Boshqaruv samaradorligi
REJA:
17.1 Boshqaruv samaradorligi tushunchasi.
17.2. Boshqaruv samaradorligi iqtisodiy ko’rsatkichlari.
17.3. Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligi.
Tayanch so’z va iboralar:
Boshqaruv samaradorligi tushunchasi. Boshqaruv samaradorligi iqtisodiy ko’rsatkichlari.
17.1. Boshqaruv samaradorligi tushunchasi.
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosada aniqlash mumkin.
Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga erishish natajalari bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin tilida “samara” – harakatlik, ishlab chiqaruvchilar zaruriy natijani beruvchi ma’nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, texnikada, siyosatda va mafkurada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi” tushunchasida “ ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan xajmi yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baho beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi.
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida hohlagan darajadagi boshqaruv tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi:
boshqaruv xodimlari mehneti samaradorligi;
boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va tarmoqlari samaradorligi;
boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalgam oshirish);
boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarish boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda);
boshqaruv mehanizmining samaradorligi(uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali boshqaruv shakllari).
Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda har bir tushunchaning mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi.
Samaradorlikning o’z mazmuni va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy tavsifga ega holat sifatida urg’u beriladi. Samaradorlik turlari har xil maqsadlarni (o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy v aiqtisodiy) ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va mazkur doirada namoyon bo’ladi: ishlab chiqarish doirasida va iste’mol doirasida. Birinchi holatda xo’jalik hisobida boshqaruv samaradorligi (korxona, firma), ikkinchidan esa, xalq xo’jaligidagi boshqaruv samaradorligi ilg’or boshqaruv tizimini solishtirma baholash va tanlash, rejalashtirish, takomillashtirish va boshqaruvni rivojlantirish uchun xizmat qilish mumkin. Ob’ktni baholashga bog’liq holda samaradorlikning to’liq (umumiy) va lokal (xususiy) turlarga bo’lish mumkin(11-jadval). Birinchi holda boshqaruv tizimini samaradorligi aniqlanadi. Ikkinchidan – boshqaruv resurslarini alohida turlaridan foydalanish samaradorligi (mehnat axborot moddiy) aniqlanadi.
11- jadval. Menejment samaradorligining turkumlanishi
Ko’rsatkichlar
|
Samaradorlik turlari
|
Samaradorlik mazmuni
|
Iqtisodiy, ijtimoiy
|
Namoyon bo’lish doirasi
|
Xalq xo’jaligida, xo’jalik hisobida
|
Baholash ob’ekti
|
To’liq (umumiy), lokal (xususiy)
|
Maqsadli mazmuni
|
Rejali, haqiqiy, me’yoriy (potensial) loyihali
|
Hisob – kitob usuli
|
Absolyut (mutloq), solishtirma
|
36-chizma. Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini shakllantirish
Iqtisodiy samaradorlik
Lokal samaradorlik
To’liq samaradorlik
Ijtimoiy samaradorlik
Boshqa
riluvch
tizim
Ishlab chi qaruvchi va boshqaruv natijalari
Boshqaruv mehnati Boshqaruvning texnik vositasi
Axborot tizimi
Boshqa
ruvchi
tizim
Boshqaruv harajatlari
Ishchilar soni,
Asosiy ishlab chiqarish fanlari qiymati.
Meyorlangan aylanma vositalar qiymati.
Boshqaruv shartlar.
Ishlab chiqarishni konsentratsiya darajasi.
Hamkorlik darajasi
Boshqaruv samaradorligi, boshqaruvchi ob’ektning maqsadlarga erishishini ta’minlash, ya’ni harajatlar bilan taqqoslangan holda
Boshqaruvdagi nisbiy harajatlar
Operativlik, tashkillashtirish va tejamkorli- boshqaruvning yuqori samaradorligining muhim shartidir (36-chizma). Ishlab chiqarishni boshqarish tizimi birligi, uning samaradorligini sifat tavsilotlari orqali tarmoq konsern va korxonada qo’llanilishini ifodalaydi.
17.2. Boshqaruv samaradorligi iqtisodiy ko’rsatgichlari
Ko’rsatkich tushunchasi baholanayotgan predmetning, ob’ektning qandaydir xususiyatlarini, jihatlarini, tomonlarini tavsiflaydi. Boshqaruv samaradorligini belgilaydigan ko’rsatkichlarni uch guruhga bo’ish mumkin:
Texnikaviy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruvning texnik vositalarini (dastgohlar, hisoblash texnikalari va boshqalar) foydalanishning sifatlarini, belgilarini va ulardan foydalanish darajasini aniqlaydi.
Tashkiliy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv jarayoninig tuzilishi, tashkiliy tuzilma, axborot va hujjatlar bilan ishlashni aniqlovchi tavsifga egadir.
Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv apparatining mehnat shartlarini, sanitariya gigiena, ruhiy, fiziologik, estetik tomonlarini va mehnatining ijtimoiy omillarini aniqlaydi.
Boshqaruv samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilardir:
yillik iqtisodiy samara (keltirilgan harajatlar tejamkorligi);
boshqaruvni takomillashtirishda birvaqtli harajatlarini qoplash muddati;
boshqaruv apparati mehnet unumdorligining o’sishi.
Yillik iqtisodiy samara quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: Эй = Эшй – ЗуХЕn-
Bunda: Эй - yillik iqtisodiy samara, so’m;
Эшй – yillik shartli tejam, so’m;
Зу – birvaqtli harajatlar, so’m;
Еn – solishtirma iqtisodiy samaradorlikning me’yoriy koeffisenti (o’lcham, qoplashning qayta me’yoriy muddatiga bog’liq).
Boshqaruv samaradorligi ikki xil usulda hisoblanishi mumkin:
Эб = Рк / Зб va Эб = Рб / Зб-
Bunda, Эб – boshqaruv samaradorligi;
Рк – oxirgi natija (samaradorlik korxonadan olinadi).
Рб – faqat boshqaruv apparati faoliyati natijasi;
Зб – boshqaruv harajatlari;
Birvaqtli xarajatlar boshqaruvda quyidagicha aniqlanadi:
Зб = К + Н.
Bunda, K – capital xarajatlar, so’m;
H – capital bo’lmagan xarajatlar.
Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirishni loyihalashtirishning barcha bosqishlarida iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon hisoblanadi. Ishlab chiqarish boshqaruvini takomillashtirishning loyihalashtirish oldi bosqichida, takomillashtirish nimadan iborat bo’ladi boshqaruvning yangi tizimi yuqori darajada samaradormi degan savollar tug’iladi. Loyihalashtirish bosqichida investitsiya hajmidan, xarajatlar guruhidan kelib chiqib yuqori iqtisodiy samaradorlikni iniq usullarini hisoblab chiqiladi. Boshqaruvni takomillashtirishda aniq tadbirlar ishlab chiqilgandan so’ng qo’llanilgandan keyin haqiqiy erishilgan tejamkorlik o’lchovi aniqlanishi zarur.
17.3. Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligi
Boshqaruvni ijtimoiy samaradorligini miqdoriy bahosida mulkiy taqqoslash tavsifi va alohida xususiy yo’nalishlarga e’tiborlik xususiyati o’z ifodasini topadi. Boshqaruv apparatining mehnat unumdorlkigida muhim holat sifatida ishchilarning umumta’lim darajasini va malakasini oshirish, moddiy – maishiy sharoitlarini yaxshilash va boshqalar nazarda tutiladi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruvni takomillashtirishda boshqaruv apparatining mehnat va moddiy xarajatlarini kamaytirish, ijtimoiy – iqtisodiy omillarni qo’llash, ya’ni boshqaruv xodimlarining mehnat faolligini oshirish yoki mehnt qobiliyatlari susayishining oldini oluvchi, xodimlar qo’nimsizligini kamaytiruvchi va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilovchi tadbirlarni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor sharoitida boshqaruvni ijtimoiy yo’nalishi kuchaytiriladi: boshqaruvni rivojlantirish moddiy – texnika bazasidan ijtimoiy – madaniy yo’nalishda foydalanish, korxonaning mulkchilik vositalari ahamiyatini, ishchilarning moddiy – maishiy sharoitlarini oshirish, ta’lim olish, madaniy vama’naviy vazifalarni chuqurlashtirish.
Menejer bozor munosabatlarida xo’jalik mehanizmini ijtimoiy, iqtisodiy va rag’batlantiruvchi omillarni, mehnat jamoasi tavsifini, kuch va malaka vositalarini qo’llash va takomillashtirishning sir – asrorlarini to’la o’zlashtirib olsagina boshqaruv faoliyatining samaradorligi va natijalarini ta’minlash muhiti yaratilar ekan.
O’z – o’zini tekshirish uchun savollar
Boshqaruv samaradorligi deganda nimani tushunasiz?
“Mezon” (kriteriya) va”ko’rsatkich” bir xil tushunchalarmi?
Boshqarish samaradorligini tahlil qilishda qanday ko’rsatkichlar qo’llaniladi?
Boshqaruv mehnati sdamaradorligini ko’rsatkichi qanday hisoblanadi?
Mehnat unumdorligi oshirish evaziga tejalgan boshqaruv xarajatlari qanday hisoblanadi?
Mahsulot tannarxini kamaytirish evaziga tejalgan boshqaruv xarajatlari qanday hisoblanadi?
Iqtisodiy samara qanday aniqlanadi?
Yillik iqtisodiy samaraning ma’nosini ayting?
Boshqaruv samaradorligini belgilaydigan ok’rsatkichlar guruhi qanday?
Ijtimoiy samaradorlik nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |