BoshQarishga yondoshishlar.
BoshQarishga yuQorida ko’rib chiQilgan to’rt maktab nuQtai-nazaridan tashQari tizimli, jarayonli va vaziyatli yondoshishlar ham mavjud. Menejmentga tizimli yondoshishning mohiyati - boshQarilayotgan obhektni murakkab ijtimoiy-iQtisodiy, o’zgaruvchan (dinamik) tizim sifatida ko’rishni va unga tahsir etuvchi muhit omillarini tadQiQ etishni taQozo etadi.Bu tizimning tarkibidagi har bir elementning xususiyati, ularning o’zaro boG’liQliklari va munosabatlarini hisobga olgan holda, ularni muvofiQlashtirib, maQsadga muvofiQ harakatlanishini tahminlash ko’zda tutiladi.Har Qanday murakkab tizimni undan ham kattaroQ tizimning elementi sifatida ko’rish mumkin, shuning bilan birga, uni tarkibiy Qismlar-elementlarga va kichik tizimlarga bo’lib o’rganish mumkin.
BoshQarishda tizimli yondoshishning Qo’llanilishi maQsadlarni aniQ Qo’yishga, bajariladigan ishlar ko’lamini aniQlashga, tizim doirasida boshQaruv poG’onalari va mashuliyat ni to’G’ri shakllantirishga yordam beradi. Tizimli yondoshish boshQaruvning barcha poG’onadagi rahbarlari uchun zarur, chunki asosiy maQsadni shakllantirish va unga erishish uchun tizimning barcha elementlarining maQsadlarini uyG’unlashtirish talab Qilinadi.
Tizimli yondoshuv kuchli dastak sifatida menejmentning harakatchanroQ, ratsional va samaraliroQ tizimlarini shakllantirish imkonini beradi. Menejerlarning tizimli yondoshuv uslubiyatini o’rganishi, ularning kasbiy tayyorgarligining muhim jihatini tashkil etadi. Ichki va tashQi ajratish nafaQat Qaror Qabul Qilishda vaziyat haQida axborotlarni kengaytiradi, balki menejment funksiyalarini bajarishning turli darajalaridagi rahbarlar va menejerlar, funksional bo’linmalar o’rtasida to’G’riroQ taQsimlash imkonini beradi.
BoshQarishga jarayonli yondoshishning mohiyati - boshQarishni bir-biriga boG’liQ bo’lgan boshQaruv vazifalari - funksiyalarining bajarilishining uzluksiz jarayoni sifatida ko’rishdan iborat. Bunda har bir vazifaning bajarilishi vaQt bilan chegaralanmaganligi va har doim Qaytarilib turishini hisobga olish zarur. Yahni, boshQaruv - vaQt davomida to’xtovsiz bajariladigan boshQaruv vazifalarini mantiQiy ketma-ketligidan iborat jarayondir.
BoshQarishga vaziyatli yondoshish boshQaruvning turli usul va vositalaridan vaziyatga Qarab foydalanishni nazarda tutadi. Bunda ushbu vaziyatga ichki va tashQi o’zgaruvchilarning tahsiri hamda mavjud holat hisobga olinadi. BoshQacha Qilib aytganda, boshQarishda universal, 100 foizga muvaffaQiyatni kafolatlaydigan usul va vositalar yo’Q, chunki hammasining Qo’llanilishi aniQ vaziyatga boG’liQ.
Do'stlaringiz bilan baham: |