Botanika” kafedrasi G. f f. d dotsent V b. Sh. T. Yakubjonova



Download 215,5 Kb.
bet1/16
Sana01.02.2022
Hajmi215,5 Kb.
#423207
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Botanika” kafedrasi G. f f. d dotsent V b. Sh. T. Yakubjonova




O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti


Maxsus sirtqi bo‘lim

Botanika” kafedrasi


G.f.f.d.. dotsent v.b. SH.T.Yakubjonova
Ekolgiya va tabiatni muhofaza qilish” fanidan
maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun
sessiya oralig‘i nazorat ishlari
TO‘PLAMI
(24-variant)




«TASDIQLAYMAN»
Nizomiy nomidagi TDPU
о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori
____________ D.U.Ergashev


MAXSUS SIRTQI BО‘LIM TALABALARI UCHUN FANLARDAN SESSIYA ORALIG‘I NAZORAT ISHLARINI
TAYYORLASH TARTIBI

Maxsus sirtqi bо‘lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida о‘quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bо‘lim yakuni bо‘yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa, maxsus sirtqi bо‘lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bо‘yicha о‘tiladigan boblar, bо‘limlar, mavzular yoki tо‘la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi.


Sessiya oralig‘i nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig‘ida muayyan fan bо‘yicha tо‘liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari asosiy baholash ishi vazifasini bajaradi va har bir fan bо‘yicha 50 maksimal ballni tashkil etadi. Fanning boblari, bо‘limlari va mavzulari bо‘yicha berilgan topshiriqlarning hajmi va mazmunini e’tiborga olgan holda oraliq baholash uchun ajratilgan 50 ball о‘zaro taqsimlanadi.
Sessiya oralig‘i nazorat ishida fanning barcha bо‘limlari mazmuni qamrab olinadi va ular turli mustaqil ish (nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yо‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari va boshqalar) shakllarida bajarilishi kо‘zda tutiladi. Shuningdek, nazorat ishida qо‘yilayotgan har bir nazariy va amaliy masala talaba-о‘qituvchining amaliy faoliyati bilan bog‘lanishi hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shakllantirilishi lozim.
Sessiya oralig‘i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bо‘limi alohida mustaqil ish turini qо‘llashdan iborat topshiriqlar tо‘plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bо‘yicha tuzish mumkin:
1. Fan bо‘yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bо‘yicha aniq savollar rо‘yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bо‘lishi mumkin).
2. Har bir fan bо‘yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bо‘yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bо‘lmasligi kerak).
3. Har bir mavzu bо‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar tо‘plamiga javob berish. Bunda mavzu bо‘ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi.
4. Fanning о‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar tо‘plamini tayyorlash.
5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tajriba о‘tkazish mavzulari banki yaratiladi.
6. Talabaning о‘z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish.
Sessiya oralig‘i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bо‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi har bir talabaga individual variantdan iborat bо‘ladi hamda kafedra tomonidan Maxsus sirtqi bо‘limga elektron variantda taqdim etiladi.
Maxsus sirtqi bо‘lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari о‘quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Maxsus sirtqi bо‘lim”ga taqdim etiladi va rо‘yxatdan о‘tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida komissiya tomonidan baholanadi.
Fan bо‘yicha yakuniy baholash uchun test savollari bazasi (kamida 200 ta) tayyorlanadi va Maxsus sirtqi bо‘limga elektron variantda taqdim etiladi. Taqdim etilgan test savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim.


(Mazkur «Maxsus sirtqi bо‘lim talabalari uchun fanlardan sessiya oralig‘i nazorat ishlarini tayyorlash tartibi» Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogika yо‘nalishlari bо‘yicha maxsus sirtqi bо‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining о‘quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch bо‘lgan kafedralar Kengashining 2018 yil 8 yanvardagi 2-sonli qо‘shma yig‘ilishi bayoni bilan ma’qullangan).

Download 215,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish