· Psixolog shunday xulosaga keladiki, boylar kabi fikrlash insonni boy qiladi Kambag’al kabi fikrlash insonni kambag’al qiladi.
· Kambag’al va o’rtahol insonlar odatda fikrlashlari o’xshash bo’ladi. Va bunday fikrlash ularni kambag’al bo’lishiga yoki o’rtahol bo’lishiga sababdir. Millionerlar, Boylar (Manaviy va aqliy tomondan boy) kishilarning bunday bo’lishiga sabab esa ularni fikrlashi ekan. Inson o’z psixologiyasini ya’ni fikrlashini o’zgartirsa, u o’z hayotini ham o’zgartiradi.
Boylarcha fikrlash usullari
· • 1-fikrlash usuli: Boy insonlar Har bir narsaning foyda tomonini ko’radi. Kambag’al esa har narsaning salbiy tomonini ko’radi. Boy: Ko’lmakda oyni ko’radi, Kambag’al: Ko’lmakda loyni ko’radi.
· • 2-fikrlash usuli: Boy insonlar Pulni ko’proq topish va jamlashni o’ylaydi. Kambag’al insonlar Pulni ko’proq sarflashni o’ylaydi.
· • 3-fikrlash usuli: Boy insonlar doim ilm olishga yangiliklarni bilishga intiladi. Kambag’al insonlar hamma narsani bilaman deb o’ylaydi.
· • 4-fikrlash usuli: Boy isnonlar qilgan MEHNATI va NATIJASIGA qarab daromad ko’rishni maqul ko’radi. Kambag’al insonlar ishlagan VAQTIGA yarasha pul topishni maqul ko’radi.
· • 5-fikrlash usuli: Boy insonlar muvaffaqiyatli kishilarga havas qiladi. Kambag’al insonlar muvaffaqiyatli kishilarga hasad qiladi.
· • 6-fikrlash usuli: Boy insonlar boy bo’lish uchun tinmay mehnat qiladi. Kambag’al insonlar esa boy bo’lishni orzu qiladi.
Boylarcha fikrlash usullari
· • 7-fikrlash usuli: Boy insonlar katta narsalar haqida, Global muammolar haqida o’ylaydi. Kambag’al insonlar esa kichik narsalar yoki faqat o’z uy joyi haqida o’ylaydi.
· • 8-fikrlash usuli: Boy insonlar faqat G’ALABA yo’llarini izlaydi. Kambag’al insonlar esa YUTQAZMASLIK yo’llarini o’ylaydi.
· • 9-fikrlash usuli: Boy insonlar – Men do’stlarimga yordamim tegadi deb o’ylaydi. Kambag’al insonlar – Do’stlarimni menga yordami tegadi deb fikrlaydi.
· • 10-fikrlash usuli: Boy insonlar ko’proq Sotishni yaxshi ko’radi Kambag’al insonlar ko’proq Sotib olishni yaxshi ko’radi.
· • 11-fikrlash usuli: Boy insonlar faol mehnat qilishni o’ylaydi Kambag’al insonlar ko’proq dam olishni o’ylaydi.
· • 12-fikrlash usuli: Boy insonlar tavakkal qilishni yaxshi ko’radi. Kambag’al insonlar 7 o’lchab bir kesishni yaxshi ko’radi.