7-mavzu bo’yicha
tarqatma material
305
Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda
turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab
chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi.
Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va
oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va
yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan
murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib
beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini
ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari
hamda "sakkizlik" davlatlarida yyetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda
sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat
koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion
AQSH dollariga teng (2003).
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya,
avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati
kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng
yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati
ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion
kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr st-
yalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr st-yalariga
toʻgʻri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr stansiyasi ishladi. Yaponiya
sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir
va mis rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin,
talk va h.k. qazib olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan.
Avtomobillar, maishiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat,
sement, plastmassa, sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash,
biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir.
Yaponiya sanoati 4 asosiy r-n: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie),
Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur r-nlarda
jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi.
306
Qishloq xoʻjaligida hosildorlik boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida boʻlib,
u yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol
aholining 4,2% q.x.da band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida
dehqonchilik qilinadi. Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002 yil 11 mln. t
sholi yetishtirilgan). Shuningdek,
kartoshka
, sabzavot, oz miqdorda bugʻdoy va
dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik, bogʻdorchilik, chorbogʻ xoʻjaligi
rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi; pillachilik va
baliqchilik rivojlangan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari boʻlib,
dunyo boʻyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga
toʻgʻri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |