2. Osimlik Hujayrasi va uning qismlari.
Fitogormonlar. O`simliklarning o`sishi va hujayraning bo`linishi, jinsiy jarayonlarni tezlashtiruvchi garmon ana shunday garmonlarda auksin o`sish garmoni hosil qiluvchi to`qima uchun zarur bo`lgan organik moddalar va kislorodning oqimini tezlashtiradi. Hamda embrional hujayraning bo`linishini tezlashtiradi fitogormon gibberilin (gibberela phuicure) degan zamburug`dan ajratib olinadi. U yem-xashak texnik o`simliklari (tamaki, kanop) hosildorliklarini oshirish sohasida o`tkaziladigan tajribalarida ishlatilmoqda. Gibberilindan sabzavot o`simliklaridan pomidor, bodring, baqlajon, uzum mevalarining hosildorligini oshirish sohasida ham foydalanilmoqda.U meva o`simliklarining gul va mevasining to`kilishidan saqlashda, meva hamda manzarali o`simliklarning ildiz otishini tezlatishda gebbrilin ishlatilmoqda. Sabzi, lavligi, karam kabi ikki yillik o`simliklarni gibberilin bilan qayta ishlasa, birinchi yildayoq urug` hosil qiladi.
Antibiotik va fitonisiindlar har xil zararkunanda va mikroorganizmlardan saqlashda himoya vazifasini o`taydi. Ularning tarkibiga aminokislotalar, organik kislotalar, al`koloidlar, efir moylar, sinil kislotasi ham kiradi. fitosid va antibiotiklar faqat o`simliklar uchun emas, balki, hayvon va insonlarni ham har xil zararkunanda va kasalliklardan saqlaydi. Penisillinni 1929 yilda ingliz olimi Fleming kashf qilgan, biroq toza preparat sifatida u 1940 yildan boshlab olina boshladi. Endilikda meditsinada va veterenariyada penisillinin, sterptomisin, sintomisin, terromisin, tetrasiklin, biomisin kabi 1000 dan ortiq antibiotiklar ishlatilmoqda.
Fitosinidlar antibiotiklardan farqi antibiotiklar mikroorganizmlardan olinadi, fitonsidlar gulli o`simliklardan olinadi . Har ikkalasi ham mikroorganizmlarni halok qiladi Hujayradagi zaxira oziq moddalar uglevodlar,yog`lar va oqsillar. Organik moddalarni o`simliklar tashqi muhitdan olgan oddiy birikmalardan sintez qiladi. Organik moddalar ikki guruhga: azotsiz birikmalar, azotli birikmalar.Azotsiz birikmalar tarkibi O.N.S. dan iborat. Azotli birikmalar tarkibi bulardan tashqari azot ham kiradi. Uglevodlarning ximyaviy xususiyatlariga qarab monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlarga bo`linadi. Monosaxaridlar - glyukoza ,fruktozalar bular geksozalar ham deb ataladi Glyukoza (uzum shakari) dekstroza olma, anjir gilos uglevodlari tarkibiga kiradi.
Furuktoza (meva shakari deb ham ataladi) mevalarda, piyozda glyukoza bilan birga qiyin kristallashadi. Ba`zi o`simliklarda spirt nordon achchiq moddalar bilan birikkan holda uchraydi. Bu birkmalar glikozidlar deb ataladi. Bodom mag`zi achchiq qiladigan amigdalin, qashqarbeda bargidagi kumarin, etmak o`simligi ildizdagi safonin shular jumlasidandir.
Disaxaridlar murakkab uglevodlar bo`lib, ularga saxaroza va mal-toza kiradi. Saxaroza qamish shakarida (glyukoza vafuruktoza birkmasidan hosil bo`ladi), maltoza yashil o`simliklarda diastazafer-menti ta`sirida kraxmaldan hosil bo`ladi. Polisaxaridlar monosaxarid-lardan, suvning ajrab chiqishi tufayli hosil bo`ladi. Kraxmal, klechatka (sellyuloza), inullin, gemisellyulozalar polisaxiridlardir.
O`simliklarning yosh hujayralarida sitoplazma hujayraning barcha bo`shlig`ini to`ldirib turadi. Hujayra o`sib borgan sari ,uning sitoplazmasida vakuolalar deb yuritiladigan kichkina bo`shliqlar yoki pufakchalar bo`ladi. Bunday bo`shliqlar maxsus suyuqlik hujayra shirasi bilan to`lgan bo`ladi. Hujayra o`sib borgan sari, vakuolalar kattalashadi va nixoyat, bitta yirik vakuola bo`lib qo`shiladi. Bunda ular sitoplazma hamda yadroni hujayra devoriga surib chiqaradi. Hujayra shirasining tarkibi ham o`simliklar turlarida har xil bo`ladi. Hujayra shirasining tarkibida organik moddalardan uglevodlar(shakarlar) bo`ladi. Organik kislotalardan olma, limon, uzum, hamda oksalat kislotalar ko`p uchraydi. Hujayra shirasida -alkolloidlardan, tamaki bargida nikotin, ko`knorida opium bo`ladi. Ko`pgina alkalloidlar dori -darmon sifatida ishlatiladi (xinin, kofein, opium) zararkunanda va xashorotlarga qarshi kurashish uchun ishlatiladigan vositalar (nikotin, anabazin) o`simliklar tarkibidan olinadi. Pigmentlar- suvda oson eriydigan bo`yoq moddalar ham bor antosian va antaxlor barg meva gullarda uchraydi. Bundan tashqari oshlovchi moddalar,kristallar va tuzlar ham uchraydi. Sho`rxok erlarda o`sadigan o`simliklarda mineral tuzlar ko`p bo`ladi. O`tkazuvchi to`qimalar orqali hujayraga kiruvchi suv va oziqa moddalar ya`ni saxaroza, amidlar, aminokislotalar va boshqa organik birikmalar, mineral kationiar va anionlar hujayrani o`zini tashkillashtiruvchi moddalarning sintezi uchun, xususan oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa azot saqlovchi birikmalar, qandlar va polisaxaridlar, lipidlar, ikkilamchi metabolizm moddalari ya`ni vitaminlar, fitogormonlar, polifenollar, terpenoidlar, alkaloidlar va boshqalarning biosintezi uchun ishlatiladi.
Ushbu jarayonlarda asosiy o`rinni informatsiya`ni saqlovchi va beruvchi nuklein kislotalar hamda tuzilishi nuklein kislotalar tomonidan kodlanuvchi oqsillar tutadi. Oqsillar hujayra hayot faoliyatining va tuzilmalari biogenezining asosini tashkil qiladi. Hujayra tuzilmalari biogenezining asosiy prinsiplaridan biri, bu, molekulalardan yuqori turuvchi komplekslarning o`z-o`zidan yig`ilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |