1.Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda.
Xususiy mulkchilikning paydo bo`lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro`y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishining umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning Tovar shaklini taqazo qiladi, Tovar ish- lab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z-o`zidan pul muomalasi, ayribosh- lash, taqsimlash va iste`molning bozorga oid xususiyatini ko`zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta`minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo`lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayriboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo`nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayriboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo`ligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi
va ularning tovar-pul mexanizimi orqali bir-biriga bog`lanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari – ishlab chiqarish, ayribosghlash, taqsimlash va iste`mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarnining barcha subyektlarini qamrab oladi. Shuni ham e`tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o`rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo`lib, har yili ularning 1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi bo`yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbikorlar ham, o`z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste`molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog`ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo`jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo`linadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.
Do'stlaringiz bilan baham: |