Qisqa xulosalar
Qaror bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir.
Qaror qabul qilish bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi.
Nazorat funktsiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak.
UMUMIY XULOSALAR
Boshqarishning bosh maqsadi mehnatkashlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun ishlab chiqarishni barcha jamiyat a‘zolari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni yanada takomillashtirishdir. Shu bilan birga davlat va jamiyat boshqaruvini yaxlitligini ta‘minlab, jamiyat rivojlanishi, undagi ijtimoiy munosabatlar yuksalishi asosida davlat boshqaradigan sohalarni jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklashdir.
Boshqarish oqibatida ma‘lum tizim o‘z yaxlitligini saqlab qolmasdan balki faoliyatini takomillashtiradi. Bundan boshqarish xususiyati tizimning tabiati bilan hamda uning mavjudligi va rivojlanish qonuniyatlari, yashash sharoiti bilan bog‘liqdir. Boshqarish jamiyat va uning yashash muhiti bilan xilma-xil aloqadorligini, yaxlitligini ta‘minlaydi.
Hozirgi kunda boshqarish eng avvalo kishilarning iqtisodiy va moddiy, ijtimoiy faoliyatini ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilmog‘i zarurdir. Buning boisi shuki, jamiyatimizning rivojlanishi ko‘p jihatdan kishilarning yuksak aqliy imkoniyatlariga, yuksak ongi, ma‘naviy dunyoki, umummadaniyatiga bog‘liqdir.
Jamiyatdagi boshqaruv tizimini ma‘lum boshqarish vazifalari asosida tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‗ra uni alohida ko‗rsatib o‗tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalari deganda boshqaruv mehnatining maxsus turlarini, boshqariluvchi manbalarga ta‘sir ko‗rsatishning u yoki bu qilinadilarini tushunmoq kerak. Boshqaruv vazifalariga: rejalashtirish, tashkil qilish, sozlash, muvofiqlashtirish, nazorat va hisob-kitob qilish kiradi.
Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo‗yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy bir xilligiga erishish, davlat boshqaruvini takomillashtirib ijtimoiy o‗z-o‗zini idora qilishga aylantirishdir. Jamiyat va uning har bir ayrim a‘zosining ma‘naviy rivojlanishini boshqarishboshqarishning yana bir asosiy turidir.
Shaxslararo yaqinlik-uzoqlik, hush ko‗rish-hush ko‗rmaslikni ikki shaxsning muayyan sharoitdagi o‗zaro harakatlaridagi mos kelish va mos kelmaslikning sharti va natijasi deb qarash ham mumkin.
Insonlar doimiy ravishda o‗zaro aloqada, munosabatda bo‗ladilar va bunda muqarrar ravishda ularning individual xususiyatlari namoyon bo‗ladi.
Shundan kelib chiqqan holda, har bir ijtimoiy rol xatti-harakatlarni mutlaq shablon ekanligini belgilamaydi, u har doim o‗zining ishtirokchilari uchun ayrim
"imkoniyatlar diapazoni"ni qoldiradiki, uni shartli ravishda ma‘lum "rol bajarish uslubi" deb atash mumkin.
Asosiy adabiyotlar
Yo’ldoshev N.Q., Umarjonov A.M. Iqtisodiyot va menejment. - T.: TDIU, 2005
Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 156 b
Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv uslubiy ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 185 b
Do'stlaringiz bilan baham: |