MUNDARIJA
1.
FOREX NIMA? ASOSIY QATNASHCHILAR
2.
BOZOR ASOSLARI
3.
QANDAY QILIB BOSHLASH
4.
SAVDO PLATFORMALARI
5.
DIAGRAMMALAR TURLARI
6.
FOREX BOZORINI ANALIZ QILISH
7.
SWAP
8.
MARKAZIY BANKLAR
9.
SAVDO PSIXALOGIYASI
10.
SAVDO JARAYONI
11.
SAVDO QOIDALARI
FOREX NIMA? ASOSIY QATNASHCHILAR
Forex (foreign exchange market or currency market) - bu yosh va
rivojlanayotgan valyuta almashtirish bozori bo'lib kunlik pul aylanmasi bo'yicha
dunyodagi barcha bozorlarni ortda qoldiradi (International Settlements
bankining xisobiga ko'ra 2010 - yil ko'rsatgichlari bo'yicha American Stock
exchange larida bir kunlik pul aylanmasi 300 milliardginani ko'rsatgan holda
Forex bozorining o'zida bir kunda 4 trillion USD miqdorda mablag' aylangan ).
Mazkur ajoyib bozor o'z tarixini 1971 - yillardan, oltin standartining bekor
qilinishi davridan boshlagan. Bunga Amerikaning 37 - prizidenti Richard Nixon
sababchi bo'lgan. Oltin standartining bekor qilinishi barqaror valyuta tizimiga
zarba berdi. 1971 - yil dekabrdagi Smithsonian shartnomasiga ko'ra doimiy
valyuta tebranishlari faqatgina 4.5% ichida o'zgarishiga erishildi (USD
qo'shilmagan juftliklar uchun esa bu ko'rsatgich 9% ni tashkil qilgan, yani bu
degani USD qatnashmagan valyuta birliklari barqaror emas degani). Yangi
valyuta tizimi prinsplari ustida qaror Kingston(Yamayka)da 1976 - yil 8 - yanvarga
boribgina qabul qilindi. IMF ning barcha azolari oltinning rasmiy narxini
belgilashdan va valyutalar narxidagi tebranishlarni chegaralashdan bosh
tortishdi. Valyuta bozorining yaratilishi manashu qarordan keyin boshlandi.
Forex bozorida olib boriladigan barcha harakatlarni bir nechta guruxlarga
bo'lishimiz mumkin: olib sotuvchi harakat - specuative(kelajakda foyda qilish
uchun sotish yoki sotib olish), chegaralovchi harakat - hedging (kuchli
chegaralash), savdo qilish harakati - trading va boshqaruvchi harakat (reguliratsiy
qilish). Stocklardan farqli ravishda Foreksda ishlashingiz uchun biror joyga
borishingiz shart emas. Bu narsani inglizchasiga "over-the-counter market" OTC
deyishadi. Yani Forex bozorning joylashgan bir aniq joyi va ishlash vaqtining
chegarasi yo'q. Buning sababi mazkur bozordagi asosiy oldi sotdilar dunyoning
asosiy gigant banklari tomonidan olib boriladi. Anashu banklar yer sharining turli
nuqtalarida joylashganligi uchun savdo harakatlari kundavomida 24 soat olib
boriladi (bank damolish kunlaridan tashqari).
Demak, Forexning asosiy ishtirokchilari jaxon banklaridir (tijoriy va markaziy
banklar). Shu bilan birgalikda, chet davlatlar iqtisodiy harakatlarida qatnashuvchi
korporatsiyalar, investorlar va investitsiya bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar
(hedge fund), dillerlik markazlari (dealing centers) va individual qatnashchilar
ham mazkur jarayonda ishtirok etishadi.