209
O‘quv materiallar
4-ilova.
Yaponcha ishlab chiqarishning boshqarilishi xususiyatlari
Yaponiya iqtisodiy taraqqiyotida va raqobatbardoshlilikni yuzaga
keltirishda ishlab chiqarish menejmenti va o‘zgi xos rahbarlik uslubining
yaratilishi muhim o‘rin egallaydi. 70 – yillargacha uzoq davom etgan arzon ish
kuchi va yonilg‘i – xomashyo past baholi importga asoslangan raqobatbardoshlik
mavjud edi. Dollarga nisbatan iena pas kursda bo‘lib, yapon mahsulotlari eksporti
ham boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past edi. Yonilg‘i –
xomashyo
narxining, ayniqsa neftning narxini baland bo‘lib ketilishi, katta o‘zgarishlarga olib
keldi. Yaponiya sanoati o‘zida tezda o‘zgarishlar yasab, kam resurs sig‘imli
tarmoqlarga o‘tishni ta’minlay oldi va resurs tejamli, mehnat tejamli
texnologiyalarni ishlab chiqib, sanoatda qo‘llay boshladi.
Yaponiya kompaniyalarining turg‘unlik xususiyatini yaponcha yollanma
mehnat tizimi bilan bog‘laydilar. Bu tizimning uch tomoni mavjud: 1)
ishchilarning umr bo‘yi yollanishi. Bunda ishchilarning to nafaqaga chiqquncha ish
bilan ta’minlanishi kafolatlib, ish joyining doimiyligi ta’minlanadi. 2) Maxsus ish
haqi tizimi. Bunda yoshiga va kompaniyadagi ish stajiga qarab maosh ortib boradi.
3) Kasaba uyushmalari tarmoq bo‘yicha emas, balki firma bo‘yicha
tuziladi va
muayyan korxona ichida faoliyat ko‘rsatadi.
“Umr bo‘yi yollanish” asosan yirik korporatsiyalarda va qisman o‘rta
korxonalarda qo‘laniladi. Umuman taxminan sanoat ishlab chiqarishidagi
bandlikning 15-20 foizini tashkil etadi. Bu tizim yuridik asossiz bo‘lib,, kelishuv
bo‘yicha amalga oshiriladi. Yaponiyada ikki xil mehnat bozori mavjud bo‘lib,
birinchisi “tashqi mehnat bozori” deyiladi. Bu boshqa mamlakatlardan deyarli
farqlanmaydi. Ikkinchisi “ichki mehnat bozori” bu korporatsiya yoki “Keyretsu”
sanoat guruhida qo‘llaniladi. Bunda firma ichida past samarali joydan boshqasiga
o‘tkazilib, yuqori malakali ishchilarni saqlab qolishga erishiladi. SHu bilan birga
ishga qabul qilish ma’lum
mutaxassisligi, malakaga egaligi asosida bo‘lmay,
“inson yollanishi” tarzida amalga oshadi. Chunki o‘qitish, hunarga o‘rgatish butun
ish va amal davrida davom etadi. Halollik va mehnat bilan bog‘langan insof,
xatarlikka qattiq e’tibor beriladi va bunda mehnat bilan menejment o‘rtasilagi to‘la
kelishuvlik katta ahamiyat kasb etadi. Malakali ishchilar va boshqaruv
xodimlarining ish haqi farqi juda kam bo‘ladi. Injener-texnik xodimlar va
ishchilarning bir-biriga yaqin bo‘lishi va farqning kamligi rag‘batlantiriladi.
Bu tizim hozirgacha ham Yaponiyada asos bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotlar
bo‘yicha 1000 kishiga nisbatan sanoat kompaniyalarida universitetlardan to‘g‘ri
yollanganlar ichida 30 yoshgachasi – 78,9 foiz, 40 yoshgachasi – 70 foiz, 50
yoshgachasi – 66,2 foiz, 60 yoshgacha – 33,6 foizni saqlab qolgan. Bu raqamlar
“umr bo‘yi” tizimining amalda ekanligini ko‘rsatadi.
Malakali xodimlarni saqlab qolish uchun kompaniyalar Yangi usullar
qo‘llashni lozim topadilar. Aytaylik, o‘rta va yuqori menejerlar uchun aksiyalarni
imtiyozli baholarda sotish. Bu avvalo AQSHda qo‘llanilgan bo‘lib,
hozir
Yaponiyada ham keng qo‘llanila boshladi.
210
Yaponiya ishchilari dunyoda eng yuqori ish haqiga ega. Bu mehnat bilan
menejment o‘rtasida to‘la kelishuvning katta asosi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, ish
kunining yo‘qotilishi bo‘yicha yyetakchi rivojlangan mamlakatlar ichida Yaponiya
eng past o‘rinda turadi. Ma’lumki, ish kunlarini yo‘qotish avvalo mehnat bo‘yicha
kelishmovchilik sababi bilan yuz beradiki, ishchilar o‘z boshliqlariga qarshi
norozilik bildirishini natijasi hisoblanadi.
Yaponiya korxonalarida texnika xavfsizligi darajasi juda yuqori. Bularning
barchasi ish kuchi sifatining yuqoriligi va buning raqobatbardoshlikka ta’siri
kattaligini ko‘rsatadi.
Keyingi yillarda Yaponiya ishlab chiqarish menejmenti tizimi va
boshqarishda bir qancha takomillashuv amalga oshmoqda. Bunda “Toyotizm”
Yangi modeli ahamiyatlidir. Buni ishlab chiqqan Toyota firmasidir.
Yangi tizim
standartlikning ustuvorligini saqlagan xolda diversifikatsiyalashgan mahsulotlar
sifatini ko‘tarish va moslashuv darajasini ko‘tarish imkonini beradi. Ma’lumki,
fordcha ommaviy mahsulot ishlab chiqarish modeli vaqtlarida bir qancha
qiyinchiliklarga duch kelib, o‘zgarish talab etgan xolda Yangi texnologiyalarni
yuzaga keltiradi.
Yangi tizimda “albatta o‘z muhlatida” va “sifatni total nazorati”
usulari
ishlab chiqarilib, bular kompaniyalar bilan ta’mineotchlar o‘rtaisda jips aloqani
talab etadi. Ishlab chiqarishni ilmiy asosda olib borish, dizayn, injiniring va sanoat
ishlab chiqarishini integratsiyalashuvi hamda yagona ishlab chiqarish jarayoni
sikliga aylantirish yuz beradi. Iste’molchilar va talab me’yoriga katta e’tibor
beriladi. Bunday sharoitda inson resursi menejmenti Yangi talablarni yuzaga
keltiradi. SHu bilan
birga ishchilarning malakasi, mutaxassisligi to‘xtovsiz
takomillashib borishi zarur bo‘ladi.
Pravodgi “Toyotizm”dan kelib chiqadigan natija zarur mahsulotlarning
zarur miqdorda va zarur vaqtda ishlab chiqarilishini ta’minlashga to‘la erishuvdan
iboratdir. Bu tizimda avtomatlashuv, Ya’ni aqlli mashinalar yaratish va defektni
avtomatikaning o‘zi boshqarishi, bir vaqtda bir necha modellarni yig‘ish,
buyurtmachilar bilan ta’minotchilar o‘rtasida axborot doimiyligini ta’minlash
kabilar asos hisoblanadi.
Toyota avtomobil kompaniyasida qo‘llanilgan
bu ishlab chiqarish
menejmenti tizimi boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan va sanoatda inqilobiy
o‘zgarishlarga olib keldi.
Yaponiya kompaniyalaridagi boshqaruv usuli qisqa vaqtda foyda olishga
emas, balki foyda olishning doimiyligini ta’minlashga qaratilgandir.
Shuning
uchun Yaponiya menejmenti G‘arbiy menejmentdan ko‘p tomonlama farqlanadi.
Yaponiya menejmenti dunyoda eng ilg‘or hisoblanadi va u to‘xtovsiz
takomillashib boradi, og‘ir holatlarga moslashuvchan bo‘lib, Yaponiya
kompaniyalarining raqobatdoshligini ta’minlashda katta o‘rin egallaydi. Shuning
uchun ham bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda Yaponiya iqtisodiyoti boshqaruvi
tajribalarini o‘rganib borish va foydalanish usullarini belgilab borish ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: