An`anaviy diniy oqimlar - Sunniylik
- 1 Hanafiya
- 2 Molikya
- 3 Shofiya
- 4 Xanbaliya
Shialik
1 Jaʼfariya
2 Zaydiya
3 Ismoiliya
4 Xorijiya
Ibodiylik
Havolalar
NOAN’ANAVIY DINIY TASHKILOTLAR "HIZBUT-TAHRIR AL-ISLOMIY" diniy tashkiloti "Hizbut-tahrir al-islomiy" norasmiy siyosiylashgan diniy partiya 1953 yilda Isroilda paydo bo'ldi. Partiya piramida shaklida, tarkibiy tuzilma ko'rinishida tashkil toptan. "Hizbut-tahrir al-islomiy" diniy tashkilotining kurash bosqichlari: 1. Tasqif - tushuntirish ishlari. Ongi to'liq shakllanmagan yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirish. Fikri zaif, ta'sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi mas'ul shaxslarni o'z tarafiga og'dirish; 2.Tafoul - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali "Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi va kelajak masalalarini idrok qilishga erishishi" yo'lida fikriy inqilobga yetishish; 3. Inqilob - to'ntarish, hukumatni yaratilgan ummat orqali qo'lga kiritish. Vahhobiylik Vahhobiylik diniy-siyosiy oqim bo'lib, XVIII asrda Markaziy Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelgan. Vahhobiylar bevosita din nomidan ish ko'rgan va uni "tozalash", go'yoki Payg'ambar davridagi asl holatiga qaytarish, barcha arablarni yashil bayroq ostida birlashtirish kabi g'oyalarni ilgari surgan. Ingliz mustamlakachiligi bu vaziyatdan o'z maqsadida foydalangan: g'oya tarafdorlarini qurollantirib, Usmonli turklarga qarshi jangga tashlagan. Shuning uchun ham ular Usmonlilar mansub bo'lmish hanafiy mazhabini kofir mazhabi, deb e'lon qilishgan. Qandaydir doiralar manfaati yo'lida Islomdagi o'z birodarlarini kofirga chiqarishgacha borib yetishgan. Salafiya va Akromiylar XX asr boshida Jamol ad-Din al-Afg'oniy va Muhammad Abdu asos solgan ilohiy harakat Salafiya diniy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy mohiyatlarga ega. U musulmonlar hayotini yangilashga qaratilgan bo'lib, Islom dunyosi uzra ko'plab musulmon mutafakkirlari va harakatlariga shakllovchi ta'sir o'tkazgan. "Salafiya" termini ko'pincha isloh, (reforma) va tajaddud (yangilanish) bilan sinonim sifatida ishlatilib, Islom dunyoqarashining asosiy fundamental konseptsiyalari tushunchalaridan birini tashkil etadi. Biroq Qur'on va sunnatga urg'u berishi va o'tmishni qo'msashi tufayli ayrimlar nazdida reaktsiya va fundamentalizm sifatida quriladi.
Taxminan 1997-1999 yilda Fargona vodiysida vujudga kelgan ushbu diniy-siyosiy harakat vakillari yolgiz Allohga e'tiqod qilib, Payg'ambarga imon keltirmaydilar.
"Akromiylar" bugungi mavjud barcha tuzumlarni tan olmaydi, davlatga, qonun-qoidalarga ham, ota-onaga ham emas, faqat oqim sardorlariga bo'ysunish lozim, deb hisoblaydilar. Uning asoschisi 1960 yilda Andijon shahrida tug'ilgan Yo'ldoshev Akrom Sotvoldiyevich hanbaliy mazhabi vahhobiylik oqimi ta'limotiga tayanib, 1992 yilda 12 darsdan iborat "Imonga yo'l", deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan. Ushbu dasturda oqimning pirovard maqsadi Islom davlatini barpo etishdan iborat ekani ta'kidlangan. O'z harakatlariga nomzodlarni tanlab olish va ularni tayyorlashni besh bosqichdagi maqsadli dastur orqali amalga oshiradilar.
Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitusiya va qonunlarida vijdon erkinligi o‘z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy deklarasiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e’tiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi.
Odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi. Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.
E’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglik O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Ana shu oqilona siyosat tufayli O‘zbekistonda 18 diniy konfessiya, jumladan, islom, nasroniy, yahudo, katolik va boshqa dinlar vakillari ahil-inoq, tinch-totuv yashab, o‘zining diniy e’tiqod amallarini emin-erkin ado etib kelayotir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda dinlararo, konfessiyalararo, konfessiyalar bilan davlat idoralari o‘rtasida biron-bir qarama-qarshilik yoki ziddiyat yuzaga kelgan holat qayd etilmagan. Keyingi vaqtlarda BMT doirasida o‘tkazilayotgan barcha yirik xalqaro konfessiya, seminar va uchrashuvlarda O‘zbekistonning dinlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish borasida erishgan yutuqlari har taraflama e’tirof etilmoqda va qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Samarqand Alekseev soborining qurilishiga mablag‘ berganlar ro‘yxatida savdogar musulmon Olimbekov ko‘rsatilgan. Turkiston musulmonlari va xristianlari birgalikda xayriya ishlarini bajardilar, yetimlar uchun boshpana yaratdilar. Yetimxonalarda turli millat vakillari tarbiya topdilar. Mahalliy bolalarga mulla, rus bolalariga pravoslavie ruhoniylari dars berdilar. XIX asrdayoq O‘rta Osiyodagi musulmonlar va xristianlarning do‘stona aloqalari qaror topdi. Bu aloqalarni birga kechirilgan azoblar yanada mustahkamladi. Bolshevik-dahriylar Pravoslavie va Islomni bir xil tazyiqqa oldilar. Shakkoklar ibodatxonalarni portlatdilar, masjidlarga o‘t qo‘ydilar.
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z diniga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Hozirgi kungacha respublika Adliya vazirligi tomonidan 18 konfessiyaga mansub jami 2000 dan ziyod diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan. Ular amaldagi qonunlar asosida mustaqil yuridik shaxs sifatida mamlakat ijtimoiy hayotida qatnashish, diniy adabiyotlar nashr qilish, zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilish huquqlariga egadir. Vaholanki, sobiq tuzum davrida respublikamizda bor-yo‘g‘i 89 ta masjid va ikkita madrasa faoliyat ko‘rsatar edi. Hozir O‘zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida 10 ta madrasa va Toshkent Islom instituti faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1999 yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga asosan Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. Har yili mazkur o‘quv yurti islom tarixi va falsafasi, diniy qonunchilik, iqtisod va tabiiy fanlar fakultetlariga talabalar qabul qiladi. Universitet qoshida Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi, manbalar xazinasi hamda akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z diniga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Hozirgi kungacha respublika Adliya vazirligi tomonidan 18 konfessiyaga mansub jami 2000 dan ziyod diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan. Ular amaldagi qonunlar asosida mustaqil yuridik shaxs sifatida mamlakat ijtimoiy hayotida qatnashish, diniy adabiyotlar nashr qilish, zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilish huquqlariga egadir. Vaholanki, sobiq tuzum davrida respublikamizda bor-yo‘g‘i 89 ta masjid va ikkita madrasa faoliyat ko‘rsatar edi. Hozir O‘zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida 10 ta madrasa va Toshkent Islom instituti faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1999 yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga asosan Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. Har yili mazkur o‘quv yurti islom tarixi va falsafasi, diniy qonunchilik, iqtisod va tabiiy fanlar fakultetlariga talabalar qabul qiladi. Universitet qoshida Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi, manbalar xazinasi hamda akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar bilan o‘zaro mustahkam hamkorlik qilish, turli diniy konfessiyalar faoliyatining amalga oshirilishida yordam ko‘rsatish, jamiyatda dinlararo tinchlik va totuvlikni ta’minlash yuzasidan takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish, konfessiyalararo muloqot madaniyatini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi 196-sonli qaroriga muvofiq, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida Konfessiyalar ishlari jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Kengash a’zolari tarkibiga respublikadagi ko‘p sonli diniy konfessiyalarning yetakchilari kirgan. Kengashning asosiy vazifalari respublikaga diniy ekstremizm va fanatizm g‘oyalari kirib kelishining oldini olish, an’anaviy diniy tashkilotlarning o‘zaro muloqotlarini mustahkamlash, dinlararo va millatlararo totuvlik va barqarorlikni ta’minlashdan iborat. O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqaror, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo‘lgan, ma’naviy meros va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarini ustuvor soha darajasida ko‘tara olgan mamlakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |