3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar iste`moli va ularning aylanishi
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot
Ma`lumki biror-bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun bizga albatta turli xil resurslar kerak bo`ladi. Ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar faqatgina manba, zaxira sifatida emas, balki uni harakatga keltiruvchi, unga ta`sir etuvchi omil sifatida qaraladi. Shu sababli, ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar boshqacha qilib aytganda – ishlab chiqarish omil-lari deb ataladi.
Iqtisodiy rasurslar esa, tovar xizmatlari, ya`ni ne`matlar ishlab chiqa-rish uchgun foydalanuvchi barcha, tabiat, inson va inson tomonidan ya-ratilgan resurslar tushiniladi.
Resurslar quyidagi turlarga bo`linadi:
Moddiy resurslar – yer, kapital;
Inson resurslari – mehnat va tadbirkorlik qobiliyati.
Iste`molchi va korxona bozor munosabatlarining asosiy agentlari bo`lib hisoblanadi. Ular bozorda talab va taklifni vujudga keltiradilar. Muvozanat narxning qaror topishida faol ishterok etadilar. Ushbu, holatda zamonaviy iqtisodiy iste`molchiga bozor iqtisodiyotining eng oliy bo`g`ini sifatida murojat etadi. Chunki, u o`z pul mablag`lari bilan, ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan tovarlarga ‘’ha’’ yoki ‘’yo`q’’ deya ovoz beradi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda iste`mol harajatlari YaMMning 3/4 qismini tashkil etadi. Bu esa iste`molchilar hatti-harakati iqtisodiy rivojlanishni ta`min etishda eng muhim omil bo`lib hisoblanishidan darak beradi.
Odatda iste`molchi hatti-harakati quyidagilar bilan izohlanadi:
Foydali, oqilona hatti-harakat, ya`ni o`z daromadidan ko`radigan naflilikni oshirish. Iste`molchining tovar afzalligini ajratishda o`rtacha tipdagi iste`mol bozoridagi taklif etiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan aniq-ravshan fikrga ega bo`ladi deb hisoblashimiz mumkin.
Odamlarning moddiy ne`matlarga bo`lgan cheksiz ehtiyojlari va ularni ishlab chiqarish uchun cheklangan resurslarning pozitsiyasi zamonaviy iqtisodiy nazariyada eng asosiy hisoblanadi. Biroq, bu barcha turdagi iqtisodiy foydalar uchun ehtiyojlarni qondirish mumkin emasligini anglatmaydi.
Rivojlanagan mamlakatlarda odamlarning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlari to`liq qondiriladi. Bu aholining real samarali talabining o`sishida, aholi jon boshiga o`rtacha oziq-ovqat istemolining ko`payishida namoyon bo`ladi. Shuni ta`kidlash kerakki, alohida mamlakatlarda talab hajmi haqiqiy iste`mol hajmi bilan mos kelmasligi va ehtiyojlarning bajarilishi to`g`risida tasavvur bermasligi mumkin.
Rejalashtirilgan (sotsialistik) iqtisodiyotda iste`mol hajmi tovarlar ye-tishmovchiligi sababli hajmdan sezilarli darajada past bo`lgan. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida iste`mol hajmi doimo talab hajmiga to`g`ri keladi, chunki samarali talab to`liq qondiriladi. Biroq, na rejali, na bozor iqtisodiyoti sharoitida odamlarning ehtiyojlarini qondirish darajasi talabni qondirish darajasi bilan baholanishi mumkin emas. Rejalashtirilgan iqtisodiyot sharoitida talab qondirilmadi, biroq jon boshiga iste`mol hajmi va bir qator sotsialistik mamlakatlarda ehtiyojlarni qondirish darajasi nisbatan yuqori bo`lgan. Va, aksincha zamonaviy Rossiya iqtisodiyotida barcha oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab to`liq qondiriladi, ammo iste`mol hajmi vas hu sabali ehtiyojlarni qondirish darajasi ancha past.
Erkin narxlanish tufayli, ta`rifi bo`yicha defitsitsiz bo`lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida bu boshqa masala. Mahsulotlar cheklangan miqdordagi ta`minot sharoitida ham talabning o`sishi defitsitni keltirib chiqarmaydi – bu narxning ko`tarilishi bilan darhol kesiladi va tovarlar hali ham ‘’mo`l – ko`l’’.
Iste`molchi hulqi chegaraviy foydalilik va farqsizlik egri chiziqlari nuqtai nazaridan ko`rib chiqiladi.
Chegaraviy foydalilik deyilganda, iste`mol qilishning bir birlikka o`sishida tovar umumiy foydaliligining o`sishi tushiniladi. Shu bilan bir qatorda iste`mol qilinayotgan Tovar miqdori o`sib borishi bilan, har bir qo`shimcha tovar birligining chegaraviy foydaliligi kamayib boradi.
Tovarlarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurslarni sarfini talab etadi va shuning uchun ular ma`lum narxga ega bo`ladi. Daromadi cheklangan haridor cheklangan miqdorda tovar harid qiladi. Shuning uchun muqobil mahsulotlar orasidan o`z ehtiyojlarini maqbul tarzda qondiradigan tovarlarni tanlab olish zarur bo`ladi.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo`lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo`jalik yuritish sharoitida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo`llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo ‘’bozor’’ va ‘’bozor iqtisodiyoti’’ tushinchalarining bir-biridan farqlanishini ta`kidlab o`tishimiz lozim. Chunki, ko`pincha bu ikki tushinchani bir ma`noda ifodalash, ba`zi adabiyotlarda sinonim so`zlar sifatida qo`llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatida bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro`y berishi natijasida vujudga kelgan bo`lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayriboshlash jarayonini o`z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo`lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko`rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste`mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya`ni ayriboshlash fazasini o`z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o`xshab ko`rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qiladigan joy deb o`yalashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e`tibor berilsa, u ko`p qirrali bo`lib, mazmuni o`zgaruvchi ekanligini, turli davrlarda turli ma`noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayriboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlabki tovar almashuv, tovar ayriboshlash yoki maydoni degan ma`noni anglatadi. Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a`zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo`lgan bo`lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning paydo bo`lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotti qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayriboshlash T-T ko`rinishida, ya`ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayriboshlash shaklida bo`lgan. Bunday ayriboshlashda vaqt va masofa bo`lmay, bir vaqtning o`zida o`sha jiyda almashuv jarayoni sodir bo`lgan. Keyinchalik tovarlar-ning bunday tarzda ayriboshlashning ziddiyatlarining kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-T-P ko`rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya`ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste`-molchiga, bir joyda ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug`ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo`ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berdi, iste`molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog`laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo`lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo`lib qoldi. Endi bozor tushinchasining mazmuni o`zgarib, yangi ma`no kasb etadi, ya`ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo`la boshladi. Oldi-sotti jarayonida yangi o`ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining paydo bo`lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada ken-gaydi. Edilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ish-lab chiqarish va vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o`tib ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o`zaro ta`siri to`gridan-to`g`ri emas, balki bilvosita – bozor orqali sodir bo`la boshladi. Shunday qilib, hozirgi davrda bozor shlab chiqaruvchilari bilan iste`molchilarning ko`p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o`zaro bir-birlariga bo`lgan ta`sirini bog`laydigan bo`g`in, jamiyat taraqqiyotida modda al-mashinuvini ta`minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |