Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining Shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini etarli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarning ob’ektiv ravishda o‘sishi; mehnat intensivligining oshishi; o‘qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko‘payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo‘jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Umumiqtisodiy bozor mexanizmining tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo‘yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori sub’ektlarining sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish va bog‘lashni qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi. Bu eng avvalo Shu Bilan bog‘liqki, ishchi kuchiga talab va uning taklifi o‘rtasidagi uzoq muddatli muvozanat holati fag‘at nazariy jihatdangina mavjud bo‘lishi mumkin. Real iqtisodiy hayotda ishchi kuchi talabi va taklifi nisbati bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida shakllanadi. Bir tomondan, hech qanday ish turi insonni mutloq qoniqtirishi, inson esa ishga mutloq mos kelishi mumkin emas. Buning natijasida ishchiga ham, tadbirkorga ham ziyon etkazuvchi ishchi kuchining qo‘nimsizligi paydo bo‘ladi. Boshqa tomondan, ishchi kuchi zahirasining mavjudligi hamda bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan iqtisodiy inqirozlar davrida ishsizlik darajasining oshib ketishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozori o‘zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Birinchidan, ishchi kuchi bozori bozor iqtisodiyoti ikkita mustaqil sub’ekti – kapital egasi va ishchi kuchi egasining uchrashish joyi hisoblanadi. Ularni bozorga o‘zaro qarama-qarshi istak va maqsadlar etaklaydi, Ya’ni ularning biri ishchi kuchini sotishni istasa, boshqa biri uni xarid qilishni istaydi. Ular o‘rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o‘zi bo‘yicha emas, balki u mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo‘yicha boradi. Bitim natijasi bo‘lib kapital egasi tomonidan sotib olingan ishchi kuchi evaziga to‘lanadigan ish haqi miqdori hisoblanadi.
Ikkinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida bo‘lgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o‘rtasida bo‘sh ishchi o‘rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi.
Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo‘lgan yalpi talabdan doimiy ravishda ko‘proq bo‘lishi tendensiyasi Bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo‘lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo‘lishiga olib keladi.
To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflyasiya va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o‘rtasida ma’lum o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to‘lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo‘ladi. Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat inflyasiyaning o‘sishi uchun asosiy sabab bo‘lishi ham, yoki, aksincha, uning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlarning ulushi qanchalik oz bo‘lsa, narxlarning inflyasiya ta’siri ostidagi o‘sish sur’atlari Shunchalik Yuqori bo‘ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyasiyaning o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib berib, bu bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq Filips egri chizig‘i deb nom oldi (2-chizma). Unga ko‘ra, inflyasiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2%ga o‘stirish lozim bo‘ladi.
W, P,%
W – nominal ish haqining o‘sish sur’ati;
P – inflyasiya darajasi;
U – ishsizlik darajasi.
U,%
Do'stlaringiz bilan baham: |