Oliy ta’lim muassasalarining zimmadagi vazifa to‘g‘risidagi
bayonnomasi namunalari
¹
|
Olny ta’lim muassasasi
|
Zimmadagi vazifa haqidadà bayonnoma
|
1.
|
Germaniyaning maxsus oliy ta’lim muassasalari
|
- amaliy-ilmiy tadqiqot ishlari o‘qitish va o‘quv vositasida texnika, texnologiya, fanlar va san’atning amal qilishi hamda rivojlanishini ta’minlash;
- mehnat bozori kasbiy talabini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlash;
- fan va amaliyot (ishlab chiqarish)ning ta’lim jarayoni bilan jips aloqasini ta’minlash;
- ancha qisqa muddatlarda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish.
|
2.
|
O‘zbekiston universiteti
|
- fan, texnika, texnologiya, iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim, shuningdek mutaxassislar bilimi, iqtidori va malakalarini raqobatbardosh darajada tutish asosida bilim, yo‘nalishlar va iqtisosliklar sohalarining keng doirasibo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
- fanning keng sohalari bo‘yichafundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarish va ular asosida yangi bilimlarni yuzaga keltirish;
- fanning ta’lim jarayoni bilan jips aloqasini ta’minlash.
|
3.
|
O‘zbekistonning tarmoq oliy ta’lim muassasalari
|
- fan, texnika, texnologiya,iqtisodiyot, madaniyat va ta’limning zamonaviy yutuqlari asosida ayrim sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek mutaxassislar bilimi, iqtidori va malakalarini raqobatbardosh darajada saqlab turish;
- amaliy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlarini yangi ilmiy-texnikaviy bilimlar bunyod etish asosida bajarish;
- amaliyot (ishlab chiqarish)ni ta’lim jarayoni bilan jips aloqasini ta’minlash.
|
Rahbariyat tomonidan belgilanadigan maqsadlar qisqa va uzoq muddatliga ajraladi. Qiska muddatli maqsadlar rahbariyat yaqin vaqt ichida ega bo‘lishi lozim bo‘lganlarni belgilasa, uzoq muddatliligi ancha uzoq vaqt mobaynidagisini belgilaydi. Qiska va uzoq muddatli maqsadlarni uyg‘unlashtirish kerak bo‘lgan hollarda keyingisi ustuvor hisoblanadi.
Maqsadlarni belgilashda barcha rahbarlar ishtirok etishi lozim. Tashkilot barcha bo‘linmalari oldiga aniq vazifalar qo‘yiladi, bularni hal etish umumiy maqsadga erishilishiga muayyan hissa bo‘lib qo‘shiladi. Mazkur holda tizimli yondashishdan foydalaniladi: bo‘linmalar vazifasi tashkilot umumiy maqsadlarining uzviy qismi hisoblanadi. Agar barcha darajadagi rahbar tegishli maqsad va vazifalarning bajarishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olsa, bunda tashkilotda ishchanlik muhiti qaror topadi, bu ishda yuqori natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |