Boshqaruv funksiyalari
Boshqaruvning ikki asosiy funksiyasi farqlanadi: maksadga yunaltiruvchi va tashkiliy funksiyalar.
Maksadga yunaltiruvchi funksiya tuzilmani yanada mukammshglashtirish maksadiga yunaltiradi. Tashkiliy funksiya esa tuzilmaning maksadga erishishdagi ichki tartibi va uning turli kismlari о‘rtasidagi uzaro muvofiklikni ta’minlaydi.
Yukoridagi asosiy ikki boshqaruv funksiyasi qator vazifalar orqali amalga oshadi. Masalan, maksadga yunaltiruvchi funksiyani ado etishda faoliyat tarkibiga:
natijani prognozlash;
maksad sari faoliyatni rejalash;
amalga oshirish motivatsiyalari kiradi.
Maksadga yunalgan faoliyatni amalga oshirish tashkiliy funksiyalar orqali ta’minlanadi. Bu soxadagi asosiy vazifalardan biri faoliyatni nazorat etish va kuchlarni safarbar etishdir. Umuman olganda nazoratni amalga oshirish boshqaruvning ikkala funksiyasi uchun ham umumiy bо‘lgan universal xususiyat bо‘lib, u boshqaruvning har kanday jarayonida doimiy kayta aloqani ta’minlab turadi. Boshqaruv fanidagi asosiy tushunchalardan biri qayta aloqa tushunchasi bо‘lib, bu ibora tuzilmaning uz maksadi sari intilishi qay yо‘sinda ketayotgani va qanday jixatlarni uzgartirish, yanada mukammallashtirish hakida ma’lumot olishni anglatadi.
Maksadga yunaltiruvchi funksiya - tashkilotni ma’lum maqsadga olib boruvchi vazifalarni mujassamlashtiradi.
Tashkiliy funksiya - tashkilot turli bо‘limlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal darajada foydalanishdir. Rahbar ado etishi zarur bо‘lgan asosiy funksiya va vazifalar tasviriy ravishda qо‘yidagicha ifodalangan:
Boshqaruv funksiyalari va uning tarkibiy kismlari.
Rahbarlikning asosiy maksadi, ushbu vazifalar о‘rtasida mutanosiblik va uyg’unlikka erishish hamda shu orqali tashkilot bugunligini ta’minlashdir.
Tashkilot boshqaruvining asosiy funksiyalaridan yana quyidagi xususiy funksiyalar kelib chikadi:
• Rejalashtirish funksiyasi:
Natija kanday bо‘lishi xakidagi tasavvur, unga erishish boskichlari va uslublar.
Asosiy tamoyili - boshqaruvchi va boshqariluvchi subyektlarni muvofiqlashtirish.
• Nazorat etish funksiyasi:
Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta’minlovchi manbalar va resurslar haqidagi ma’lumotlarni saklash, boshqaruvning ta’sirchanligi haqidagi axborotlarga ega bо‘lish. Nazoratning asosi — xisob-kitob hamda nazorat jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.
• Siyosiy-xukukiy funksiya:
Tashkilot xodimlarining jamiyatda qabul qilingan qonun va huquqlar doirasida faoliyat yuritishlarini nazorat etadi va ta’minlaydi.
• Ijtimoiy funksiya:
Ijtimoiy xodisalar (turli kasb faoliyati va ularga xaq tulash tafovutlari, ijtimoiy adolatni tatbiq etish, ijtimoiy ximoyaga muxtoj xodimlarning mavjudligi.
• Rag’batlantirish funksiyasi:
Ijro harakatlari meyorda o’tishini ta’minlashdan iborat bо‘lib, moddiy va ma’naviy ragbatlantirish vositalarini uz ichiga oladi. Boshqaruv maksadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chikaradi va Boshqaruv psixologiyasi aynan shu munosabatlar tarkibini o’rganadi.
Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. Kо‘rib o’tganimizdek boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub’yekti va obyekti о‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimning tashkiliy kismlari uzaro itoatdaligi bilan harakterlanadi.
Tizim ichida amal kiluvchi itoat tamoyili boshqaruv fanida subordinatsiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi.
Boshqaruvdagi subordinatsiya va kordinatsiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug’diradi. Demak vertikal aloqalar o’zaro itoatdagi xodimlar о‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bо‘lsa, gorizontal alokalar o’zaro koordinatsiyani, ya’ni tizimning teng va mustaqil qismlari о‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari uzining rasmiy va norasmiy kо‘rinishiga ham ega.
Tashkilot personaliga ta’sir etish uslublarini uch guruxga bо‘lamiz: ma’muriy, moddiy va ma’naviy shakllarda ta’sir etish. Bularning har birida ma’lum psixologik mazmun namoyon bо‘ladi va boshqaruv psixologiyasi fan sifatida bu choralarning xodimga ta’sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
Bunday ta’sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg’otish masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Boshqaruv obyektiga ta’sir etish uslublariga kо‘ra, uning bevosita va bilvosita ta’sir shakllari ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |