faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo‘lish
shart emas, u zarur vositalarni ijaraga yoki qarzga olishi va boshqalar mulki
boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o‘zini iqtisodiy jihatdan to‘la ro‘yobga
chiqara olmaydi va shubhasiz, etarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkor foyda
olish maqsadida ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarini
birlashtirish tashabbusini oladi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni
212
I.
Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar
qabul qiladi, bular korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.
II. Tadbirkor biznes g‘oyasini ishlab chiqishda iqtisodiy resurslar uchun
to‘lovlarni amalga oshirishda va xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda mas‘uliyatni
o‘z zimmasiga oladi.
III. Tadbirkor – yuqori foyda ketidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab
chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini
tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi.
IV. Tadbirkorlik – bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir.Tahlika daromad olmaslik
yoki zarar ko‘rish ehtimolini bildiradi. Bunda tahlikaning ishlab chiqarish, tijorat,
moliyaviy, kredit va foizli turlari farqlanadi.
Tadbirkorlikning rivojlanishi, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini
taqozo etadi.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni
tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish
va shu kabilar bo‘yicha ma‘lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo
etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan
mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak.
Uchinchidan,
xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni
investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta‘minlaydigan ma‘lum iqtisodiy
muhit va ijtimoiy siyosiy sharoitlar yaratilishi zarur.
To‘rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o‘zlashtirishning turli-tuman
shakllari va turlarini taqozo qiladi.
Etarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma‘lumot va malakaviy tayyorgarlikka
ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik
muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbir-
korlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
213
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda
tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot
sohasiga o‘tib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: