Bosqon uloqtiruvchilarni maxsus kuch sifatini rivojlantirish samaradorligi. Povshyeniye yeffektivnosti spetsialnoy silovoy podgotovki metateley molota



Download 28,2 Kb.
bet3/4
Sana01.07.2022
Hajmi28,2 Kb.
#725145
1   2   3   4
Bog'liq
kuch sifatini. lotin (2) (1)

Nazorat testi

1-oy

2-oy

3-oy

4-oy

1

30 m (sek)

4,87

4,76

4,62

4,25

2

Joyidan turib uzunlikka sakrash (sm)

2.30

2.44

2.50

2.53

3

Uch xatlab sakrash (sm)

6.25

7.17

7.25

7.50

4

Yadroni ikki qo‘llab oldinga uloqtirish (sm) (4 kg)

12.73

12.37

13.44

13.60

5

Yadroni ikki qo‘llab orqa tomonga uloqtirish (sm) (4 kg)

13.02

13.13

14.20

15.00

6

Yarim engashgan holda 60 kg lik shtangani ko‘krakgacha ko‘tarish (marta)

90

90

95

95

7

60 kg lik shtangani ko‘targan holda o‘tirib turish (marta)

100

110

120

120

8

Shtangani ko‘krakdan tepaga siltab ko‘tarish (marta)

50

50

55

55

9

70 kg lik shtangani yotgan holda ko‘tarish (marta)

60

65

70

70

10

70 kg likShtangani ko‘targan holda yarim o‘tirib turish

130

140

150

150

Bizga ma’lumki uloqtirish turlarida, qolaversa barcha sport turlarida kuch ko‘paymas ekan sport mahoratiga erishib bo‘lmaydi. Harakat tezliga hamda chidamlilik va chaqqonlik ko‘p jihatdan mushaklar kuchiga bog‘liq. Mushaklar kuchi bosh miya qobig‘i faoliyatiga, markaziy asab tizimining boshqaruvchanligiga, mushaklarda fiziologik kundalang kesimiga, mushaklarda bo‘ladigan biomixanik prosesslarga, mushaklar qo‘zg‘oluvchanligining o‘zgarishiga, ularning charchoqlik darajasiga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Bosh miya qobig‘idagi harakatlantiruvchi tizimi asab to‘qimalaridan chiqadigan asab impulslari orqa miyaning harakatlantiruvchi asabi orqali mushaklarga kelgandagina mushak kuchi sodir bo‘ladi. Bu, asab tizimi funsional imkoniyatlarining hal qiluvchi ahamiyati bor ekanini ko‘rsatadi.


Kuchni rivojlantirish uchun elimintar mashqlardan tortib, to yaxlit uloqtirish turiga qadar har xil dinamik mashqlardan foydalaniladi. Kuchni rivojlantirishda yuk ko‘tarish mashqlari, o‘z vaznidan foydalanib yoki sherigi qarshiligini yengib bajariladigan mashqlar eng ko‘p qo‘l keladi. Bundan tashqari kuchni statik namoyon qilish qo‘llaniladi. Og‘irligi 2,5 kg dan ortiq gantellar, 10-15 kg gacha qum bilan to‘ldirilgan xaltalar, 2-5 kg lik to‘ldirma to‘plar, 16 va 32 kg lik toshlar va shtangalar yuk tariqasida xizmat qiladi.
Umumiy manoda olinganda odamning kuchi mushak kuchlanishlari orqali tashqi qarshilikni yengish yoki unga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati sifatida tariflanadi. Bizning matnimizdagi kuch qobiliyatlarini birinchi navbatda, sportchining xarakatlanish tezligini belgilovchi shart – sharoitlar sifatida tushunish kerak. Ma’lumki sportchi kuch imkoniyatlarining namoyon bo‘lish darajasi, bir tomondan, xarakatning biomexanik xususiyatlari mukammalligiga, ikkinchi tomondan, alohid amushaklarning zo‘riqish kattaliklari va ularning o‘zaro uyg‘unlashuviga bog‘liq. Bevosita faoliyat vaqtidagi zo‘riqish kattaligida namoyon bo‘ladigan kuch qobiliyatlari organizmning yaxlit reaksiyasi bilan ifodalanadi, u ruxiy omillar, xarakatlar, mushak vegetativ, gormonal va boshqa fiziologik tizimlarning safarbarligiga bog‘liq. Shuning uchun kuch qobiliyatlarini faqat “mushaklar kuchi” degan sodda tushuncha, yani ularning qisqarish xususiyatlarini mexanik tavsifi bilan chegaralab qo‘yish yaramaydi. Ayni paytda quyidagilarni ham nazarda tutish zarur. Mushak kuchi xar qanday tezkor xarakatning dinamik tarkibiy qismi xisoblanib, uning tezligi, tashqi qarshilik va faoliyatning davomiyligiga qarab har xil sifat xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Maxsus kuch sifati bo‘lmish portlovchi kuchning o‘ziga xos namoyon bo‘lishi, sport faoliyatida asosiy yuklamani ko‘tarishda butun mushaklar guruxning portlovchi kuchlanishida albatta ishtirok etishi kiradi.
Portlovchi kuch sport faoldiyati sharoitida mushaklar ishining izometrik va dinamik rejmlarida kattaligi jihatidan turlicha tashqi qarshilikni yengish sharoiti yuzaga chiqadi. Dinamik rejimda kuchlanishning o‘sishi mushaklarning tezlanuvchi kuchi orqali aniqlanadi. Shunday qilib, har qanday sharoitda portlovchi kuchlanish vaqtida sportchi har doim start kuchini maksimal darajada ro‘yobga chiqaradi, tezlanuvchi kuchning namoyon bo‘lish xususiyati esa tashqi qarshilik va mushaklarning maksimal kuchi kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Biz ushbu omillarni inobatga olgan holda bosqon uloqtiruvchilarni jismoniy tayyorgarligini, inobatga olib ular bilan quyidagi jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki xaftalik mikrosiklni ishlab chiqdik.
Sport faoliyati sharoitida xarakatlarning ishchi samarasi ham rivojlantirilgan kuchlanish, yuqori kattalik bilan, ham bunga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Shuning uchun sportchining kuch qobiliyatlarini baholashning asosiy mezoni sifatida ishchi kuchlanish quvvati ko‘rsatkichini qabul qilish kerak. Alohida sport ixtisosligining xarakat qobiliyatlariga bog‘liq ravishda kuch sifatining o‘ziga hosligini aniqlashga kelsak, buni tekshirganda, quyidagilardan kelib chiqishi kerak. Mushak zo‘riqishlarining namoyon bo‘lishi har qanday zamonaviy sport mashqini bajrishga xos. Muayyan sport turlariga hos bo‘lgan etakchi xarakat sifatiga qarab, mushak kuchi ko‘proq tezlik bilan namoyon bo‘ladigan portlovchi kuchdir.
O‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchi sportchilarning tadqiqotdan oldin va tadqiqotdan kiyingi natijalari quyidagi jadvalda keltirib o‘tilgan. Bu jadvalda ko‘rinib turibdiki biz tadqiqot olib borgan o‘quv mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi bosqon uloqtiruvchilarning kuch sifatini rivojlantirish yo‘lida berilgan maxsus mashqlarning samarasi o‘z isbotini topgan.
Navbatdagi diagrammada o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilarning har oyda kuch sifatini o‘sish suratini foizlarda ko‘rishingiz mumkin.

Download 28,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish