ko‘rib chiqing va rasmini chizing.
3. Oziq moddalar to‘playdigan o‘qildizdan hosil bo‘lgan ildizmeva
lar: sabzi, lavlagi, rediska, sholg‘om, turpni ko‘rib chiqing va rasmini
chizing.
10-§. NOVDA
Novda
yuksak o‘simliklaming vegetativ organi bo‘lib,
poya hamda unda joylashgan barg va kurtaklardan iborat.
Daraxt, buta va yarimbutalaming o‘zida kurtak va
barg hosil qiladigan bir yillik shoxi ham novda deyiladi
(22-rasm).
Poya novdaning o‘zak organi hisoblanadi. Poyaning barg
va yon kurtaklar joylashgan qismi
bo‘g‘im
deyiladi. Qo‘shni
bo‘g‘imlar orasi
Do'stlaringiz bilan baham: |