sababchi bo‘ladi. Hayvonlaming o‘simliklarga ta’siri xilma-
xil yo‘llar bilan namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, o‘simliklar
hayoti tashqi muhitning ayrim ekologik omillari ta’sirida
bo‘ladi. 0 ‘simliklar turlarining kamayishiga va yashash sha-
roitiga inson bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Odamlar xo‘jalik faoliyatida o‘simliklar
dunyosiga juda
katta ta’sir etadi. Ulaming o‘simliklarga ta’sirini
ijobiy
va
salbiy
ta’sirlarga ajratish mumkin. Ijobiy ta’sirlarga kat
ta maydonlarda xilma-xil madaniy o‘simliklami ekish va
yuqori hosil olish, o‘rmonlami tiklash,
ochiq joylarga
daraxtlar ekish, shahar va qishloqlami ko‘kalamzorlashtirish
kabilar kiradi. Salbiy ta’sirlarga o‘rmonlami kesish, o‘sim-
liklami ildizi, tugunagi va ildizpoyasi bilan yig‘ish va
o‘rish, mol boqish, suv omborlari qurish,
yangi yerlar-
ni o‘zlashtirish, tashqi muhitni zararli kimyoviy moddalar
bilan ifloslash kabilar kiradi.
Odamlaming o‘simliklarga salbiy ta’sirlari natijasida Yer
yuzida o‘simliklar qoplami qisqarib,
turlar tarkibi kamayib
bormoqda.
Insonning suvdan noto‘g‘ri foydalanishi oqibatida Orol
dengizining sathi pasayib ketdi, natijada
zaharli chiqindilar
bilan ifloslangan tuproq o‘simliklarga salbiy ta’sir etmoqda.
Daryo bo‘ylaridagi to‘qaylar quriy boshladi. Ilgarigi hosildor
o‘tloq va pichanzorlaming mahsuldorligi keskin o‘zgardi.
0 ‘rmonlar yong‘inlardan va suv bosishlardan ham katta
zarar ko‘radi. Sayyohlar ham o‘rmonlarga katta ziyon yetka-
zadilar. Ular chodir qurish uchun bir necha yosh daraxtlami
kesadilar.
Inson dorivor o‘simliklardan keng foydalanadi. Hozirgi
davrda dorivor o‘simliklaming 1500 dan ortiq turidan dunyo
miqyosida foydalaniladi. Shuning uchun ham ba’zi bir dori
vor o‘simliklar doimiy ravishda yig‘ilishi natijasida ulaming
zaxiralari kamayib ketmoqda.
91
©
1. Ekologik omil deb nimaga aytiladi?
2. Ekologik omillar necha guruhga ajratiladi?
3. Yorug‘lik va harorat omillari o‘simlik hayotida qanday aha-
miyatga ega?
4. 0 ‘simliklar bir-birlariga o‘zaro qanday ta’sir etishi mumkin?
5. Bakteriyalar bilan o‘simlik ildizlari o‘rtasida qanday bog‘lanish
mavjud?
6
. Hayvonlar o‘simliklar hayotida qanday rol o‘ynaydi?
7. Odamning o‘simliklar dunyosiga ta’sirini
qanday baholash mum-
kin?
0
‘zingiz yashab turgan joyda odamlaming o‘simliklar dunyo-
si va sharoitiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlarini aniqlang. Sal-
biy ta’sirlaming oldini olish chora-tadbirlarini o‘ylab ко‘ring.
Do'stlaringiz bilan baham: