gender psixologiyasi
– ijtimoiy psixologiya
fanining bir sohasidir. Boshqa sohalar singari u ham o„z tarixiga ega. Ammo bu
tarixni XX asrning 70-yillaridan boshlab o„rganish noo„rin deb hisoblaymiz.
Bundan tashqari, uni fenemizm mevasi deyish ham noto„g„ri. Biroq fanning asosiy
xizmati zamonaviy psixologik muammolarga jamoatchilik fikrining jalb qilinishi
65
Самаров Р., Муқимова Д., Рахманов Б. Гендер маданият шакллантиришнинг ижтимоий-сиѐсий
аҳамияти (ўқув-услубий қўлланма). – Т., 2011. – 36 б.
190
hisoblanadi.
O„zbekistonda ham gender masalasi ko„pincha oila muammolari doirasida
o„rganilishi an‟anaga aylangan. Qator tadqiqotlarda (E. G‟oziyev, G‟. Shoumarov,
V. Karimova, I. Yoqubov, B. Qodirov, S. Mirhosilov, E. Usmonov, N. Sog„inov,
F. Akramova,
L. Karimova,
O. Hayitov,
N. Salayeva,
O. Shamiyeva,
O. Abdusattorova va boshq.) oilaviy hamda shaxslararo o„zaro munosabatlarga
e‟tibor qaratilgan.
Muallifningning oila va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik
omillari va oqibatlariga bag„ishlangan asarlarida oilada yoshlarni gender
munosabatlarga tayyorlash muammolariga
66
, gender tasavvurlarning shaxs
tarbiyasidagi o„rni (2006) kabi masalalarda e‟tibor qaratilgan. Bizning oxirgi
tadqiqotlarimizda
67
er-xotin va oiladagi sibling munosabatlarning bola shaxsiga
ta‟siri, jumladan, erkaklik va ayollik fazilatlari shakllanishidagi o„rni o„rganilgan,
ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Boshqaruv faoliyati va shaxs kar‟yerasining gender jihatlari
Qator xorijiy adabiyotlar tahliliga ko„ra, “yetakchi”, “peshqadam”, “lider”
bir so„z bilan aytganda “boshqaruvchi” muammosi odatda jinsni hisobga olmagan
holda an‟anaviy o„rganilgan, ya‟ni boshqaruvchilik maskulinlikka xos deb
hisoblangan.
Ko„plab fenomenlar, amaliy natijalar va nazariyalar “erkaklik” tushunchasi
orqali izohlangan.
So„nggi yillarda ayol kar‟yerasi va omillari, xususan, professional faoliyatda
yuqori lavozim va mavqyega erishgan ayollar – izchillik bilan ijtimoiy-gumanitar
tadqiqotlar obyektiga aylanib bormoqda (A.Ye. Chirikova, O.N. Krichevskaya;
B.Dalbum-Xall;
Ye.K. Zavyalova;
M.V. Safanova;
N.D. Strekalova;
G.V. Tureskaya, V.A. Xashyenko; S.E. Jalbert; J.de Trude, V. Stanfield va
66
Каримова В. Оилада ѐшларни гендер муносабатларга тайѐрлаш муаммолари // “Ёшлар муаммолари
ва уларнинг ечими: ҳолат ва истиқбол” мавзусидаги Респ. илмий-амалий анжумани материаллари – Т.: 2002.
– Б. 30–33.
67
Каримова В. Оилавий ҳаѐт психологияси:Ўқув қўлланма. – Т.: 2006. – 142 б.
191
boshqalar).
Shunga qaramasdan shaxsning maskulin tashkilotchiligi jamiyatda ijtimoiy
ma‟qullangan xulq-atvor sifatida qolmoqda.
Gender psixologiyasi sohasiga doir integrativ yondashuv hamda maskulinlik
va feminenlik konsepsiyasi ishlanmalari
Do'stlaringiz bilan baham: |