekin eng foydali tomoni arzonga tushadi va tovarlar past baholi bo`lgani tufayli yuqori raqobatbardoshli bo`ladi. Past texnika negizida sanoatning juda tez o`sishligi, zamonaviy texnologiyalar yo`qligi, xodimlar malakasining yetishmasligi yirik xajmda sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keladi. Bunda albatta iste’molga noloyiqlik darajasi ham yuqori bo`ladi. 1985 – yil tayyor mahsulotlar omboridan tanlab sifatni aniqlash o`tkazishning natijasida muayyan standartlarga 56,4 foiz tovarlar loyiq deb topilgan. Buni o`sha vaqtdagi Xitoy bozorining tovarlarga ochligi, taqchillikning yuqoriligi bilan ham tushuntirish mumkin. Ammo asta-sekin bu holat tuzala boshlaydi. Chunki 1996 – yildagi shunday tekshirishda 79 foiz tovarlar standartga loyiq topilgan. Shu bilan birga 20 foiz tovar nostandart bo`lib, o`z xaridorlarini topolmay, sotilmay qolgan edi. Sifatsiz tovarlar chiqarish va ularga talabning sust bo`lishi 1997 – yilda 71 mlrd. dollarli tovarlarning sotilmay qolishiga olib kelgan. Bunday tovarlarni asosan jamoa va xususiy xo`jaliklar yetishtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |