Botanika indd


-§.  0 ‘SIMLIKLARNING  NAFAS  OLISHI



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/200
Sana22.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#400466
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   200
Bog'liq
Botanika-6 sinf. A.To\'ychiyev

28-§.  0 ‘SIMLIKLARNING  NAFAS  OLISHI,
OZIQLANISHI.  0 ‘SIMLIKLARDA  MODDALAR
 
ALMASHINUVI
Yashil  barglar  hujayrasida  fotosintez jarayonida  organik 
moddalar  hosil  bo‘lishi  bilan  bir  qatorda,  nafas  olish  jara- 
yoni  ham  boradi.  Demak,  o‘simliklarning  boshqa  organlari 
qatori  barglari  ham  nafas  oladi.  Bunda  ular  ko‘pchilik  tirik 
organizmlar  kabi  havodan  kislorod  olib,  karbonat  angidrid 
gazini  ajratib  chiqaradi.
0 ‘simliklaming nafas  olish jarayoni uning oziqlanishidan 
keskin farq qiladi. Nafas olishda barglarda organik moddalar 
hosil bo‘lmay,  aksincha,  ular parchalanadi.  Yana bir muhim 
farqi, nafas olish uchun yorug‘lik talab etilmaydi. 0 ‘simliklar 
kecha-kunduz  uzluksiz  nafas  oladi.  Kunduzi  barglar  hujay­
rasida organik moddalaming hosil bo‘lishi va hujayralaming 
nafas  olish jarayoni  bir  vaqtda  o‘tadi.  Lekin  bu jarayonlar- 
ning  har  ikkalasi  ham  bizga  sezilmaydi.  0 ‘tgan  darslarda 
barglar hujayrasida  organik moddalar hosil  bo‘lishida kislo­
rod  ajralib  chiqishini  aytgan  edik.  0 ‘simliklar  ana  shu  oziq 
68


moddalar hosil  qilish jarayonida  ajratib  chiqargan  kislorod- 
ning bir qismidan o‘zi nafas olishda foydalanadi va karbonat 
angidrid gazi  ajratib chiqaradi.  0 ‘simliklaming nafas  olishi- 
ni tajriba  qilib  ko‘rish mumkin.
Buning  uchun  og‘zi  shisha plastinka  bilan  mahkam ber- 
kiladigan  ikkita  shisha  stakan  oling  va  ularga  yangi  kesib 
olingan  bargli  novdalami  soling.  Har  ikkala  stakan  ichiga 
yonib turgan  cho‘pni  tushiring,  cho‘plar  o‘chmaydi,  demak, 
stakan  ichidagi  havoda  kislorod bor.  Har  ikkala  stakanning 
og‘zini  shisha  plastinka  bilan  zich  berk  ng.  Stakanlaming 
birini  yorug‘lik  yaxshi  tushib  turadigan joyga,  ikkinchisini 
esa  qorong‘i joyga  qo‘ying.  Bir  necha  soatdan  keyin  unga 
yonib turgan  cho‘pni tushirib,  har  qaysi  stakan ichidagi  ha- 
voning  tarkibini  tekshiring.  Tajribalardan  xulosa  chiqaring 
va  yozib  oling  (61-rasm).  0 ‘simlik  -   bir  butun  organizm. 
Uning  hamma  tirik hujayralari  nafas  oladi  va  о‘sib  rivojla- 
nadi  (62-63-rasmlar).
0 ‘simliklar  yashash  uchun  tashqi  muhitdan  zarur 
moddalami  va  energiyani  o‘zlashtiradilar.  Bu  moddalar 
0
‘simlik  hujayralarida  o‘zgarishlarga  uchraydi  va  o‘simlik 
tanasi  qurilishida  ishtirok  etuvchi  moddalarga  aylanadi. 
0 ‘simlik  organizmini  qurishga  sarflanadigan  moddalami 
hosil  qilish  uchun  energiya  zarur.  Energiya  yana  o‘simlik 
hujayralarining  o‘sishi,  bo‘linishi  uchun  ham  sarflanadi. 
Yashil  o‘simliklar  avtotrof  organizmlar  sifatida  yorug‘lik 
energiyasini  yutib,  uni  organik  moddalami  hosil  qilishga 
sarflaydi.  Fotosintez  jarayonida  karbonat  angidrid  va  suv 
ishtirokida yorug‘lik energiyasi hisobiga shakar hosil bo‘ladi. 
U  esa,  o‘z  navbatida,  o‘simlik  to‘qimalarida  kraxmal,

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish