1-misol. Sizda 1600 USD bor va GBP/USD almashtirish katirovkasi 1.6000.
Demak Siz 1000 GBPni 1600 USDga sotib olishingiz mumkin. GBP USDga nisbatan
ko'tariladi degan umidda 1000 GBP sotib oldingiz. Birozdan keyin GBP
rostdanham USD ga nisbatan 0.0100 GBPga yani 1.6100 bo'lib ko'tarildi.
Manashu katirovkada Siz o'zingizdagi 1000 GBPni 1610 USDga sotishingiz
mumkin. Shunda Siz 10 USD miqdorda foyda qilgan bo'lasiz.
2-misol. Keling sizda 1000 GBP miqdorda pul mavjud, almashtirish
kotirovkasi GBP/USD 1.6000. Siz o'z GBP ingizni 1600 USD ga sotaSiz va GBP USD
ga nisbatan tushib ketishini bashorat qildingiz. Birozdan keyin katirovka 1.5900
ga tushib ketdi. Siz esa teskari harakat qilaSiz va shu narxda 1600 USD ga GBP
sotib oldingiz. Buning natijasida pulingiz 1006.28 GBP bo'ldi. Natijada sizning
foydangiz 6.28 GBP ni tashkil etdi.
Misollarga soslanib bir qancha xulosalar chiqarishimiz mumkin:
1.
Siz ikki yo'nalishda ham foyda qilishingiz mumkin: biror pul
birligi ko'tarilsa ham tushsa ham.
2.
Katirovkalar doimo juftiga nisbatan yo ko'tariladi, yoki
tushadi.
Foreksdagi asosiy instrument bu Valyuta juftligi - bir valyutaning boshqa
biridagi narxi. Bozorda 100 dan ortiq valyuta juftliklari mavjud. Bazi valyuta
juftliklari savdosi kattaroq qiymatda olib borilsa, bazilar kichikroq qiymatda olib
boriladi. Masalan, barcha savdo qilingan valyutalarning 66% asosiy valyuta
juftliklariga to'g'ri keladi (majors). Bular EUR/USD, GBP/USD, USD/JPY, USD/CHF,
AUD/USD va USD/CAD. Sezgan bo'lsangiz kerak, bu yerdagi barcha juftliklarda
USD qatnashgan. Bu esa USD ning jaxon zaxira valyutasi ekanligini ko'rsatadi.
USD butunlay barcha valyuta savdolarida qatnashadi. USD qatnashmagan
valyuta juftliklari aralashgan valyuta juftliklari (cross currency pairs). Manashu
valyuta juftliklarining xisob kitobi USD yordamida amalga oshiriladi. Masalan,
EUR/JPY juftligi quyidagicha hisoblanadi: EUR/USD dan USD/JPY ga.
Birinchida turgan valyuta asosiy valyuta - base currency deb ataladi. Barcha
harakatlar manashu asosiy valyuta bilan olib boriladi. Masalan, EUR/USD. Siz EUR
ni xisobingizdagi USD vositasida sotaSiz yoki olasiz. O'shanda hisobingizda
boshqa bir valyutaga ega bo'lasiz. Masalan, sizning hisobingizda GBP mavjud.
EUR/USD savdosini amalga oshirishingiz uchun funtni-dollarga aylantirishning
avtomatik operatsiyasi amalaga oshiriladi. Bunda Treyder hech qanday narxlar
haqida bosh qaotirmaydi va keraksiz harakatlarni umuman bajarmaydi. Bari
avtomatik bajariladi.
Ikkinchida turgan valyuta kvotalanuvchi valyuta (quoted currency) yoki
kontrvalyuta deb nomlanadi. U asosiy valyutaning narxini ifodalaydi. Agar
EUR/USD = 1.4000 bo'lsa, bu 1 EUR ni 1.4 USD ekanligini bildiradi. Ikkinchida
turuvchi valyuta ikki valyutalarning bir biriga aloqasining natijasini ko'rsatadi. Bu
aloqa/bog'liqlik katirovka (quotation) deb yuritiladi.
Klassik versiyada, katirovka to'rttalik narxni ko'rsatuvchi formatga ega. Eng
kichik katirovka o'zgarishi oxirgi 4 - raqamda bo'ladi va uni point yoki pip deb
atashadi. Masalan, EUR/USD 1.4000 dan 1.4001 ga o'zgardi. Bu esa valyuta bir
pipga o'zgarganligini bildiradi. Ammo, katirovkalarning to'rt xonalik formati bu
klassik hisoblarninggina hususiyati. NDD va ECN hisoblar besh xonalik formatda
yuritiladi. Bu esa sizga piplar bo'laklarining ham o'zgarishini kuzatishingiz
imkonini beradi. Yani bir punkt o’zgarish 1.40000 dan 1.40010 ga o’zgarganda
yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |