Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2.

 

Raqobat shakllari va usullari 

  Raqobat  kurashining  mazmuni  to‘g‘risida  to‘laroq  tushunchaga  ega  bo‘lish 

uchun  uning  asosiy  shakllari  va  belgilarini  ko‘rib  chiqish  zarur.  O‘z  miqyosiga 

ko‘ra  raqobat  eng  avvalo  ikki  turga-tarmoq  ichidagi  raqobatga  va  tarmoqlararo 

raqobatga bo‘linadi. 

 

Tarmoq  ichidagi  raqobatning 



to’rtta  shaklda    mavjud    bo’ladi: 

  e


rkin 

raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. 

Erkin  raqobat  ikki  darajada  namoyon  bo‘ladi:  tarmoq  ichida,  ya‘ni  bir  xil 

tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi raqobat va tarmoqlaro, ya‘ni turli 

tarmoqlardagi  korxonalar  o‘rtasidagi  raqobat.  Tarmoqlar  ichidagi  raqobat  ishlab 

chiqarish  va  sotishning  qulayroq  sharoitiga  ega  bo‘lish,  qo‘shimcha  foyda  olish 

uchun  bir  tarmoq  korxonalari  o‘rtasida  boradi.  Har  bir  tarmoqda  texnika  bilan 

ta‘minlanish  darajasi  va  mehnat  unumdorligi  darajasi  turlicha  bo‘lgan  korxonalar 

borligi  sababli  mazkur  korxonalarda  ishlab  chiqarilgan  tovarlarning  individual  

qiymati bir xil bo‘lmaydi. 

Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. 

Bu  qiymat,  odatda,  o‘rtacha  sharoitda  ishlab  chiqarilgan  va  muayyan  tarmoq 

tovarlarining  anchagina  qismini  tashkil  etadigan  tovarlarning  qiymatiga  mos 

keladi. 

Tarmoqlar  ichidagi  raqobat  natijasida  texnikaviy  darajasi  va  mehnat 

unumdorligi  yuqori  bo‘lgan  korxonalar  qo‘shimcha  foyda  oladi  va  aks  holda, 

ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadi va zarar ko‘radi. 




156 

 Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda  olish 

uchun  olib  boriladigan  kurashdan  iborat.  Bunday  raqobat  foyda  normasi  kam 

bo‘lgan  tarmoqlardan  uning  normasi  yuqori  tarmoqlarga  kapitallarning  oqib 

o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, 

ishlab  chiqarishning  kengayishiga,  taklif  ko‘payishiga  olib  keladi.  Shu  asosda, 

narxlar  pasaya  boshlaydi.  Shuningdek,  foyda  normasi  ham  pasayadi.  Kam  foyda 

keltiruvchi  tarmoqlardan  kapitalning  chiqib  ketishi  teskari  natijaga  olib  keladi:  bu 

yerda  ishlab  chiqarish  hajmi  o‘zgaradi,  tovarlarga  bo‘lgan  talab  ular  taklifidan 

oshib  ketadi,  buning  oqibatida  narxlar  ko‘tariladi,  shu  bilan  birga  foyda  normasi 

oshadi.  Natijada  tarmoqlararo  raqobat  ob‘ektiv  ravishda  qandaydir  dinamik 

muvozanatni  keltirib  chiqaradi.  Bu  muvozanat  kapital  qayerga  sarflanganligidan 

qat‘iy  nazar,  teng  kapital  uchun  teng  foyda  olinishiga  intilishni  ta‘minlaydi. 

Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq 

foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». 

Erkin  raqobat  sharoitida  bir  xil  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  tarmoqda  juda 

ko‘p  sonli  korxonalar  mavjud  bo‘ladi.  Yuqori  darajada  tashkil  qilingan  bozorda 

ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. 

Erkin  raqobatli  bozorda  alohida  korxonalar  mahsulot  narxi  ustidan  sezilarsiz 

nazoratni  amalga  oshiradi.  Chunki  har  bir  korxonada  umumiy  ishlab  chiqarish 

hajmi  uncha  katta  bo‘lmaydi.  Shu  sababli  alohida  korxonada  ishlab  chiqarishning 

ko‘payishi  yoki  kamayishi  umumiy  taklifga,  demak  mahsulot  narxiga  sezilarli 

ta‘sir ko‘rsatmaydi. 

Erkin  raqobat  sharoitida  yangi  korxonalar  tarmoqqa  erkin  kirishi,  tarmoqda 

mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi  mumkin. Xususan  yangi 

korxonalarning  paydo  bo‘lishi  va  ularning  raqobatli  bozorda  mahsulotlarini 

sotishga  huquqiy,  texnologik,  moliyaviy  va  boshqa  jiddiy  iqtisodiy  to‘siqlar 

bo‘lmaydi. 




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish