Bozor infratuzilmasi



Download 0,79 Mb.
bet61/272
Sana12.12.2022
Hajmi0,79 Mb.
#884086
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   272
Bog'liq
Bozor infratuzilmasi

Birinchi bosqich dastlabki erkin bozor munosabatlari shakllanish davri - XVIII asrda paydo bo‘lgan bo‘lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari bilan bog‘langan. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham XVIII asrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlangandi.
Fransuz iqtisodchisi R.Kantilon tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha, tadbirkor - voqea va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, o‘z zimmasiga barcha mas’uliyatni olib tavakkal qiluvchi, o‘z hatti-harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo‘qotishlarga tauyor bo‘lgan ixtiyoriy bir shaxsdir.26
R.Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o‘z asarlarida o‘ziga xos tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan Shug‘ulanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.
Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyatni ajratib ko‘rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.Shumpeter bo‘lib, uning fikricha, iqtisodiy o‘sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish omillarini yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qo‘llashga bo‘lgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi.
Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g‘oyasi - tadbirkorning muhim Shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F.Xayek va L.Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, Shu bilan birga, faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo‘lg‘usi tadbirkor deb hisoblashadi.
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor - tashkilotchi shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, hissadorlari qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga boradi.27
Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida Yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondoShuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to‘rtta o‘zaro bog‘liq vazifasini aniqlash bilan to‘liq tuShuniladi.
1) tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida er, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg‘unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi;
2) tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi;
3) tadbirkor – Yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishga harakat qiluvchi, yangilikka intiluvchi shaxs hisoblanadi.

  1. tadbirkorlik faoliyati – bu tavakkalchilikka boruvchi faoliyatdir.

Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy–iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va Shu kabilar bo‘yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Xo‘jalik yuritish xuquqi, ya’ni mol-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-sharoitini tashkil qiladi. Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasi nafaqat foyda olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash yo‘llarini topishga qaratiladi, Ya’ni u iste’mol-taqsimotchi nuqtai-nazaridan emas, balki Yuqori raqobatbardoshlilikni saqlab turish, xo‘jalikni takomillashtirish, kengaytirish va Shu kabilarni amalga oshirishga asoslanadi.
Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va Shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.
To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi ob’ektiv hodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Shuningdek, etarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tauyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketishi ehtimoli ham Yuqori bo‘ladi.
Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va Shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, Shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.
Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligi mavjud bo‘lib, ularda milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Davlat korxonalari ko‘pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoki katta kapital qo‘yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuzilmoqda. Masalan, Angliyada davlat sektori qora metallurgiya, ko‘mir qazib chiqarish, aero-kosmik sanoat, aloqa vositalari, temir-yo‘l transporti, elektr va gaz bilan ta’minlash kabi sohalarni qamrab oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat korxonalari milliylashtirilgan chet el kompaniyalari bazasida asosan sanoatning konchilik tarmoqlarida tuziladi. Rivojlanayotgan va rivojlangan ko‘pchilik mamlakatlarda davlat kompaniyalari sanoat firmalari orasida peshqadam hisoblanadi.
Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biror-bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:

  • byudjet korxonalari;

  • davlat ishlab chiqarish korxonalari;

  • aralash kompaniyalar.

Huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. O‘zlarining holati bo‘yicha ular davlatning ma’muriy –boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o‘tadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish