9. Axborotlarni o’lchash. Xo’jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun moliyaviy hisobda faqat qiymat o’lchovi qo’llaniladi va so’mlarda ifoda etiladi. Boshqaruv hisobida esa hisob o’lchovlarining moddiy, mehnat va qiymat kabi barcha turlaridan foydalaniladi. 10. Hisobot tuzishning davriyligi. Moliyaviy hisobot qat’iy belgilangan muddatlarda tuziladi hamda taqdim etiladi. Boshqaruv hisobida hisobot har kuni, har hafta va h.k. muddatlarda tuzilishi mumkin. Hisobotlarni taqdim etish muddati korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi. Muhimi, hisobot iste’molchilarga foydali bo’lishi va o’z vaqtida taqdim etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |