9.2-chizma. Talab bo’yicha narx egri chizig’i
Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma
o‘zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi.
Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi
farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari
kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati sanoatning qayta ishlovchi va
undirma sanoat tarmoqlari mahsulotlariga o‘rnatiladigan narxlarga xos.
XX asrning ikkinchi yarmida AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa
g‘arb mamlakatlarida agrobiznes sohasining kengayishi bilan narxlar qaychisi
yordamida yirik firmalar o‘rta va mayda fermerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishidan siqib chiqargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |