Tayanch tushunchalar
Iste’mol
– jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab
chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish
jarayonini bildiradi.
Shaxsiy iste’mol
– iste‘molchilik tavsifidagi ne‘matlar va xizmatlardan
bevosita foydalanishni, ya‘ni ularning individual tarzda iste‘mol qilinishini
bildiradi.
Unumli iste’mol
– ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ya‘ni
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Iste’molchilik sarflari
– aholi daromadlarining tirikchilik ne‘matlari va
xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma
– aholi, joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini
qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib borilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |