“Bu yerda bir umr o„zidan
aqlliroq bo„lganlarni o„ziga bo„ysundira olgan inson yotibdi”
deb yozib qo„yinglar deb
vasiyat etgan. Demak, Shvebning rahbari ham o„z yo„lida xodimlar psixologiyasini yaxshi bilgan
va ularga o„z vaqtida tashabbus ko„rsatish imkonini bera olgan kamtar shaxs bo„lgan.
Bugungi yangilanishlar sharoitida milliy-madaniy an‟analarimizni hisobga
olganda ham boshqaruvda gumanistik tamoyillarga keng yo„l ochish orqali
fuqarolarda mustaqil fikr, fuqarolik pozitsiyasi, tashabbuskorlikning bo„lishi
qanchalik ahamiyatli ekanligini yaxshi bilamiz. Shuning uchun ham yangi avlod
rahbarlariga, boshqaruvchilariga qo„yiladigan talablar, ular xulqidan kutiladigan
sifatlar jamiyatda sog„lom insoniy munosabatlarning barqa-rorlashuvi, sog„lom
raqobat va o„zaro bag„rikenglik, lekin ishda o„ziga va hamkasblariga nisbatan
talabchanlikni taqozo etadi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |