BOTANIKA 5-SINF
1)Onasidan kiyim- boshim
Bolasidan moyli oshim . Topishmoqni javobini aniqlang?
A)Kungaboqar b) g’o’za c) kanop d) qulupnay
2 Tanasining yuqori qismi qurib qolib, pastidan yangidan o’sib chiqadigan
1.chinor 2.aylant 3.terak 4.tol 5. Nok 6.do’lana 7.olma 8. Zarang
a)1,3,5,7,8 b) 2,3,6,7, c) 1,3,4,6,8 d) 1,3,4,5,7,8
3. Agar tuproqqa mineral o’gitlar meyoridan ortiqcha solinsa uning …………?
a) ekologik holati yomonlashadi.
b) tarkibi yaxshiladi
c) strukturasi o’zgaradi.
d) tuproqni g’ovak qilib, tarkibi o’zgaradi.
4. Quyidagilarni qaysi birlari ko’p miqdorda mineral o’g’it solib yetishtirish
Evaziga tez buziladi ?
1) Qovun 2.pomidor 3.kartoshka 4.bodring 5.tarvuz
a) 1,2,3 b) 1,4,5 c) 2,3,4,5 d) 1,3,5
5. Nima uchun tuproqqa o’g’it solinadi ?
1. o’simlik yaxshi o’sishi 2. O’simlik uzoq yashashi 3.mo’l hosil berishi
a) 1,2,3 b) 2,3 c) 1,3 d) 2
6. Qish kirishi bilan ko’p yillik o’simliklarning ildiz tukchalarida qanday
Jarayon kuzatiladi?
А)o’z faoliyatini susaytiradi c) faoliyatini to’xtatadi
b) faoliyati susayadi lekin to’xtamaydi. d) ular nobut bo’ladi.
7. ildiz qinchasi necha qavat hujayradan tashkil topgan ?
a) ikki qavat b) bir necha qavat c) bir qavat d) juda ko’p hujayralardan
8. ildizlar bo’linish qismidagi hujayralarning bo’linib ko’payishi hisobiga………….. ?
a) bo’yiga o’sadi b) eniga o’sadi c) yon ildizchalar hosil bo’ladi d) o’sadi
9. Makajo’xorining ildizi poyadan atrofga qancha yoyiladi ?
a) 60-70 sm b) 2-3m c) 700sm d) 2 m
10. Qaysi o’simliklar ildizining uchki qismini chilpib tashlash evaziga hosildorlikni oshirish mumkin ?
1. karam 2.baqlajon 3.pomidor 4.bulg’or qalampiri
a) 2,3,4 b) 1,3,4 c)3,4 d) 1,2,3
11. Bosh piyozni ildizi atrofga qanchagacha yoyiladi ?
a) 2m b) 60 sm c) 700sm d) 60-70sm
12. Makkajo’xorining 1mm2 so’rish qismida qancha ildiz tukchalari bo’ladi ?
a) 750 ta b) 60-70 ta c) 700 ta d) 600-700 ta
13.ildiz zonalarining qaysi birida ildiz tukchalari joylashgan bo’ladi ?
a) so’ruvchi b) o’suvchi c) bo’linuvchi d) o’tkazuvchi
14. ildiz tukchalari ildiz zonasining qaysi qismidan hosil bo’ladi ?
a) so’ruvchi b) o’suvchi c) bo’linuvchi d) o’tkazuvchi
15. Quyidagi fikrlardan qaysi biri ildiz tukchalariga tegishli ?
a) so’ruvchi zonadan uzluksiz hosil bo’lib turadi.
b) bo’linuvchi zonadan uzluksiz hosil bo’lib turadi.
c) yupqa qobiq,sitoplazma va mayda mag’izga ega.
d) to’g’ri javob yo’q.
16. Bitta ildiz tukchasining hujayra qismlarini aniqlang ?
1. yupqa qobiq 2. Yarim suyuq sitoplazma 3. Yirik yadro 4.qalin qobiq
5. sitoplazma 6. mayda yadro. 7. Bir nechta yadro
a) 4,5,6 b)1,2,3 c) 4,5,7 d) 1,5,3
17. ildizning ikchki qismini mikroskopda kuzatishda suv tomchisini o’rniga
qaysi eritmadan foydalansak bo’ladi ?
а)Glitserin b) etil spirit c) metilin sinkasidan d)shakarli eritmadan
18. O’simliklarning turiga qarab ildizlarning yuzasi qanday rangli po’stloq bilan
qoplangan bo’ladi ?
1.oqish 2.qizg’ish 3.qoramtir 4. Sarg’ish
a) 1,2,3 b) 1,3,4 c) 3,4 d) 1,3
19. Faqat yer ustki qismidan ya’ni poyasidan qo’shimcha ildiz hosil qiladigan
o’simliklarni aniqlang ?
1)Makkajo’xori 2. Kartoshka 3. Qulupnay 4. Ajriq 5. G’umay
А)2,3 b)1,4,5 c)2,3,4 d) 1,2,3,4
20. Ham yer ustki qismidan, ham murtak poyachasidan qo’shimcha ildiz hosil
qiladigan o’simliklar ?
1.Makkajo’xori 2. Kartoshka 3. Qulupnay 4. Ajriq
a)2,3 b)1,4 c)2,3,4 d) 1,2,3,4
21. Faqat murtak poyachasidan qo’shimcha ildiz hosil qiladigan o’simliklar ?
1.Makkajo’xori 2. Kartoshka 3. Bug’doy 4. Ajriq 5. Sholi
a)1,3,4 b)1,3,5 c)2,3,4 d) 3,5
22. Murtakdagi boshlang’ich ildiz rivojlanishi jarayonida o’sishda davom etsa
undan nima hosil bo’ladi ?
a) Yon ildiz b) o’q ildiz tizimi c) asosiy ildiz d) o’q ildiz
23. G’o’za murtagidagi boshlang’ich ildiz rivojlanishi jarayonida o’sishda davom
etsa undan nima hosil bo’ladi ?
a)Yon ildiz b) o’q ildiz c) asosiy ildiz d) a va b
24. O’simlik poydevori bu…………?
a) ildiz b) ildiz va poya c) poya d) hujayra
25. ildizlar bir-biridan nimasi bilan keskin farq qiladi ?
1. shakli 2. Tuzilshi 3. O’lchami
a) 1,2 b) 1,3 c) 1 d) 3
26. Murtakdagi boshlang’ich ildizning bevosita o’sishidan nima hosil bo’ladi?
a) o’q ildiz b) popuk ildiz c) asosiy ildiz d) qo’shimcha ildiz
27. ildiz tizimining o’lchami va tuzilishi nimalarga bog’liq?
1. o’simliklar turiga 2.ildizning shoxlanishiga 3.tuproq unumdorligiga
4) qo’shimcha ildizlarga
a) 1,2,3,4 b)1,2,3 c) 2,3,4 d) 1,3
28. Sabzi, rediska, sholg’om kabi ildizmevali o’simliklarning qaysi ildizida oziq
modda to’planadi ?
a)Yon ildiz b) o’q ildiz c) qo’shimcha Ildiz d) asosiy ildiz
29. Po’kak to’qimasining tashqi qavati qanday hujayralardan iborat?
a) tirik b) o’lik c) bir qavat zich tirik hujayralardan d) a va b
30. Hosil qiluvchi to’qimaning hujayrasiga to’g’ri berilgan ta’rifni belgilang?
a) yupqa va silliq b) qalin va elastik c) yupqa va elastik d) silliq
31. Quiyidagilarning qaysi birlari asosiy to’qimaga kiradi?
1. assimilyatsion 2. Naylar 3. Jamg’aruvchi 4.epiderma
a) 1 b)1,3 c)2,4 d) 3
32. O’simlik ustuni bu………….?
a) poya b)ildiz c) tolalar d) po’stloqdagi lub tolasi
33. Yirik kurtakli o’simliklarni belgilang?
1. terak 2.qayrag’och 3. Chinor 4.nastarin
a) 1,2,3 b) 1,3,4 c)2,3 d)1,2,3,4
34. O’simliklar kurtagining yirik maydaligiga qarab uning qaysi sistematik
birlikka kirishini aniqlash mumkin?
a)Tur b) sinf c) tur va turkum d) turkum
35. Poyalar tuzilishiga ko’ra …………… poyaga bo’linadi ?
a) kalta va uzun b) yog’och va o’t c) yog’och va poxol d) o’t va poxol
36. Epiderma ostida joylashgan po’st parenximasi qanday hujayralardan tashkil
topganligini aniqlang?
a)Bir qavatli tirik hujayralardan
b)Ko’p qavatli o’lik hujayralarda
c)Ikki qavatli tirik hujayralardan
d)Ko’p qavatli tirik hujayralardan
37. Tut novdasining………….egiluvchan va pishiq bo’ladi?
a) lub tolalari b) po’stlog’i c) yog’ochlik tolalari d) a va c
38.Poyaning qaysi qavati shakli,o’lchami har xil bo’lgan hujayralardan tashkil topgan
a) po’stloq b) floema c) ksilema d) kambiy
39. Novdadan ajratib olingan po’stloqning ichki silliq, nam va yopishqoq qismida
nima bo’ladi?
a)Sitoplazma b) kambiy c) hujayra shirasi d) a va c
40. Poyaning o’suvchi qismidagi hujayralar oziq moddalarga qancha boy bo’lsa
ular……………?
a)Shuncha tez yo’g’onlashadi c) shuncha tez bo’linadi va tez o’sadi.
b)Shuncha sekin bo’linadi, lekin tez o’sadi d) shuncha tez o’sadi
41. Poyaning uchki qismini chilpib tashlashdan nima maqsadda foydalaniladi?
a) o’simliklarga shakl berish c) o’simliklardan yangi nav olish
b) o’simliklardan mo’l hosil olish. d) a va b
42. G’o’zaning poyasi va uzunroq o’sgan ikki-uchta yon shoxlarining o’suvchi
uchki qismi chilpib tashlansa nima bo’ladi?
a)Tez o’sadi. c) o’sishdan to’xtaydi
b)Hosildorligi ortadi d) hosildorligi kamayib ketadi.
43. Mittigina urug’dan unib chiqadigan gigant daraxtlarni aniqlang?
1. evkalipt 2.sekvoyadendron 3. Chinor
a) 1,2 b) 2 c) 1 d) 1,2,3
44. Kambiy hujayralarining har biri qanday bo’linadi ?
a) ko’ndalangiga ikkiga b) uzunasiga ikkiga c) bo’linmaydi d) uzunasiga to’rtga
45. Ko’chilik bir yillik o’simliklarda avval…….. … , so’ng esa …………. quriydi ?
a) ikkalasi ham bir paytda quriydi. b) ildiz ; poya
c) poya ; ildiz d) to’g’ri javob yo’q.
46. Kuzda ko’karib chiqib qishning sovuqlariga bardosh berib o’sadigan
o’simliklarning hayotiy shaklini aniqlang ?
a)Bir va ko’p yillik o’tlar b) ko’p yillik o’tlar c) ikki yillik d) bir yillik
47. Qaysi oila vakilllari aprel oyidan dekabr oyigacha qurimasdan o’sib turadi ?
a) gulxayridoshlar b) burchoqdoshlar c) sho’radoshlar d) karamdoshlar
48. ildiz suv va unda erigan mineral tuzlarni zarur miqdorda yetkazib bermasa
nima bo’ladi ?
a)Barglarda taranglik yo’qoladi c) oranik modda kam hosil bo’ladi.
b)Transpiratsiya susayadi. d) barglarda organic modda kam hosil bo’ladi.
49. Tugunaklar qanday sharoitda tez ko’karadi ?
a) issiq sharoitda b) sernam va issiq sharoitda
c) issiq va nam sharoitda d) faqat sernam sharoitda
50. G’umay o’simligi qanday yo’lda ko’payishini aniqlang ?
a) urug’idan b) ildizpoyasidan c) a va b d) faqat ildizpoyasidan
51. Uch bo’lakli bargga ega bo’lgan o’simlikni aniqlang ?
a) g’o’za b) mosh c) sebarga d) b va c
52. Oddiy panjasimon bargga ega bo’gan o’simlikni toping ?
a) soxta kashtan b) totim c) zarang d) qayrag’och
53. Barglar yaprog’ining qirrasi ya’ni cheti qanday bo’ladi ?
1. tekis 2.o’yilgan 3.rombsimon 4.arrasimon 5.ikki karra tishli
a) 1,2,4 b) 1,2,3,4,5 c) 2,3,5 d)1,2,4,5
54. Barglar o’simliklarning turiga ………… bo’ladi ?
a) toq va juft patsimon b) tukli va tuksiz
c) oddiy va murakkkab d) tomirli va tomirsiz
55.ikki yoki uch karra bo’lingan patsimon burglar hosil qiladigan o’simliklarni toping?
a) totim b) zarang c) shoyi akatsiya d) a va c
56. Gledichia o’simligining ikkinchi nomi ?
a) g’ozpanja b) tikan daraxt c) sassiq daraxt d) tikansiz daraxt
57. O’simliklarni qaysi sitematik birlikka mansubligini aniqlashda bargning
shaklidan keng foydalaniladi ?
1.Tur 2. Turkum 3.oila 4. Sinf
a) 1,2,3,4 b) 1,2 c) 1 d) 1,2,3
58. Har bitta barg o’g’izchasini hosil qilishda nechta hujayra qatnashadi ?
a) 1 ta b) 4 ta c) 2 ta d) bir nechta
59. Barglarning ichki tuzilishi qanday qismlardan tashkil topgan?
1. epiderma 2. Usti po’st 3. Bar eti 4. O’kazuvchi nay tolali boylamlar
5. og’izcha 6.tukcha
a) 1,3,4,5,6 b)2,3,4,5 c) 2,3,4,5,6 d) 1,3,4,5
60. Agar barg og’izchalar soni 8 ta bo’lsa uni hosil qilishda nechta hujayra
qatnashgan bo’ladi ?
a)Bir nechta b) juda ko’p c) 16 ta d) 32 ta
61. Fotosintez so’zi qaysi so’zdan olingan ?
a) lotincha b) yunoncha c) fransuzcha d) inglizcha
62. << sintez >> so’zining ma’nosini aniqlang ?
a) qo’shish b) ajratish c) birlashtirish d) a va c
63. Suv va unda erigan mineral moddalar nima tasirida dastlab
ildiz naychalariga o’tadi ?
1)Ildiz bosimi ostida 2. Barg hujayrasining so’rishi tufayli 3. Tuproq bosimi ostida
a)1 b) 2,3 c) 1,2 d) 2
64. Barglarda fotosintez natijasida dastlab nima hosil bo’ladi ?
a) shakar b) oqsil c) kraxmal d) yog’
65. O’simliklarga yorug’lik, harorat, suv , mineral tuzlar va karbonat angidrid gazi
qancha yetarli bo’lsa ………………….. ?
a)Kraxmal ko’p hosil bo’ladi.
b)Organik moddalar shuncha ko’p hosil bo’ladi.
c)Moddalar almashinuvi buziladi.
d) Shakar shuncha ko’p hosil bo’ladi.
66. Qaysi jarayon tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so’rilishi tezlashadi ?
a) oziqlanish b) nafas olish c) suv bug’lanish d) ildiz bosimi
67. Vegetativ ko’payish bu………………………….?
a) naslni saqlash b) mo’l hosil olish c) navlarni saqlash d) a va c
68. Ham ildiz bachkisi ham qalamchasidan ko’paytiriladigan o’simliklar ?
1. olvoli 2. Qoraqat 3. Terak 4.shirinmiya
a) 2,3 b)1,2,3 c)1,3 d) 1,2,3,4
69. Xona o’simliklarini belgilang ?
1. xina 2.fikus 3.begoniya 4. Sansivyera 5.yorongul.
a) 2,3,5 b)1,2,3,4 c)2,3,4,5 d) barchasi
70. Qalamcha, parxesh va ildiz bachkisi yordamida ko’payadigan o’simlikni toping ?
a) tok b) qoraqat c) sansivyera d) terak
71. Qaysi paytda qulupnay jingalaklaridagi kurtaklardan barg va ildizchali kichik
o’simlik tupi rivojlanadi ?
a)Bahorda b) kuzda c) yozda d) avgust oyida
72. Qulupnay jingalagidagi kurtaklardan hosil bo’lgan yosh nihollar
qachon boshqa joyga olib o’tqiziladi?
a)Avgust oyida b)Yoz faslining o’rtalarida c)Bahor oylarida d)Avgust oyida yoki kelgusi yil bahorda
73. Qalamchasi yordamida ko’payadigan o’simliklarni belgilang ?
1. rayxon 2. Sansivyera 3. Fikus 4.yorongul 5. Begoniya
a) 2,3,5 b) barchasi c) 3,4,5 d) 1,3,4,5
74. Gerbariy so’zi qaysi tildan olingan ?
a) lotincha b) yunoncha c) fransuzcha d) inglizcha
75. Xerbarius so’zining ma’nosi ?
a) o’t b)ko’kat c) o’t o’simlik d) o’tli
76. Botanika fanining oltin xazinasi nima ?
a) botanika bog’I b) gerbariy c) milliy bog’lar d) o’simliklar aniqlagichi
77. Xerba so’zining ma’nosi ?
a) o’t b)ko’kat c) o’t o’simlik d) o’tli
78. Maxsus usullar bilan quritilgan o’simlikka nima deyiladi ?
a) xerbarius b) xerba c) gerbariy d) to’gri javob berilmagan.
79. Tabiatda yig’ilgan o’simliklarni joylash uchun qancha kattalikdagi papka
yasash oson ?
a)9x12 sm b) 30x45sm c)45x50sm d) 30x40sm
80. Toshkentdagi O’zbekiston RFA << Botanika >> ilmiy-ishlab chiqarish
markazida qancha gerbariy saqlanadi ?
a)Ikki milliondan ortiq.
b)Bir millionga yaqin
c)Bir million
d)Bir milliondan ortiq.
81. Yorliq o’rnida ishlatish uchun olinadigan oq qog’oz qancha kattalikda bo’ladi ?
a) 9x12 sm b) 30x45sm c)45x50sm d) 30x40sm
82. Gerbariy varaqalariga yopishtiriladigan yorliqlardagi ma’lumotlardan oltinchisida nima ko’rsatilgan bo’ladi ?
a) O’simlik o’sib turgan joyning nomi. b)O’simlikning tartib raqami. c) O’simlikni yig’ib kelgan o’quvchining ismi va familiyasi. d)O’simlik yig’ilgan kun ( oy, yil )
Do'stlaringiz bilan baham: |