Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

davlatning  narx



 

siyosati    narxlarni 

erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga 

qaratiladi. 



 


150 

Narxlarni erkinlashtirishdan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: 

-

 



xomashyo 

bilan 


mahsulot 

ayrim 


turlari 

narxlari 

o‘rtasidagi 

nomutanosiblikni yumshatish;



 

-

 



narx  bilan  aholi  daromadlari  va  korxonalar  foydasi  o‘rtasidagi 

mutanosiblikka erishish;



 

-

 



investitsion  tovarlar,  iste‘mol  tovarlari  va  xizmatlar  narxlarining  oqilona 

nisbatini ta‘minlash;



 

-

 



ishlab  chiqarish  vositalari,  xalq  iste‘mol  tovarlari,  bajarilgan  ishlar  va 

xizmatlarning erkin narxlari hamda tariflariga o‘tish;



 

-

 



milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish.

 

Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, 

narx  bilan  aholi  va  korxonalar  daromadlari  o‘rtasida  mutanosiblikka  erishishga 

qanday  yondashilishi  bilan  farqlanadi.  Shu  yondashuvlarga  asoslanib,  narxlar 

quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:  

a)  narxlarni  birdaniga  yoki  «esankiratadigan»  tarzda  qo‘yib  yuborish;    b)  narxlar 

o‘sishini sun‘iy ravishda to‘xtatib qo‘yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish 

va nazorat qilishni ma‘lum darajada saqlab qolish. 

Bozor  munosabatlariga  o‘tayotgan  har  bir  mamlakat,  shu  yo‘llardan  birini 

tanlashda  ulardan  har  birining  mavjud  real  shart-sharoitlarga  qanchalik  mos 

kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta‘sir ko‘rsatishi, 

isloh  qilishning  tanlab  olingan  yo‘liga  qanchalik  darajada  javob  berishi  va 

kutiladigan salbiy oqibatlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda MDH ning bir qator mustaqil davlatlar narxlarni 

erkinlashtirishning  «tezkor»  yo‘lini  tanlab  oldi.  Barcha  turdagi  xomashyo 

resurslari, iste‘mol mollari hamda xizmatlar narxini bir yo‘la erkin qo‘yib yubordi. 

Natijada  narxlar  keskin  oshdi.  Bu  aholi  keng  qatlamining  birdaniga 

qashshoqlashuviga,  ijtimoiy  ahvolning  keskinlashuviga  olib  keldi,  ishlab 

chiqarishning  pasayishiga,  milliy  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligining  izdan  chiqishiga 

sabab bo‘ldi. 




151 

 O‘zbekistonda  iqtisodiyotni  isloh  qilishning  o‘ziga  xos  tamoyillari, 

mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-

sekinlik  bilan  va  bosqichma-bosqich  erkinlashtirish  yo‘li  tanlab  olindi.  Shu  yo‘l 

bilan  narxlarni  erkinlashtirishning  dastlabki  bosqichida  (1992  yilning  boshida) 

keng  doiradagi  ishlab  chiqarish,  texnika  vositasi  bo‘lgan  mahsulotlar,  ayrim 

turdagi  xalq  iste‘moli  mollari, bajarilgan  ishlar  va  xizmatlarning erkin  narxlari  va 

tariflariga o‘tildi. Aholini  himoyalash  maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat 

va sanoat tovarlari  narxlarining chegarasi  belgilab qo‘yildi, ayrim  turdagi  xizmat-

larning eng yuqori tariflari joriy qilindi.  

Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji 

narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. Qat‘iy belgilangan  va davlat 

tomonidan  tartibga  solib  turiladigan  narxlarda  sotiladigan  tovarlar  va 

ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi. 

Narxlarni  erkinlashtirishning  navbatdagi  bosqichida  (1994  yil,  oktyabr, 

noyabr)  xalq  iste‘mol  mollari  asosiy  turlarining  narxlari  erkin  qo‘yib  yuborildi, 

transport  va  kommunal  xizmatlarning  tariflari  oshirildi.  Narxlarni  erkinlashtirish 

aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. 

Respublika  iqtisodiyoti  rivojlanishining  hozirgi  bosqichida:  ―...  Makroiqtisodiy 

barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  iqtisodiy  o‘sishning  yuqori  sur‘atlarini 

saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta 

va  ichki  bozordagi  narx  darajasi  barqaror  bo‘lishini  ta‘minlash  –  eng  muhim 

ustuvor vazifamizdir.‖


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish