“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

10.5. Tashqi iqtisodiy aloqalar 
 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari an’anaviy ravishda tashqi bozor 
bilan bog`lanib kelgan. Eksport kvotasi YAIMga nisbatan 20-40 foizgacha 
bo`lgan. Lekin islohot davrida tashkiliy va tizimli o`zgarishlar tashqi iqtisodiy 
aloqalarda erkinlik asos bo`lishi bilan jahonga chiqish sharoitlari yuzaga keldi. 
Lekin rivojlangan mamlakatlarga nisbatan texnik mahsulotlar raqobatbardoshligi, 
mehnat unumdorligi darajalarida orqada qolish muammosini xal qilish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy va iqtisodiy o`zgarishlar tufayli G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan 
tashqi aloqalar kuchaytirila boshlandi va bunda asosiy yo`nalish Yevropa Ittifoqiga 
qaratildi. 1997 – yilga kelib Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya 
mamlakatlarining Yevropa Ittifoqiga haqiqiy a’zoligi to`g`risida kelishuvlar 
boshlandi. Shuningdek qo`shilishga tayyorgarlik ishlari Bolgariya, Ruminiya va 
Sloveniyada ham boshlandi. Avvalo bu mamlakatlar yeIga qo`shilish maqsadida 
1993 – yildayoq Markaziy Yevropa erkin savdo assosatsiyasini tuzgan edi. Hatto 
bu birlashma a’zolari o`rtasida 90 foiz sanoat-tovarlar holatlari bo`yicha boj 
to`lovlar bekor qilingan edi. Qishloq xo`jalik mahsulotlari bo`yicha ham 
proteksionizm siyosati qo`llanildi. 
G`arbiy Yevropacha mo`ljal eksport tovralar tuzumining yomonlashuviga 
duch keladi. Shunga ko`ra hozircha tashqi savdoda qishloq xo`jalik mahsulotlari 
asosiy o`rinni egallaydi. Shu bilan birga iste’mol buyumlari, qora metal, ximikatlar 
ham asta-sekin o`z o`rnini topa boshlaydi. Faqat Chexiya va Polsha mashina 
eksporti imkoniga ega bo`lib, umumiyning 25% darajasigacha olib borishga 
erishilgan. 


174 
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridayoq Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlarida davlat maxsus tashqi aloqalar firmalari bilan birga mulk 
shakllaridan mustasno barcha korxonalarga tashqi savdo bilan shug`ullanish 
imkoni berilgan edi. Bu tashqi iqtisodiy aloqalar bilan shug`ullanuvchi 
tashkilotlarning ko`payishiga olib keladi. Ochiq iqtisodiy aloqalar o`rnatishda 
davlatlar tomonidan valyuta monopoliyasining bekor qilinishi qo`l kelgan. 
Natijada importyorlar chet valyutalarini ma’lum banklardan sotib olish imkoniga 
ega bo`ladi. Shu bilan birga eksportyorlar ham o`z valyutalarini shu banklarga 
sotishi zarur edi. Dastavval yuridik shaxslarga xususiy valyuta vositalariga egalik 
qilish huquqi berilmagan edi. Polsha va Vengriyada valyuta holati ancha yaxshi 
bo`lishiga qaramasdan bunday xolda bekor etilmagan. Chexiya va Slovakiyada 
valyuta pozitsiyalarini yaxshilagan xolda o`z korxonalariga milliy tijoriy banklarda 
o`z hisobini ochishga ruhsat berilgan. 
Shularga qaramay Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kapital 
eksporti bo`yicha ancha to`siqlar mavjud edi. Ayniqsa, chet mamlakatlarda 
ko`chmas mulk sotib olish va to`g`ridan-to`g`ri portfel investitsiyasi bo`yicha 
qilinadigan to`lovlar qattiq nazorat ostida edi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda investitsiyaning o`rni o`sib bormoqda. Bu 
mamlakatlarga chetdan keladigan investitsiyaning umumiy miqdori 1989-1997 
yillarda 40 mlrd. dollarni tashkil etgan. Chet investitsiyasi uchun eng qulaylari 
Vengriya, Chexiya va Polsha hisoblanadi. Buning sababi taraqqiyot darajasi, bozor 
islohotlarining tezlik bilan amalga oshirilishi, keng xajmdagi xususiylashtirish, 
turli imtiyozlar mavjudligidan iboratdir. 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun chet investorlarga mulkni 
sotish uchun byudjetga tushumlardan tashqari korxonalarni texnik qayta qurish, 
yangi ishlab chiqarish va texnologiyani qo`llash, tajribali menejerlarni jalb etish 
imkoniyatlari 
tug`iladi. 
Chet 
investitsiyalari 
asosan 
avtomobilsozlik, 
elektrotexnika, kimyo, qog`oz ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoatlari qaratilgan. 
Korxonalarni qayta tiklash, mahsulotlar raqobatbarboshligini ko`tarish chet 
bozorlarga kirish, eksportni kengaytirish imkonini oshiradi. 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi chet investitsiyasini 
kengaytirishga ishonch quyidagilarga asoslangandir: mutaxassislik va arzon ish 
kuchi mavjudligi; qulay geografik joylashuv; o`rta tabaqa shakllanuvi sababli ichki 
talabning o`sib borishi. Ya’ni ichki bozorning kengayish imkonlari va erkin 
qonunchilik 
mavjudligidan 
iborat. 
Amalda 
bunga 
qarshi 
omillardan 
qonunchilikning kamchiliklari, siyosiy va iqtisodiy vaziyatdagi ba’zi noqulayliklar, 
kasaba tashkilotlari faolligi kabilar ta’siri ostida 90 – yillarda chet investisyaisi 
ko`zlagan darajada bo`lmagan.
Bozorga o`tishning boshlang`ich yillarida asosan qishloq xo`jalik 
mahsulotlari eksport etilgan bo`lsa, kein importer milliy qishloq xo`jalik ishlab 
chiqarish o`sib borishi bilan bu qisqaradi, chunki o`zini-o`zi ta’minlash darajasi 
o`sadi. Bunday holat sanoat mahsulotlari eksportining kuchayishini taqozo etadi. 
Shunga ko`ra mashinasozlik mahsulotlari eksportini kuchaytirishga harakat 
qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarishni texnik va texnologik darajasini ko`tarish, 


175 
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bu 
mamlakatlarda mashinasozlik umumiy eksportda 30-60%gacha boradi, shuni 
ichida rivojlangan mamlakatlar hissasi 6-7%ni tashkil etadi.
Importda tashqi savdo aylanishida mashina va jixozlarga katta o`rin ajratilib, 
importning 30-70 foizini tashkil etgan. Shu bilan birga importdagi eng muhimlar 
neft, toshko`mir, temir ruda, cho`yan, rangli metallar hisoblanadi. Markaziy va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyotida yeIga qo`shilish muhim 
o`rin egallaydi. Birinchi navbatda Vengriya, Polsha, Sloveniya va Chexiya 
qo`shilsa so`ngra Bolgariya, Ruminiya va Slovakiyalar qo`shildi. Buning uchun 
katta tayyorgarlik ko`rilib, qo`shilish shartlarini bajarish talab etildi. Bu vazifalar 
ichida eng muhimlari G`arbiy Yevropa standarti darajasida bo`lish, xalqaro mehnat 
taqsimotida arzigulik o`rinni egallashdir. Xalqaro maxsuslashuviga xos yangi 
tarmoqlarning shakllanishi va to`la demokratiya o`rnatilishi kabilardan iborat 
bo`lgan.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish