Topshiriq: Boshqaruv turlari farqalarini keltiring
Nazorat savollari
1. Menejmentning qanday tamoyillarini bilasiz?
2. Boshqaruvning qanday usullarini bilasiz?
3. Hamkorlikdagi faoliyat turi nima?
4. Birgalikda-individual faoliyat turi nima?
JAVOBLAR
1. “Menejment tamoyillari” atamasini birinchi marta texnologik muhandis Frederik Teylor kiritgan va u 1911 yilda “Ilmiy boshqaruv tamoyillari” nomli asarini nashr etgan. Mehnat va mehnat operatsiyalarini bajarish usullarini o’rganish asosida u ishchilarning individual mehnatini boshqarishning to'rtta tamoyilini ishlab chiqdi:
■ ishning har bir elementini amalga oshirishga ilmiy yondashuv;
■ ishchini tanlash, tayyorlash va tayyorlashga ilmiy yondashuv;
■ ishchilar bilan hamkorlik;
■ menejerlar va ishchilar o'rtasida natijalar uchun javobgarlikni taqsimlash
2. Boshqaruv funktsiyasi - bu rahbar tomonidan maxsus texnika va usullardan foydalangan holda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan boshqaruv faoliyatining yo'nalishi yoki turi. Asosiy funktsiyalar to'plamiga e'tibor menejment sohasidagi mutaxassislar o'rtasida muhokama mavzusi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Asosiy boshqaruv funktsiyalari ro'yxati turli tadqiqotchilar orasida farq qiladi, ammo shuni aytish kerakki, to'rtta boshqaruv funktsiyasi - rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va motivatsiya har doim turli xil versiyalarda mavjud va menejerlar tomonidan ularni amalga oshirishda shubha tug'dirmaydi. Birinchi marta menejmentning asosiy funktsiyalari fransuz amaliyotchisi va nazariyotchisi A.Fayol tomonidan shaxsiy muvaffaqiyatli boshqaruv tajribasi asosida shakllantirildi. Keyinchalik, jarayon yondashuvining paydo bo'lishi bilan ushbu asosiy funktsiyalar 1-bobda taqdim etilgan boshqaruv tsiklini tashkil etdi (2-rasm). Boshqarish funktsiyalarining quyidagi asosiy xususiyatlari ajralib turadi:
1) bitta boshqaruv funktsiyasi doirasida bajariladigan ishlar mazmunining bir xilligi;
2) Ushbu ishlarning maqsadli yo'nalishi;
3) Bajarilishi kerak bo'lgan alohida vazifalar to'plami.
3. Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Anglab bo`ladigan va anglab bo`lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma`naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug`diradi. Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik o`ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada “faoliyat”degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun ko`rsatadigan jismoniy va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o`zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag`batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.
4. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, hattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko‘chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.[1]
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
*n perseptiv – ya’ni, bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
* mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
* fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
* imajitiv - («image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |