Boshqaruv nazariyasi
Boshqarish fan sifatida shakllanishidan ilgari ham odamlar boshqaruv faoliyati bilan shug’ullanganlar va biz bu davrni boshqarish amaliyoti davri deb ataymiz. Boshqarish amaliyoti tashkilotlar paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan va u juda qadimiydir. Qadimda juda ko’p muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar bo’lib, ular rasmiy tuzilish va boshqaruv pog’onalariga ega bo’lganlar. Lekin boshqarishning mohiyati va usullari hozirgi davrdagidan farq qilgan. Masalan, rahbar va bo’ysunuvchilar orasidagi nisbat ozroq bo’lib, o’rta bo’g’in rahbarlari soni kam bo’lgan, yuqori bo’g’in boshqaruvi aksariyat hollarda yakka shaxs tomonidan amalga oshirilgan. Bu davrdagi boshqarishning asosiy belgilari:
1) Rahbarlar vorislik bo’yicha tanlanganlar;
2) Boshqarish rahbarlar tomonidan buyruq va tazyiq o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilgan;
3) Boshqarish anhanalar, diniy va milliy urf-odatlar, sezgi (intuitsiya), rahbarlarning fehl-atvori kabi omillar asosida amalga oshirilgan;
4) Tashkilot uchun muhim bo’lgan boshqarish qarorlarini qabul qiluvchi odamlar kam bo’lgan;
5) Boshqarish faoliyatiga tegishli va tegishli bo’lmagan ishlar orasida nisbatan aniq chegaralar bo’lmagan;
6) Rahbarlar tashkilotlardan o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlagan holda, ko’proq boylik orttirish maqsadida yoki siyosiy hokimlikni kuchaytirish yo’lida foydalanganlar.
BoshQarishga fan sifatida, alohida faoliyat turi sifatida Qarashlar faQat XX asrga kelib shakllandi.
X1X asrning boshida ingliz iQtisodchisi R.Ouen insonlar orQali tashkilotlarning maQsadlariga erishish masalalarini o’rganishga ko’p vaQt sarfladi. U SHotlandiyada fabrika ochib, unda ishni o’z G’oyalari asosida tashkil Qildi. BiroQ uning G’oyalarini hech kim Quvvatlamadi. BoshQarishga QiziQish Angliyada boshlangan sanoat inQilobi davrida kuchaydi, lekin boshQaruv tashkilotning rivoji va muvaffaQiyatiga muhim hissa Qo’shishi mumkinligi, hamda uni tizimli o’rganish zarurligi haQidagi G’oya Amerikada paydo bo’lgan.
Ishlab chiQarishni boshQarish fanining asoschisi amerikalik muhandis F.Teylor hisoblanadi. U boshQaruv asoslaridan bir Qator asarlar: "Korxonani boshQarish" (1910y.), "BoshQaruvni ilmiy asosda tashkil Qilishning printsip va usullari" (1911y.) kabilarni yaratgan. Hozirgi davrga kelib "Menejment" fan sifatida, faoliyat turi sifatida va boshQaruv sanhati sifatida juda rivojlanib bormoQda. BoshQarishning omillari, vazifalari, chegaralari, texnologiyasi va boshQa jihatlari chuQur o’rganilib, rivojlantirilmoQda.Menejment bilan shuG’ullanuvchi mutaxassislar tayyorlanmoQda. Bu esa boshQaruv nazariyasi va amaliyotini yanada rivojlanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |