Boshqaruv qarorini bajarilishi texnologiyasiga bo‘lgan talab
Qarorni to‘lalik modeli bir tomondan rahbarni o‘ylabqo‘ygan fikri va uni yechish, ikkinchi tomondan mazmuni, strukturasi va bajarilishi faoliyatidagi sharoitlarning mos kelishi ifodalanadi. Bajaruvchi oldindan ishni barcha nozik taraflarini fikran tasavvur eta olsa, bunda bu to‘la modelni ideal varianti hisoblanadi.
Aniqlik modeli zarurligi shundaki, agar umumiy holdamasala abstrakt qo‘yilsa unda u umuman bajarilmaydi yoki rasman bajariladi. Boshqaruv sistemasidagi tezkor qaror shakllanishida aniqlik metodi qonun tarzi kiritilmagan.
Boshlang‘ich g‘oyani aks ettirish kengligi tezkor modelnixarakterlaydi.
Stressga turg‘unlik va mustahkamlik modeli ixtiyoriy qiyinholatda ham uning ongida hosil bo‘lgan ish rejasini realizatsiyasini bajarilish qobiliyati tushuniladi.
Modelning egiluvchanligi — yuqorida hammasiga zuddiyatlik qiluvchi mezonlar.
Qarorni muvofiqlik modeli. Bajaruvchi qarorni bir o‘zibajarishi bilan bog‘liq. Shuning uchun uning harakati vazifalar, vaqt, joy va boshqalar bo‘yicha boshqa bajaruvchilar bilan mos kelishi kerak.
Qarorning motivatsiya modeli. Bizga ayonki qarornitushunish va ideal modelni anglash, xodimlar kuchini safarbarligini butunlay ta’minlamaydi, shuning uchun uning faoliyatini motivlashtirish kerak. Ichki talab hamda vazifani bajarilishida xodimlarda faollikni uyg‘otuvchi motivlarga ta’sir — tashkilot rahbariyati qabul qilgan qarorni bajarilishi jamoa ishi safarbarligining asosiy mazmunidir.
Xulosa
Qaror bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir.
Qaror qabul qilish bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi.
Nazorat funktsiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak.
Qarorlar qabul qilishning me’yoriy nazariyasi spetsifikasida, optimal qoida va jarayonlar, algoritmlar va shakliy modellarni ishlab chiqishga e’tibor qaratilganligini qayd etish mumkin, zotan, ularga muvofiq davlat qarorlarini qabul qilishning yaxlit jarayonini barpo etish mumkin. Bu konsepsiya siyosiy qarorlar ratsionalizatsiyasiga mo‘ljallangan, chunki uning doirasida ishlab chiqilgan algoritmlar maqsadlar tanlovi va berilgan siyosiy vaziyat yechimi uchun optimal hisoblangan me’yoriy formulada aks etgan maqsadlarga erishish vositalari samarasini oshirishga yo‘naltirilgan. Me’yoriy yondashuvning kuchsiz tarafi, ideal tiplarning roli qarorning, ularning manfaatlari qadriyatlaridan chalgi‘tadigan ratsional modellari, boshqaruv subyektlari, qaror qabul qiluvchi shaxslarni aniqlashda, shuningdek, ular o‘rtasidagi mavjud ierarxik munosabatlarga yuqori baho berishda kuzatiladi.
Yuqorida bayon etilganlardan davlat boshqaruvi subyektlari va obyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’lum bir prinsiplari mavjudligini sezish mumkin edi. Aynan esa, subyektning obyektga muvofiqliligi, obyektning subyektga ters aloqasi, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida subyekt va obyektlarning o‘zaro bir-biriga murojaat qilishi va o‘zaro nisbiyligi tamoyillari bor. Birinchi qoida shu bilan bog‘langanki, masalan, ijtimoiy siyosat bo‘yicha parlament komitetining qonuniy vakolati va hokimiyat kompetensiyasi doirasi ijtimoiy soha bo‘yicha qonun loyihalarini tayyorlash va o‘tkazish jabhasini qamrab olishi kerak, bunda u mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mita vazifalari yoki mintaqaviy mehnat birjalarini operativ boshqarish sohasiga bevosita o‘tib ketishi kerak emas. Boshqacha aytganda, qaror qabul qiluvchi davlat subyektining hokimiyat vakolatlari va javobgarligi hajmi ideal boshqariladigan ijtimoiy obyekt manfaatlari va prioritetlari xarakteriga muvofiq bo‘lishi shart. Teskari aloqa va qarorning o‘z- o‘zini korreksiyasi prinsipi qaror qabul qiluvchi rahbarlar yoki kollegial organlar o‘z boshqaruv obyektlari (yoshlar, ishsizlar, kichik biznes vakillari) bilan doimiy o‘zaro munosabatda bo‘lishi, alohida siyosiy qarorlarni vaqti-vaqti bilan tahrir qilish tartibini belgilaydi. Zaruriyat tug‘ilganda, hukumat tomonidan ijtimoiy yoki iqtisodiy siyosatni muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz amalga oshirishiga qarab butun davlat strategiyasiga tuzatishlar kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |