Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari Bozorning samarali amal qilishi ko’p jihatdan uning infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog’liqdir.Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir. Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha guruhlash mumkin:tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo’jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar, birjalar, auktsionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agеntliklari va h.k.);moliya-krеdit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, krеdit muassasalari, sug’urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);ijtimoiy sohaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to’plash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi muassasalar).Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-krеdit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o’rnatishga yordam bеradi. Ularning bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bеpul xizmat ko’rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo’lib, ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o’rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to’xtalib o’tamiz.Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta birjasi, mеhnat birjasi singari turlari kеng tarqalgan.Tovar birjasi – oldindan bеlgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli.Fond birjasi – qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo’yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo’yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.Mеhnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro’yxatga oluvchi muassasa.Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to’g’risidagi bitimlar tuziladi, lеkin tovarni yetkazib bеrish va uning haqini to’lash birjadan tashqarida yuz bеradi. Bunda tovarning egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokеrlar (dallollar) yuritadi. Brokеr (maklеr) – bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig’iga ko’ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat bеruvchi hisobiga o’z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lеkin tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kеlib tushmagan tovarlar ham sotiladi.Birjalar ixtisoslashgan yoki univеrsal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, univеrsal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.Auktsion – alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auktsionda savdo tovarlarning nisbatan chеklangan ro’yxati bo’yicha, ommaviy sotuvga qo’yish yo’li bilan o’tkaziladi. Auktsion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o’tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kеlib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auktsion savdosida namuna tovarlar ro’yxatda ko’rsatilgan tartibda savdoga qo’yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auktsionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kollеktsiyalar ham sotilishi mumkin.Savdo yarmarkasi – muayyan bеlgilangan vaqtda va joyda o’tkaziluvchi hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko’rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o’rtasida tuzilib, unda bеvosita istе’molchi qatnashmaydi.Savdo uyi – o’z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug’urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi kеng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki univеrsal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kеchak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), univеrsal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o’rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanadigan turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug’ullanadi.Savdo uylari o’z nomidan va ko’pincha o’z hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, krеditlar bеrish, sug’urta xizmati ko’rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o’z mulki sifatida sotib olib, kеyin istе’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va supеrmarkеtlardan iborat bo’ladi.Supеrmarkеt – bu xaridorning o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishiga asoslangan kеng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning dеyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supеrmarkеt xaridorlarga bеpul maslahatlar bеradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatadi.Infratuzilma tizimida moliya-krеdit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o’ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo’lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalarning aksariyati o’ziga xos bеlgilar bilan bir qatorda yagona umumiy bеlgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog’liqligidir. Ya’ni, moliyaviy muassasalar sub’еktlarning ortiqcha pul mablag’larini jalb etib, o’z nomidan moliyaviy mablag’larga ehtiyoj sеzgan sub’еktlarga pul qarz bеradi.Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-krеdit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o’rni bilan kеyingi boblarda batafsil tanishamiz.Bozor iqtisodiyoti sub’еktlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tеkshirib boruvchi, ular hisobotini ekspеrtizadan o’tkazuvchi muassasa. Ular odatda aktsiyadorlik jamiyati yoki koopеrativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikka ega bo’ladi. Auditor firmalar o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar dеb ataladi.Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko’rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat ko’rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga kеladi.Bozor munosabatlari sub’еktlari o’zaro bog’liq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo’ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o’z maqsad va manfaatlaridan kеlib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo’jalik yurituvchi sub’еktlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko’rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga kеltiradi hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyutsion, dinamik xususiyatini bеlgilab bеradi.Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, birlashgan, o’zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni o’z ichiga oladi.Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko’mak bеrishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor mеxanizmi vositasida hal etish kam samara kеltiradi yoki umuman hal etib bo’lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o’z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib bеrishi kеrak.Asosiy tayanch tushunchalar:Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.Bozor mеxanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.Bozor – ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisi.Bozor ob’еkti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy rеsurslar, tovar, pul va unga tеnglashtirilgan moliyaviy aktivlar.Bozor sub’еkti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi.Uy xo’jaliklari – iqtisodiyotning istе’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik.Tadbirkorlik sеktori – iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo’g’ini.Davlat sеktori – o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjеt tashkilotlari va muassasalarining majmui.Bank – iqtisodiyotning mе’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-krеdit muassasasi.Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti bilan qarzga bеrish bo’yicha oldi-sotdi munosabati.Qimmatli qog’ozlar bozori – turli ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, vеksеl, chеk, dеpozit kabilar)ni oldi-sotdi munosabati.Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir.Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasasi.Tovar birjasi – oldindan bеlgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli.Fond birjasi – qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo’yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo’yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.Mеhnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro’yxatga oluvchi muassasa.Brokеr (maklеr) – bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma.Auktsion – alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.Savdo yarmarkasi – muayyan bеlgilangan vaqtda va joyda o’tkaziluvchi hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko’rgazmasi.Savdo uyi – o’z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug’urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi kеng tarmoqli savdo kompaniyasi.Supеrmarkеt – bu xaridorning o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishiga asoslangan kеng tarmoqli savdo korxonasi.Auditor firma – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tеkshirib boruvchi, ular hisobotini ekspеrtizadan o’tkazuvchi muassasa.
Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar:
birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;
kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;
kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;
aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari);
axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;
soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;
tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;
maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;
bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;
konsalting (maslahat) kompaniyalari;
ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;
maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.
Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi. [1]
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
1.2. Bozor infratuzilmasining maqsadi, asosiy vazifa va
tamoyillari
Bozor infratuzilmasi infratuzilmaning nisbatan yangi turi
bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining rivojlanib
borishi bilan alohida bozorlarning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha
faoliyatning maxsus turini yaratish zaruriyati vujudga keladi.
Bozorning paydo boishi uning madaniylashgan ko'rinishda
amal qilishini ta’minlovchi yangi tashkilotlar, muassasalarning
shakllanishini taqozo etadi.
Mustaqil tizim sifatidagi
bozorga nisbatan olganda,
12
infratuzilma - bu tovar va xizmatlaming harakatini, oldi-sotdi
jarayoniga vosita b o iib xizmat qiluvchi tashkiliy-huquqiy
shakllarning yigindisi yoki bozorga xizmat ko‘rsatuvchi hamda
uning amal qilishining normal sharoitini ta’minlash bo‘yicha
m aium funksiyalami bajaruvchi muassasalar, tizimlar, xizmatlar,
korxonalarning majmuidir.
Infratuzilmaning quyida keltirilgan turli ko‘rinishlari va
ular faoliyati yo‘naltiriIgan soha hamda tarmoqlar o ‘rtasidagi
o'zaro aloqalami yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun chizma
ko‘rinishidagi tasvirdan foydalanish mumkin (1.2.1-rasm).
Bugungikundamamlakatimizijtimoiy-iqtisodiytaraqqiyotida
bozor infratuzilmasining ahamiyati tobora oshib borar ekan, uning
mohiyati, iqtisodiy mazmunini o ‘rganish muhim hisoblanadi.
Iqtisodiy tushunchalar lug‘atida “Bozor infratuzilmasi
(inglizcha market infrastructure) — asosiy vazifasi tovarlarni ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishdan iborat b o ig an
tarmoq, kichik tarmoq hamda faoliyat sohalari (transport, ta ’minot,
mol tarqatish, savdo va h.k.)ning majmui” sifatida ta ’riflanib,
“rivojlangan bozor infratuzilmasi iqtisodiyotdagi m ablagiar
aylanishining
tezlashuvi,
yangidan
yaratilgan
qiymatning
realizatsiyasi jarayoni uchun shart-sharoit yaratadi6”.
6
Язык бизнеса: термины. Под общ. ред. В.А.Чжена. Т.: ИПК «Шарк»,
1995, 185-Ь.
13
Ishlab chiqarish
infratuzilmasi
Ijtimoiy-maishiy
infratuzilma
Institutsional
infratuzilma
Ekologik infratuzilma
Ishlab chiqarish sohasi
Aholi turmush farovonligi va
faoliyati sohasi
Xo'jalik yuritish faoliyatini tashkil
etish va boshqarish sohasi
r~T
Jamiyat va tabiat o'rtasidagi o‘zaro
munosabatlar sohasi
Shaxsiy infratuzilma
Jamiyat a’zolarining ma’naviy,
tadbirkorlik, kasbiy va boshqa
faoliyatlari sohasi
Jahon infratuzilmasi
1 1
Jahon iqtisodiyoti, tashqi iqtisodiy
aloqalar sohasi
Bozor infratuzilmasi
Bozor - tovar va xizmatlarni
ayirboshlash sohasi
u
---------- -infratuzilma sohasi;
— . ■ -infratuzilma x izm a tig a y o ‘naltimvchi asosiy soha va
tarmoqlar;
-------------har bir infratuzilma faoliyatining chegarasi
1.2.1-rasm. Infratuzilma turlari va ular faoliyati yo‘naltirilgan
sohalar o‘rtasidagi o'zaro aloqalar.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanishida bozor infratuzilmasining roliga katta ahamiyat
qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimovning ikkinchi
chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
sessiyasida so‘zlagan nutqida mazkur sohani rivojlantirish
borasida alohida to ‘xtalib: “Bozor infratuzilmasiga xos barcha
muassasalarning rivojlanishi ustuvor ahamiyat kasb etmog‘i zarur.
Bunda biznes xizmati bilan uzviy b o g iiq bo‘lgan konsalting,
marketing, injiniring, lizing, sug‘urtatizimlari va boshqa tuzilmalar
faoliyatini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi7”, deb ko‘rsatib
o ‘tishi ham mazkur jarayonning naqadar ahamiyatli ekanini e’tirof
etadi. Shu bilan birga, Prezidentimiz I.Karimov 2009-yilning
asosiy yakunlari va 2010-yilning eng muhim ustuvor vazifalariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida “Inqirozga qarshi
choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish,
avvalo,ichkimanbalamisafarbaretishhisobidaniqtisodiyotimizning
muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada
rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal
qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi8” deb ta ’kidladilar.
Bozor infratuzilmasi mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchisi
va iste’molchini yagona bozor makonida bog‘lovchi, ishlab
chiqarish miqyosi va iste’mol o ‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf
etuvchi, uning barcha ishtirokchilariga qo‘yilgan maqsadlariga
erishishni ta ’minlovchi muassasalar va vositachilik tuzilmalari
tizimini namovon etadi. Bozor infratuzilmasining mohiyatini
namoyon etuvchi uning maqsadi, asosiy vazifa va tamoyillarini
7 Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. Prezident
Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
sessiyasidagi m a’ruzasi. 2000-yil 25-yanvar.
8 Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
у uksaltirishdir. I.Karimovning 2009- yilning asosiy yakunlari v a 2 0 10- yilda О ‘zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi m a’ruzasi // “X alq so‘zi” gazetasi, 29- yanvar 2010-
yil
1.2.2-rasm orqali yaqqol tasaw u r etish mumkin.
Bozor infratuzilmasining maqsadi - bu cheklangan
to‘lovga qobil talab sharoitida, bozor ishtirokehilari manfaatlari
muvozanatini ta ’minlash borasidagi kelishuv asosida foydasini
maksimallashtirishdan iborat.
Bozor infratuzilmasining vazifalari sifatida quyidagilarni
keltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- bozor munosabatlari ishtirokehilari manfaatlarining amalga
oshirilishini yengillashtirish;
- infratuzilma subyektlarining o ‘z foydasini yuqori darajaga
yyetkazish
maqsadida
bozor
ishtirokehilari
xarajatlarini
minimallashtirish;
- iqtisodiyotning alohida subyektlari va faoliyat turlarining
ixtisoslashuvi asosida bozor munosabatlari subyektlari ishining
tezkorligi va samaradorligini oshirish;
- bozorda tarkib topgan konyunkturadan kelib chiqqan holda
mahsulot tayyorlashga bo‘lgan buyurtmalarni ko‘paytirgan yoki
kamaytirgan holda ishlab
chiqarish uchun bozor talabi indiqatori vazifasini bajarish;
- bozor munosabatlarini tashkiliy jihatdan rasmiylashtirish;
- birja mexanizmidan foydalangan holda iste’mol mollari,
ko‘chmas mulk, ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy-zaruriy
narxini belgilash;
- biznesni davlat va jamoat tomonidan tartibga solish, huquqiy
va iqtisodiy jihatdan nazorat qilish shakllarini yengillashtirish;
- tovar va xizmatlarning bozor marketingi asosida barcha
iste’molchilar
nomidan
maydonga
tushuvchi
buyurtmachi
funksiyasini bajarib, ishlab chiqarishni tartibga solish va boshqarish
imkonini yaratish.
16
BO ZO R IN FR A TU ZIL M A SI
v
B o zo r ish tiro k ch ilarig a x iz m at k o ‘rsatish , u la r o ‘rtasid ag i b o zo r
M a q s a d i
alo q alarin i tash k il etish v a ta rtib g a so lish orqali m an faatlarin in g
to i a r o q ro ‘y o b g a chiqishi u ch u n sh art-sh aro it y aratish , x o ‘ja lik
y u ritish sam arad o rlig in i o shirish
B o zo r subvektlari m an faatlarin in g ro ‘y o b g a ch iq ish ig a
k o ‘m ak lash ish
B o zo r ish tiro k ch ilari x arajatlarin i m in im allash tirish
Vazifalari
Asosiy
tamoyillari
B o zo r talab i in d ik ato ri v az ifasim bajarish
B o zo r alo q alarin i ta sh k iliy jih atd an rasm iy lash tirish
B o zo r subyektlari ish in in g te zk o rlig i v a sam arad o rlig in i o sh irish
T o v a rlarn in g ijtim o iy -zaru riy narx larin i b elg ila sh g a
k o ‘m ak lash ish
B izn esn i ta rtib g a solish, h u q u q iy v a iq tiso d iy jih a td a n n az o ra t
q ilish v a hokazo
H arak atch an lik
B o zo rn in g b arch a ish tiro k ch ilari uch u n fo y d alan ish im koniyati
M oslash u v ch an l ik
Ish o n ch lilik
►
B araaro rlik
H ar bir b o ‘g lin n in g ish id a ix tiso slash u v v a m e h n at taqsim oti
hiso b ig a erish ilu v ch i sam arad o rlik
0 ‘zin i-o ‘zi ta rtib lash
Ichki raq o b atn in g m av ju d lig i
1.2.2-rasm. Bozor infratuzilmasining maqsadi, asosiy
vazifa va tamoyillari.
Bozor infratuzilmasi tushunchasi, uning maqsadi va
vazifalarini yoritishgayana ko‘plab olimlar o'zlarining qarashlarini
berishgan. Xususan, A.Bekmurodov boshchiligidagi muallillar
guruhi tomonidan tayyorlangan“Ommabop iqtisodiyot: mohiyati va
asosiy tushunchalari'’ notnli o'quv qo‘llanmasida infratuzilinaning
turlarini va vazifalarini yoritishga quyidagicha yondashilgan. Bu
yondashuvlar bozor infratuzilmasining m a’lum taraflarini yoritsa-
da, ba’zi bir holatlarni kengroq yoritish muinkinligini ko‘rishimiz
mumkin (1.2.3-rasm).
U lguiji va chakana savdo ko rx o n alari, kim oshdi
sav d o lan ,y arm ark alar,
v o sitach ilik
firm alari.
to v ar birjalari
T O V A R BO ZO KI
B anklar, su g ‘u rta k o m paniyalari. fondler, fond
М О Л И Я В И Й Б 0 3 0 1 ’
e
b
b o zo rlan
M ehnat birjalari
M E H N A T B O ZO R I
A x b o ro t m ark azlari, adliya idoralari, reklam a ag en tlik lari, auditorlik firm alari
ir-^>
, I'S n = >
s Я
II— ,>
G
Bozor munosabatlari ishtirokchilarining
manfaatlarini amalga oshirishni
yengillashtirish________________________
I x ti s o s la s h t ir is h a s o s id a b o z o r s u b y e k tla r i ish i
s a m a r a d o r lig i n i v a te z k o r li g in i o s h ir is h
B o z o r m u n o s a b a t l a n m ta s h k i liy r a s m i y la s h ti r is h
I s h b ila r m o n li k a m a li y o tin i d a v l a t to m o n id a n v a
ijtim o iy ta r tib g a s o lis h , y u r id i k v a iq tis o d iy
n a z o r a t s h a k lim y e n g i lla s h t ir is h
1.2.3-rasm. Hozirgi bozor infratuzilmasi va uning
vazifalari9.
9
Ommabop iqtisodiyot: mohiyati va asosiy lushunehalari (o‘zbek v arus tillarida).
llmiy-ommabop qo'llanm a. (Bekmurodov A.Sh.. Gimranova O.B.. Shamshiyeva N.N.)
Г.: iqtisodiyot, 2009. - 92 b. (elektron versiyasi bilan).
Aynan bozor infratuzilmasini yoritishga mualliflar tomonidan
bozorlarning turlari va ulaming infratuzilma sifatida amal qilishi
ni ta’minlovchi infratuzilmalarini uslubiy jihatdan tushuntirishga
harakat qilingan. Bu borada bozor infratuzilmasining vazifalariga
yondashuvda ulaming iqtisodiyotning barcha sohalaridagi faoliyat
ini. ularning uslubiy jihatdan sohalar bilan aloqalari va ta’sir etish
jihatlarini e ’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Bozor infratuzilmasining yuqorida sanab o ‘tilgan vazifalari
doimo ham bir xil darajada muvaffaqiyatii amalga oshavermaydi.
Bunda, eng avvalo, muayyan mamlakat iqtisodiyotining rivojlan-
ganlik darajasi, iqtisodiy tizimning tarkibiy tuzilishi, infratuzilma
unsurlarining harakat doirasi uchun sharoitlarning yetarliligi, bozor
mexanizmiga to ‘sqinlik qiluvchi omillarning mavjudligi kabi ho-
latlar jiddiy ta ’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, iqtisodiyotda bo
zor infratuzilmasining amal qilish jarayoni samarali boiishi uchun
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-harakatchanlik. Iqtisodiyotning barcha jabhalari singari
bozor infratuzilmasi sohasida ham resurslarning sarfianishi erkinlik
va raqobat kurashi ta’sirida yuqori harakatchanlik xususiyatiga ega
boiishi lozim. Bu esa mazkur sohaga yo^altirilgan resurslami bir
joydan ular yanada samarali foydalanishi mumkin bolgan boshqa
joyga tashlash, safarbar etish imkoniyati orqali baholanadi;
—bozorning barcha ishtirokchilari uchun foydalanish im-
koniyati. Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi tabiiy
ravishda - ehtiyoj va imkoniyatlar asosida borishi bilan bir qatorda,
iqtisodiyotni rivojlantirish nuqtayi nazaridan ma’lum maqsadlarn-
ing mushtarakligi tamoyiliga ham muvofiq kelishi lozim. Ya'ni,
infratuzilmaning turli unsurlari mamlakatning barcha hududlarini
qamrab olishi, joylashgan manzilidan qat’i у nazar, mijozlarni o ‘z
xizmatlari bilan ta’minlashi lozim;
-moslashuvchanlik. Bozor infratuzilma bo'glnlari iqtisodiy
konyunktura, talab va taklif, raqobat darajasi va boshqa jarayon-
larning holatidan kelib chiqqan holda o ‘zaro birlashish, ajral-
ish, o ‘ziga yangi vazifaiami qabul qilish kabi xususiyatlarga ega
boMishi kerak;
-ishonchlilik. Yuqorida ta ’kidlanganidek, infratuzilmaga
uneha ahamiyatli bo‘lmagan, ikkinchi darajali soha sifatida qarash
mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur sohaning ahamiyatini
oshirishga shartnoma va bitimlar bo‘yicha qabul qilingan
majburiyatlarni qat'i у belgilangan muddatlar va muayyan sifatda
bajarilishini ta’minlash orqali erishish lozim;
-barqarorlik. Bozor infratuzilmasi sohasining eng «nozik»
tomoni - uning barqarorligining asosiy tarmoq va sohalar barqarorlik
darajasiga bog‘liqligidir. Shunga ko‘ra, bozor infratuzilmasi
nomuvofiq talab va taklif sharoitida ishlash uchun zaxiralarning
mavjudligi taqozo etiladi;
-h a r bir bo'g^nning ishida ixtisoslashuv va mehnat
taqsimoti hisobiga erishiluvchi sanmradorlik. Aynan bozor in
fratuzilmasi muassasalari tabiati uchun faoliyat yo‘nalishlarining
serqirraligi, yuqori darajadagi diversifikatsiya emas, balki ixtiso
slashuv va mehnat taqsimoti tavsifli hisoblanadi. Bozor infratuz
ilmasi asosiy soha uchun shug'ullanish noqulay yoki samarasiz
bo‘lgan «maydoncha»ni aniqlab, unga ixtisoslashuv orqali faoliyat
ko‘rsatishi asosiy qoida hisoblanadi;
- o ‘zini-o‘zi tartiblash. Korxona belgilagan narx va uning
chakana narxi o ‘rtasidagi farq hisobiga tashkil topuvchi, cheklangan
daromadlar doirasida amal qilib, muntazam ravishda qayta mos-
lashib turishga undovchi o ‘zini-o‘zi tartiblash bozor infratuzilmas-
ining harakat mexanizmi hisoblanadi;
-ichki raqobatning mavjudligi. Iqtisodiyotning barcha jab-
halari singari bozor infratuzilmasi sohasida ham uni kuchsizlantiru-
vchi, taraqqiyotini sekinlashtiruvchi omil — yakkahukmronlik hi
soblanadi. Shunga ko‘ra, yakkahuktnronlikning vujudga kelishi va
rivojlanishiga qarshi kurashuvchi turli bo‘g ‘inlar o ‘rtasidagi ichki
raqobatning mavjudligi soha faoliyati samaradorligining asoslari-
dan biri bo‘lib xizmat qiladi.Bozor infratuzilmasining iqtisodiy mohiyatini yanada
chuqurroq ochib berish uning tarkibiy qismlarini aniqlash va
rivojlanish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
1.3. Bozor infratuzilmasi nazariyasini o‘rganishdagi muhim
yondashuvlar
Yuqorida ta’kidlanganidek, bozor infratuzilmasi tarkibiy
qismlarini turkumlarga ajratishda yana shu narsa m a’lum
bo‘ladiki, ba’zi bir tuzilmalarning alohida bozor turlari bilan
o ‘zaro aloqadorligi mavjud emas. Balki. ular barcha iqtisodiy
munosabatlarni, shu jumladan, bozor aloqalarini ham tartibga solib
turadi yoki ulaming samarali amalga oshishi uchun ko‘maklashadi.
Jumladan, soliq idorasi, sug‘urta muassasasining ba’zi turlari,
bojxona, emissiya banki kabi tuzilmalar bevosita davlat tomonidan
tashkil etilgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyatning zamr m e’yor va
tartiblarda olib borilishini ta'm inlashga xizmat qiladilar.
Bozor infratuzilmasi
unsurlarining tarkib topishi
va
rivojlanishi darajasi turli mamlakatlarda turlichabo‘lishi mumkin.
Bu esa:
-iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi;
-unda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning xususiyatlari;
-infratuzilma sohasining rivojlanishiga bo‘lgan e ’tibor;
-davlat tomonidan qo‘llab-quwatlashning mavjudligi kabi
bir qator omillar ta’siri ostida shakllanadi.
Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda bozor infratuzilmasining
rivojlanish xususiyatlarini о ‘rganishmaqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotlarda bozor infratuzilmasini ta’riflashda,
rivojlangan infratuzilmaga ega boig an mamlakatlar tajribasini
tahlil qilish va 0 ‘zbekistonning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi uslubiy yondashuvlar tavsiya etiladi:
— funksional;
— tarmoq;
— bozorlarga xizmat qilish;
21
-h u d u d iy faoliyati;
- m u lk shakllari;
- rivojlanganlik darajasi.
Bozor infratuzilmasining funksional belgisi takror ishlab
chiqarish jarayonining uzliksizligini ta ’minlashdagi rolini to ‘liq
ochib beradi, y a’ni: savdo vositachilik, moliya-kredit, iqtisodiy-
axborot, iqtisodiy-huquqiy, tashqi iqtisodiy kabilarni.
Tarmoq nuqtai nazaridan - savdo, ta ’minot, mahsulotni
sotish, tayyorlov, moliyalash, kredit, sug‘urta, axborot-hisoblash,
ko‘ehmas mulk bilan operatsiyalar va umumiy tijorat faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan infratuzilma.
Bozorlarga xizmat qilish belgisi bo'yicha:
- turli bozorlarga xizmat qiluvchi universal xarakterga ega
bo‘lgan umumbozor infratuzilmasi (tijorat banklari, sug‘urta
kompaniyalari, maslahat, auditorlik firmalari, axborot muassasalari
va hokazolar);
- alohida bozorlarga xizmat qiluvchi infratuzilma (iste’mol
bozori, ishlab chiqarish vositalari, moliya va ko'chmas mulk
bozorlari va hokazolar).
hududiy faoliyati bo‘yicha:
- xalqaro (xalqaro banklar, birjalar, sug‘urta kompaniyalari, chet
el firmalari, vakolatxonalari, chet el banklari filiallari, tashqi savdo
firmalari, bojxona tashkilotlari, xalqaro yarmarkalar va hokazolar);
- milliy ( 0 ‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Respubiika fermer
xo‘jaliklari uyushmasi, Tovar-xomashyo birjasi, Respubiika fond
birjasi, Agrobank va hokazo);
- hududlararo (hududiy tovar birjalari, hududlararo ulgurji savdo
uyushmalari va hokazo);
- hududlar (viloyatlardagi ulgurji savdo, tijorat banklari, savdo
uylari va hokazolar);
- shahar va tumanlardagi (ulguiji va kichik ulgurji, marketing,
reklama firmalari, advokatlik idoralari, auditorlik firmalari va
hokazolar).
22
Вozor turlari
Iste’mol tovarlan v a xizm atlar
bozori
Ishlab chiqarish vositalari
bozori
qim m atli qog'ozlar
bozori
V alyuta bozori
Investitsiya bozori
Ssuda kapitali bozori
Ishchi kuchi bozori
Intellektual tovarlar bozori
savdo palatasi
- savdo uyi
- savdo firmasi
- superm arket
- reklam a agentligi
- tovar birjasi
- auktsion
- yarm arka
- fond biijasi
- auksion
- tijorat banki
- investitsion bank
- ipoteka banki
- lom bard
- investitsiya kom paniyasi
- investitsiya fondi
-X IF
- kliring palatasi
- fond d o ‘kom
- depozitariy
- sug‘urta kompaniyasi
- valyuta alm ashtirish
shoxobchasi
- reklam a agentligi
- m ehnat birjasi
- yarm arka
- biznes-m aktab
- reklam a agentligi
- patent idorasi
- savdo palatasi
- auditorlik kompaniyasi
- konsalting kompaniyasi
- reklam a agentligi
1.3.1-rasm. Bozor infratuzilmasi tarkibiy qismlarining bozor
turlari bo‘yicha turkumlanishi.
Mulk shakllari jihatidan:
-d av lat, korporativ va xususiy mulk shaklidagi infratuzilma;
-ijtim oiy tashkilotlar mulkiga taalluqli b o ig an infratuzilma
(masalan, tijorat banklari uyushmasi, birja ittifoqlari va boshqalar);
-x o rijiy mulkdorlarga tegishli b o ig an infratuzilma (xorijiy
davlatlar banklari filiallari, savdo korxonalari vakolatxonalari va
hokazo);
-aralash mulk shaklidagi infratuzilma.
Rivojlanish darajasi bo‘yicha:
—eski tizimdan qolgan va hozirgi davr tijorat va biznesning
rivojlanishi munosabati bilan tubdan o'zgartiris'nni talab qiladigan
infratuzilma;
-y a n g i shakllantirilgan infratuzilma;
-
shakllangan va o ‘zining faoliyati doirasi bilan hozirgi
zamon bozor talablarigajavob beruvchi infratuzilma10.
Shu o‘rinda ta ’kidlash lozimki, bozor infratuzilmasi
bozorning o ‘z vazifalarini bajarishi, uning samarali amal qilishi
uchun bevosita xizmat qiluvchi, shart-sharoit yaratuvchi va
ko‘maklashuvchi muassasalardan iborat ekan, ularni tasniflashda
asosan bozor turlari nuqtayi nazaridan yondashish to ‘g ‘ri boiadi.
Biroq, bu o ‘rinda shuni ham nazardan qochirmaslik kerakki, bozorni
turkumlashning o‘zi shartli b o iib , aksariyat manbalarda uning
bir-biridan farqlanuvchi tarkiblari ifoda etiladi. Shunga qaramay,
bozorning eng asosiy turlari bo‘yicha infratuzilma unsurlarining
turkumlanishini 3-chizma orqali yaqqol tasavvur etish mumkin.
Chizmadan ko'rinadiki, infratuzilma tarkibiy qismlarining
turli bozorlarga xizmat ko‘rsatish darajasi ham farqlanadi. Agar
reklama agentligi barcha bozorlar uchun o ‘z xizmatini taklif etsa,
auksion, savdo palatasi, savdo firmasi va supermarket singari
tuzilmalar ikki va undan ortiq bozor turlariga xizmat ko‘rsatadilar.
Shu bilan birga, infratuzilma unsurlari orasida aksariyatini bozorning
10
Murodov Ch. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida bozor
infratuzilmasining rivojlanishi (agrar sektor misolida). I.f.d. ilmiy darajasini olish uchun
diss. — Т., 2001, 55—56-b.
24
biron-bir turiga ixtisoslashgan muassasalar tashkil etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |