Avtoritar rahbar- barcha ko`rsatmalarni ishchanlik ruhida aniq, ravshan, keskin ohangda hodimlarga yetkazadi.
Muloqot jarayonida ham hodimlarga nisbatan do`q-po`pisa, keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalaniladi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - nima bilan bo`lsada, o`z hukmini o`tkazish. Uning nutqi aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo`ladi, biror ish yuzasidan hodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof sub’yektiv bo`lib, bu narsa boshliqlarning kayfiyatiga va o`sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |