9-mavzu bo’yicha tarqatma material
308
Xitoy iqtisodiyoti o'sishi kutilgan natijani ko'rsatdi
Xitoy
iqtisodiyotining
uchinchi
chorakda kutilayotgan sur`atlari taxmin
qilingan natijani ko'rsatdi. Mamlakat
YaIM o'tgan yilning shu davri bilan
qiyoslaganda 6,7 foizga o'sdi. Bu
haqda, Reuters agentligi
xabar qilmoqda
.
Xitoy davlat byurosiga ko'ra, XXR
yalpi ichki mahsuloti joriy yil ikkinchi choragiga nisbatan 1,8 foiz o'sishga
erishgan. Mamlakat hukumati YaIM yillik ko'rsatkichi 6,7-7 foizni tashkil
etishini taxmin qilmoqda. Shunga qaramay, davlat byurosining hisobotiga
binoan, Xitoy iqtisodiyotida ko'plab noaniq omillar saqlanib qolayapti.
Bundan tashqari, barqaror rivojlanish poydevorini mustahkam deb bo'lmaydi.
Qayd etilishicha, Xitoyning asosiy aktivlariga kiritilgan investitsiyalar hajmi
2016 yil sentabr oyida 9 foizga o'sgan.
Xitoy iqtisodiyoti birinchi chorakda deyarli 7 foizga o‘sdi
Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi 2017-yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu
davri bilan taqqoslanganda 6,9 foizni tashkil qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Bunga iste’mol talabi, investitsiya va sanoat ishlab chiqarishining oshishi tufayli
erishildi. Bloomberg agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra,
tahlilchilar
o‘rtacha
6,8
foiz
o‘sishni
kutgan.
Jumladan, asosiy kapitalga investitsiya 9,2 foizga, chakana savdo o‘n foizdan
ortiqqa o‘sdi. XXR Davlat qo‘mitasi vaziri Li Ketsyan avvalroq iqtisodiyot o‘sishi
2017-yilda, taxminan, 6,5 foizni tashkil etishini bashorat qilgan edi.
10-mavzu bo’yicha tarqatma material
309
Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy tuzumiy o‘zgarishi
ikki tomonlama zaruriyatga aylanadi. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan
belgilansa, ikkinchidan O‘zaro iqtisodiy yordam kengashidan chiqish bilan
belgilanadi. Bu mamlakatlar ilgari sobiq SSSR boshliq iqtisodiy birlashmada
bo‘lib, ishlab chiqarish Sharqiy mamlakatlarda, sobiq sotsialistik iqtisodiy
mamlakatlar bilan birlashgan xolda va ularning talabi asosida shakllanar edi.
Bundan tashqari ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasi nisbatan past
darajada edi. Bozor munosabatlariga o‘tish esa bunga qo‘shimcha ravishda
tuzumiy o‘zgarishlarni talab etadi.
Tuzumiy o‘zgarish va bozor xo‘jaligiga o‘tish avvalo Yangi texnologiyaga
asoslanish, progressiv tarmoqlarni yaratish, raqobatbardoshlikni ta’minlash,
zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga moslashuvlar bilan ifodalanadi. Bozorga
o‘tishdan oldin bu mamlakatlar uchun og‘ir sanoat va mashinasozlik asos bo‘lib
hisoblanib, sanoat ishlab chiqarishining YAIMdagi hissasi yuqori bo‘lgan.
Masalan, Ruminiyada – 61, Bolgariyada – 58, CHexoslvovakiyada – 57, Polshda –
52, Vengriyada – 36 foizga to‘g‘ri kelgan. 90 – yillar oxiriga kelib esa, 25 dan 33,2
foizga, qishloq xo‘jalik 6,6 dan 12 foizgacha, qurilish 7 dan 11 foizgacha to‘g‘ri
keladi.
Sanoatning YAIMdagi qisqarishi birinchi navbatda og‘ir sanoat
tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Buning sababi avvalo norentabel korxonalar hisobiga
bo‘lsa, so‘ngra talabning kamayishidir. Chunki mahsulot ishlab chiqarish sobiq
SSSR va boshqa O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi mamlakatlariga qaratilgan
bo‘lsa, endi bu tub o‘zgaradi. SHu bilan birga xomashyo manbaalari ham o‘zgarib,
davlat dotatsiyalari to‘xtaydi.
Ayniqsa yuqori texnologiyali elektronika kabi tarmoqlar katta zarbaga duch
keladi. Bundagi asosiy sabab G‘arbiy mahsulotlarning ancha arzonligi va
raqobatbardosh
bo‘ladi.
Sanoatda
eng
raqobatbardoshli
tarmoqlar
to‘qimachilik,oziq-ovqat, yog‘ochga ishlov berish, bosmaxona kabilar hisoblanib,
bular talabli iste’molga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari bu tarmoqlar katta
investitsiya talab etmaydi va arzon ishchi kuchi mavjudligi bilan G‘arb
mahsulotlariga raqobatbardosh bo‘la oladi. Lekin baribir bu tarmoqlar ham
kengaya olmagan va boshqalarga nisbatan kamroq qisqargan, xolos.
SHu bilan birga bir necha tuzumiy o‘zgarishlar yuz berishi sezilib, tuzumiy
tarmoqlarning bir-biriga yaqinlashuvi, tenglashuvi kabi xodisalar amalga oshadi.
Qo‘llanilayotgan texnika asta-sekin muntazam energiya tejamli bo‘lib boradi.
Yangi xil ishlab chiqarishlar yuzaga keladi va buning hisobiga ishlab chiqarishning
to‘xtovsiz tabaqalashishi yuz beradi. Sanoatning diversifikatsiyalashuvi kuchayib,
ishlab chiqarishlar o‘rtasida o‘zaro ayriboshlash rivojlanadi.
Avvalo mashinasozlikda tuzumiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, umuman
investitsiya o‘sadi va ayniqsa ITKTI (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-tajriba
ishlari)ga kapital xarajatlar ko‘proq sarf etiladi. Texnika va texnologiyaning o‘sishi
sababli an’anaviy sanoat tarmoqlari asoslari va tuzumlari o‘zgaradi. Yangi ilm
sig‘imli tarmoqlar paydo bo‘ladi. Masalan, avtomatika ishlab chiqarish,
310
radioelektronika, EHM, robot texnika kosmik va lazer texnikasi kabilar shular
jumlasidandir.
Metallurgiyada sifat o‘zgarishi yuz berib, sifatli po‘lat chiqarish, ijara
buyumlarining tejamlilarini ishlab chiqarish o‘sadi. Bu sohada ayniqsa Chexiya va
Polsha ko‘p samarali ishlarni amalga oshiradi. Sanoatning ba’zi tarmoqlarida tub
o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, Polshada 1995 – yildan boshlab ko‘mir qazish
sanoatida keskin o‘zgarishlar berib, qoloqlikdan chiqariladi. Chunki u ancha
yillardan beri tushkunlikda davom etar edi.
Qishloq xo‘jaligini olsak, agrar siyosatning bu mamlakatlardagi eng muhim
vazifalari mahsulot yetishtirishning muntazam o‘sib borishini amalga oshirgan
xolda aholini ular bilan to‘la ta’minlashdan iboratdir. Qishloq xo‘jaligida bandlik
25 foizni tashkil etib, u YAIMning 8 foizini ta’minlaydi. Bu mamlakatlar
agrosanoat kompleksida asosiy ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslarining
20-30 foizgachasi banddir. Ijtimoiy yalpi mahsulotning 25-40 foizgachasi shu
tarmoqqa to‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaqtda bu mamlaktalar qishoq xo‘jaligida agrar ishlab
chiqarishning tuzumida faol ravishda o‘zgarishlar davom etmoqda. Narx-navoni
to‘la va qisman erkinlashtirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning to‘la erkinligini
ta’minlash asosida bozor munosabatlari muntazam ravishda rivojlanmoqda. Erga
bo‘lgan egalik, xo‘ajiklar tuzumi o‘zgarib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlariga o‘tish bu mamlakatlarda deyarli
o‘z asosi bo‘yicha bir xilda davom etmoqda. Ammo tezligi, nodavlatlashtirish
xajmi, xususiylashtirish shakllarini tanlashda farqlar mavjud va ba’zi xollarda bu
farqlar ancha kattadir.
Aytaylik, Vengriyada erga egalikni xususiylashtirish bilan birga dehqon-
fermer xo‘jaliklarining shakllanishi qo‘llanilmoqda. Ammo ayni vaqtda ularni
qo‘llash va kooperativ mahsulotlarini xarid qilish, norentabel ishlayotgan
xo‘jaliklarni o‘zgartirish, faoliyatini to‘xtatish kabilarga e’tibor susaymoqda.
Polshada oilaviy va individual shaklli xo‘jalik qishloqda asos bo‘lib kelgan
va mahsulot xosil qilishning 75-80 foizi shunga to‘g‘ri kelgan. Agrar siyosatda
norentabel xo‘jaliklar faoliyatini to‘xtatish, er bozorini jonlantirish, qishloq
xo‘jalik infratuzilma va servisga e’tibor berish, ayniqsa mahsulotni qayta ishlash
va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish kabilarga doimo e’tibor qaratiladi.
Chexiya va Slovakiyada esa vaqtincha foydalanilmayotgan erlarni ishga
solish, fermer xo‘jaliklarini soliqdan ozod qilish tufayli qo‘llash kabilardan
foydalaniladi. Umuman yirik xo‘jaliklar asos bo‘lib qolmoqda. Qishloq jlylarda
xo‘jalik turlarini ko‘paytirish taqdirlanadi.
Bu mamlakatlarda islohotlarning boshidanoq iqtisodiy o‘sishga xos soha
xizmat ko‘rsatishdir. Bu asosan moliya va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish
tarmoqlariga xosdir.
Bu mamlakatlarda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning YAIMdagi
hissasi rivojlangan mamlakatlar darajasida bo‘lib, 1993 – yildayoq Polshada – 21,
Vengriyada – 22,5, Chexiyada – 14,6 –[foizga teng bo‘lgan. Ijtimoiy ta’minotga
bo‘lgan ajratma bu mamlakatlarda dunyo bo‘yicha eng yuqori darajadagilardir.
311
Do'stlaringiz bilan baham: |