Boshqaruv tahlili fanining predmeti, mazmuni, ahamiyati va vazifalari


  Boshqaruv tahlili fanining predmeti va ob’yekti



Download 223,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana14.08.2021
Hajmi223,66 Kb.
#147343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu boyicha maruza

1.3.  Boshqaruv tahlili fanining predmeti va ob’yekti 

Jahon 


iqtisodiyoti 

globallashuvining 

zamonaviy 

sharoitlari, 

axoli 

extiyojlarining  o’sib  boorish  qonunining  amal  qilishi  resurslarning  cheklanganligi 



muammosini dolzarb qilib qo’ydi va xo’jalikni samarali yuritish, ishlab chiqarish, 

logistik va boshqa xarajatlarni doimiy nazorat  va tahlil qilish zaruriyatini keltirib 

chiqarmoqda. Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida boshqaruv tahlilining 



tashkil  etuvchilari  sifatida    ichki    retrospektiv  (ishlab  chiqarish  xo’jalik  faoliyati 

samaradorligini  aniqlash),  bozor  va  ishlab  chiqarishdagi  qisqa  muddatdagi 

o’zgarishlarni tezkor tahlil qilish va istiqbol tahlil maydonga chiqadi. 

Zamonaviy boshqaruv tahlili taktik, istiqbol , strategik  va samarali boshqaruv 

qarorlarni qabul  qilish uchun pozitiv muammolarni aniqlashga yo’naltiriladi.  

Boshqaruv  tahlili  xarajatlarni,  ishlab  chiqarish  ko’rsatkichlarini  va  bozor 

muhitini prognozlashtirish imkoniyatini yaratadi .  

Boshqaruv tahlili quydagi maqsadlarga yo’naltiriladi: 

✓  korxonaning  ,  biznes  segmentlarining  ushbu    tovar  bozoridagi  o’rnini 

baholash  (korxonaning  tashkiliy  texnik  imkoniyatlarini  ,  maxsulot  

raqobatbardoshliligini, bozor sig’imini aniqlash); 

✓  ishlab    chiqarish  omillaridan  oqilona  foydalanish  hisobiga  maxsulot  ishlab 

chiqarish va sotish xajmini ko’paytirishning imkoniyatlarini tahlil qilish ; 

✓  mahsulot    ishlab  chiqarish  va  sotish  natijalari  va  ushbu  jarayonlarni 

jadallashtirish omillarini baholash ; 

✓  mahsulot  assortimenti  va  sifati  bo’yicha    yangi  ishlab  chiqarishni    yo’lga 

qo’yish,  faoliyatni  diversifikatsiya  qilish  bo’yicha  boshqaruv  qarorlarini 

qabul qilish; 

✓  ishlab chiqarish harajatlarini boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish    

✓  narxlashtirish siyosatini aniqlash 

✓  zararsizlikni  ta’minlash  maqsadida sotuv xajmini , xarajatlar va foydaning 

o’zaro bog’lanishini tahlil qilish . 

Boshqaruv  tahlili  subyekti  bo’lib  rahbariyat,  menejerlar,  mutaxassislar,  jalb 

etilgan auditorlar , ekspertlar, konsultantlar  hisoblanadi.  

Boshqaruv tahlilini  o’rganish sifatida  korxonalarning iqtisodiy tizimlari , biznes 

jarayonlar,  tashkilotning  xo’jalik  faoliyati  maydonga  chiqadi.  Bunda  xo’jalik 

faoliyati butun tashkilot maqsadlariga erishishga  yo’naltirilishi kerak. 

Korxonada  boshqaruv  tahlili  ob’yekti  –  resurslar  (ishlab  chiqarish  vositalari, 

mehnat resurslari), natijalar (mahsulot va tannarx), bozor muhiti. 

Yuqoridagi  maqsadlardan  kelib  chiqib  boshqaruv  tahlili  quydagi  vazifalarni 




bajaradi:  

✓  bozordagi  xo’jalik vaziyati va o’rnini baholash ;  

✓  ijobiy va salbiy omillarni va ularni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash ; 

✓  qabul qilinadigan boshqaruv  qarorlarini tayyorlash;  

✓  xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va ishga 

solish . 

Demak,    boshqaruv  tahlili-  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  va  biznesni  va  biznes 

jarayonlarini  kompleks iqtisodiy tahlil qilishning tarkibiy qismi (segmenti) sifatida 

vujudga  kelgan,  xo’jalik  yuritish  strotegiyasini    tanlashda    tizimli  tadqiq  qilish, 

natijalarni istiqbollashni ta’minlaydigan ilmiy fandir. 

Boshqaruv tahlili predmeti – korxona va tashkilotlar,  klasterlarning  boshqaruv 

munosabatlaridir. 

Boshqaruv  tahlili  biznesni  operativ  va  strategik  boshqarishning  ajralmas 

funksiyasi hisoblanadi. 

Boshqaruv  qarorlari  operativ  va  strategik  qarorlarga  bo’linadi.  Shu  sababdan 

ularni asoslash ham operativ va strategik  tahlil asosida amalga oshiriladi. 

Operativ boshqaruv tahlili korxonalarning kundalik faoliyatida joriy boshqaruv 

qarorlarini qabul qilish, operativ rejalarnoi korrektirovka qilish qilish  uchun zarur. 

Strategik  tahlil  tashkilot  missiyasini,  maqsadini,  biznes  strategiyalarini 

shakillantirish jarayonlarining axborot  ta’minotini yo’lga qo’yish orqali strategik 

boshqarish jarayonini tashkil etishni ta’minlaydi.  

Xo'jalik faoliyati va unda kechadigan jarayonlar ko‘p fanlarning tadqiqot obyekti 

bo'lib  hisoblanadi.  Bu  fanlar  jumlasiga  iqtisodiyot  nazariyasi,  makro  va  

mikroiqtisodiyot,  xo‘jalik  moliya  faoliyati  boshqaruvini  tashkil  etish,  biznes 

rejalashtirish,  statistika,  buxgalteriya  hisobi,  iqtisodiy  tahlil  fanlarini  kiritish 

mumkin.


 

 

Korxona  iqtisodiyoti  tarmoq  yoki  korxonadagi  aniq  sharoitda  umumiy  va 



xususiy  qonunlarning  iqtisodiy  jarayonlarga  ta’sirini  o’rganadi.  Statistika  xo’jalik 

faoliyatidagi  iqtisodiy  jarayonlarni  miqdoriy    jixatdan  o’rganadi.  Xo’jalik 

faoliyatida kapitalning aylanishini o’rganish buxgalteriya hisobi fanining predmetini 



tashkil  etadi.  U  barcha  xo’jalik  operatsiyalarini,  jarayonlarni  va  korxona 

mablag’larining  xarakatini  xujjatli  tarzda  ifodalaydi.  Boshqaruv  tahlili  fanining 

predmeti nimadan iborat? 

Boshqaruvi tahlilining predmeti bo‘lib iqtisodiy holatlar va jarayonlar orasidagi 

sabab-oqibat  aloqalari  hisoblanadi.  Korxonalarda  boshqaruvning  sabab-oqibat 

aloqalarini  bilish,  iqtisodiy  holatlar  va  jarayonlar  mohiyatini  ochish  hamda  shu 

asosida erishilgan natijalarga to‘g‘ri baho berish, ishlab chiqarish samaradorligini 

oshirish  imkoniyatlarini  aniqlash,  rejalar  va  boshqaruv  qarorlarini  asoslash 

imkoniyatini beradi. 

Boshqaruv    tahlilining  bosh  uslubiy  masalasi  bo‘lib,  sabab-oqibat  aloqalarini 

guruhlash, ma’lum tizimga solish, modellashtirish, o’lchash hisoblanadi. 

Korxona boshqaruvi obyekti sifatida, korxona hamda uning iqtisodiy natijalari 

ham maydonga chiqishi mumkin, ya’ni bular, mahsulot ishlab chiqarish va sotish 

hajmi,  uning  tannarxi,  moddiy,  mehnat  va  moliyaviy  resurslardan  foydalanish, 

ishlab chiqarishning moliyaviy natijalari hamda korxonaning moliyaviy holatidir. 


Download 223,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish