MMIBDO`: Sanobar Umirova _______ 14.02.2022
Malakaviy amaliyot hisoboti
Men Husanov Jamshidbek Sayidali o`g`li 07.02.2022 dan 05.03.2022 gacha bo`lgan davrda Boysun tumanidagi 36-sonli maktabda pedagogik amaliyotdan o'tdim.
Malakaviy amaliyot davrimning birinchi haftasi 7.02.2022 dan 12.02.2022 gacha bo`lgan davr hisoblanadi. Men haftada quyidagi ishklarni olib bordim:
1.Malakaviy amaliyotni universitetdagi kirish konferensiyasi va maktab direktori bilan tanishib shartnoma, buyruq va amaliyotchi talabaning majburiyatlari bilan tanishtirdim va suhbat qildim.
2. 07.02.2022 kuni maktabdan biriktirilgan amaliyot rahbari E.Shuhrat bilan suhbat bo'lib o'tdi, u bilan bo`lgan suhbatda amaliyotchi-talabalarning pedagogik faoliyatining asosiy yo'nalishi: darslarni o'tkazish metodikasini o'zlashtirish, maktab soatlarida talabalar faoliyatini faollashtirish qobiliyati haqida bo`ldi.
3.Men amaliyotning birinchi kuni maktabni hamma joyini ko`zdan kechirib chiqdim. Unda fan xonalari va mutaxasligim matematika va informatika xonalariga kirib tanishdim. Maktab tarixi bilan tanishib chiqdim.
4.Maktabdagi matematika va informatika fani o`qituvchilari bilan suhbatlar olib bordim. Maktabga har kuni bora boshladim. Matematika va informatika darslariga tahlilga kirdim va ustozlarning dars o`tish jarayonlarini kuzatdim. Birinchi haftada fan o'qituvchisi E.Shuhratning matematika va informatika darslarida qatnashdim. darslarni o'tkazish usullarini o'rganish, darsning turlari, maqsad va vazifalari, darsning tuzilishi bilan tanishish, intizomning tashkil etilishini kuzatish va o'quvchilarning diqqatini jamlash, yangi materialni tushuntirish usullari va usullarini tadqiq qilish, tashkil etish. talabalarning mustaqil ishi. Darslarda qatnashish menga darslarimni tayyorlash va o'tkazishda, rejalar, eslatmalar yozishda yordam berdi
5.Menga 8 "A" sinfi biriktirildi, unda 26 nafar o'quvchi bor. Bu sinfda fan o‘qituvchisi sifatida amaliyot o‘tkazdim. Ushbu sinfning sinf rahbari – T.Oybek. U meni 8 “A” sinfdagi o‘quv-tarbiyaviy ish rejasi bilan tanishtirdi. Amaliyot boshida qo‘yilgan asosiy maqsad kasbiy-pedagogik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish edi.
6. Bundan tashqari maktabda faoliyat ko`rsatayotgan fan va sport to`g`araklari bilan tanishdim. Undagi o`quvchilar bilan suhbat o`tkazdim.
7.Maktabdagi iqtidorli o`quvchilar bilan ham tanishdim. Ular bilan suhbat qizg`in ravishda bo`lib o`tdi. Ularni kelajakdagi orzulari bilan bahramand bo`ldim.
8. Hafta davomida 15 soat dars tahli qildim. Ustozlarim menga ishongan holda o`zimga ham 15 soat dars berishdi. 8-9-sinflarga algebra va geometriya darslarini o`tdim.
Amliyot davrimning 07.02.2022 dan 12.02.2022 gacha bo`lgan davri mana shulardan iborat.