Boshqaruv hisobi


-§. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari



Download 1,19 Mb.
bet136/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

2-§. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari


Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish barcha sohalar kabi mamlakatning hisob tizimi, xususan uning tarkibiy qismi bo‘lgan boshqaruv hisobini ham takomillashtirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri mamlakatimiz miqyosida olib borilayotgan islohotlarning sur’atiga mos ravishda boshqaruv hisobi ham takomillashishi kerakligini vaqt o‘zi talab qilmoqda.


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarini boshqarish tizimi qanday tamoyillar asosiga qurilgan bo‘lishidan qat’iy nazar tegishli axborot ta’minoti tizimisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ularning faoliyatiga doir ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, tahlil qilish hamda qayta ishlab uni qulay va tezkor tartibda rahbarlarga yetkazishning eng asosiy vositalaridan biri va muhimi – bu boshqaruv hisobidir.
Umuman, buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri sanalgan – ma’lumotlar bilan ta’minlash vazifasining ahamiyati hozirgi kunda oshib borayotganligi sababli unga uyg‘un holatda boshqaruv hisobini ham takomillashtirib borish davr talabi ekanligi nafaqat nazariyachi olimlar, balki amaliyotchilar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.
Shuningdek, boshqaruv hisobining muhim vazifasi hisoblanadigan ma’lumot bilan ta’minlash vazifasining ahamiyati hozirgi kunda juda oshib borayotganligi, mavjud hisob tizimi esa bu vazifani qoniqarsiz darajada bajarayotganligi va bu borada o‘zgartirishlar qilish hamda buxgalteriya hisobini bozor iqtisodi talablariga mos qilib takomillashtirib borish davr talabi ekanligi e’tirof etilmoqda.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishida bir narsaga alohida e’tiborni qaratish lozim, u ham bo‘lsa, boshqaruv hisobini bozor iqtisodi talablari asosida takomillashtirish faqatgina hisob ma’lumotlari doirasining mazmunini, maqsadga muvofiqligini, muddatini, uni va ishlov berishga ketadigan xarajatlarini va boshqaruv obyektlarini aks
ettirish usullarini kengaytirish asosida bo‘lmoqligi kerak. Chunki, bu narsa hisob ishlarini hajmining o‘zini oqlamagan darajada ortishi va buning oqibatida boshqaruv tizimining unga bo‘lgan qiziqishi kamayishi hamda uning yuritilishi samara bermasligi va aksincha, pirovard natijada salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Boshqaruv hisobi ishlab chiqarishning boshqaruv tizimida faqatgina boshqaruv obyektlari hamda ma’lumot berish manbai bo‘lib qolmasdan, balki uning holati ustidan tezkor ravishda nazorat qilish vositasi ham hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, subyektlarda olinayotgan barcha ma’lumotlarning 40-50 foizi keraksiz, shu bilan birga, boshqaruvning tezkor va xolis ma’lumotiga bo‘lgan ehtiyoji 50 foizga qondirilmas ekan1.
Keltirilayotgan ana shu ma’lumotlarning o‘ziyoq hisob tizimi berayotgan ma’lumotlarning katta bir qismi hech kimga kerak bo‘lmagan ma’lumotlardan iborat ekanligini, qolganlari esa talab qilinayotgan vaqtda emas aksincha, kechikib borayotganligini aniq va ravshan tarzda ko‘rsatib turibdi.
Ko‘rinib turibdiki, boshqaruv hisobini xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining ehtiyojini zarur va tezkor ma’lumotlar bilan uzluksiz tarzda qondirishga aylantirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan aniq va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda buxgalteriya hisobining tezkorlik darajasi yuqori emas va ishlab chiqarishning borishi haqidagi ma’lumotlarni boshqaruv hisobi mas’ul rahbarlarga tezlikda yetkazib bera olmaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobining ko‘p ma’lumotlari hisobot davri tamom bo‘lgandan keyingina olinadi. Bu ma’lumotlardan faqat keyingi ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanish mumkin. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining tezkorligini ta’minlash hozirgi

1 Бобожонов О., Жуманиёзов К. “Бошқарув ҳисоби” дарслик. – Т., ТДИУ, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Адабиёт жамғармаси нашриёти, 2005 й., 368 б., 29-бет.


davrda ishlab chiqarish jarayonini boshqarishning asosiy talablaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotidagi buxgalteriya hisobining dastlabki hujjatlarida juda ko‘p ko‘rsatkichlar bir necha marta takrorlanadi. Shuning uchun birlamchi hujjatlarning shakllarini ishlab chiqishda va ularda aks ettirilgan ma’lumotlarni hisobga olishda bir xil ko‘rsatkichlarning keyingi bosqichdagi umumlashtiruvchi hujjatlarda qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
Amaliyot ko‘rsatadiki, birlamchi hujjatlardagi ko‘rsatkichlarning ko‘plari doimiy ma’lumotlar bo‘lib, ular shu kabi, hujjatlarning har birida aks ettiriladi. Ana shunday ma’lumotlarning birlamchi hujjatlarda bir marta va samarali tarzda aks ettirilishini ham ilmiy va amaliy jihatdan ijobiy yechish zarur bo‘ladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida faqatgina boshqaruv hisobini takomillashtirish bilan cheklanmasdan, uni tashkil qilish va yuritish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarining malakasini oshirishga ham alohida e’tiborni qaratish kerak. Buxgalteriya xodimlarining bozor iqtisodi sharoitida subyektlarning kuchli raqobat kurashi davrida samarali faoliyat ko‘rsatishi ko‘p jihatdan ularning ish yuritish va malakaviy darajasiga bog‘liq ekanligini to‘la his etishlari zarur. Shuningdek, ular biznes tarkibini o‘zgartirish, investitsiya loyihalari bo‘yicha asosli ma’lumotlar bazasini shakllantira olish, bir necha variantlar orasidan eng optimallarini topish uchun modellashtirish va logistika asoslari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, pul oqimlarini prognoz qila olishlari, baho siyosatini yaxshi tushunishlari va transfert baholarni shakllantirishni yaxshi bilishlari, segmentlar bo‘yicha xarajat va daromad hisobini tashkil qilishga innovatsion yondasha olishlari va shu kabi bozorning o‘ziga xos xususiyatlarining subyekt faoliyatiga ta’sirini doimo e’tiborga olishlari, tahlil qilib borishlari va baholashlari kerak bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi xizmati zimmasiga subyektning o‘zida yetarli miqdorda sarmoya to‘plashni ta’minlash, ularni o‘rinli ishlatishga erishish, xarajatlar miqdorini optimallashtirish, uning o‘zgarishi ustidan tizimli nazoratni o‘rnatish, asosiy va aylanma mablag‘lardan yuqori samara olish kabi javobgarlik yuklanmoqda. Buxgalteriya xodimlari moliyaviy faoliyat bo‘yicha ichki boshqaruvning samarali usullarini egallashlari lozim. Shu bilan birga subyektning ko‘zlangan foydaga erishish va kelgusida samarali faoliyat ko‘rsatishining zaruriy shartlaridan eng muhimlari sanaladigan pul oqimi bilan bog‘liq munosabatlarni, majburiyat va kredit jarayonlarini nazorat qilish va tartibga solib turish, zaxiralarni doimiy ravishda boshqarib turish ko‘nikmalarini yaxshi bilishlari kerak.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida boshqaruv hisobining
oldida yanada muhim vazifalar, xususan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning tezkorlik va tahliliy xususiyatlarini oshirish, qisqa va uzoq muddatli strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarrur bo‘ladigan ma’lumotlarni nafaqat yetkazib berish, balki ularni istiqbolli prognozlash kabi vazifalar turibdi. Boshqaruv hisobi bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etish, marketing, makroiqtisodiyot, moliya, soliqlar va soliqqa tortish, matematik dasturlash, informatika, kibernetika, psixologiya, xo‘jalik faoliyatining tahlili, iqtisodiy, tadbirkorlik, etika va estetika, jarayonlar tadqiqoti va boshqa fanlar bilan o‘zaro hamkorligini
kuchaytirish talab etiladi.
Bozor iqtisodiga o‘tish buxgalteriya hisobi xizmatining tashkiliy tuzilishini ham tubdan o‘zgartirishni taqozo etmoqda. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobi sohasida uzoq davr mobaynida yuzaga keltirilgan mavjud imkoniyatdan butunlay voz kechib bo‘lmaydi.
Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bozor iqtisodi talablariga mos keladigan buxgalteriya hisobini tashkil qilishning aniq bir kompleks
dasturini ishlab chiqish va uning tatbiq etilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitni yaratish masalasidir.
Mavjud buxgalteriya hisobi va hisobotining barcha qoidalarini ularning obyektlaridan boshlab to umumlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etish shakligacha uslubiy taftishdan o‘tkazish zarur.
Istiqbolda buxgalteriya hisobini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqarish maqsadida bozor iqtisodi sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi tajribalarini o‘rganish va mahalliy shart-sharoitni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobining tashkiliy asoslari va uslubiyotining samarali variantlarini yaratish lozim. Bunda nafaqat bizning mamlakatimizdagi sharoitlarga javob beradigan, balki xorijiy davlatlardagi buxgalteriya hisobini va hisobotini tashkil etish tamoyillariga mos keladigan hisob va hisobot tizimini yaratishga harakat qilish kerak.
Ayni paytda esa mamlakatimizda buxgalteriya hisobining ajralmas bir qismi bo‘lgan ichki boshqaruv vazifalarini hal qilishga mo‘ljallangan boshqaruv hisobini samarali tarzda tashkil qilish va uni rivojlantirish borasida tadqiqotlarni izchillik bilan olib borish kerak.
Aksariyat rivojlangan demokratik davlatlar tomonidan uzoq vaqtdan beri samarali qo‘llanilib kelinayotgan “Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” modeli asosida boshqaruv hisobini milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga mos tizimni yaratish obyektiv zaruriyatga aylanib bormoqda. Ushbu holatlar va shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda keyingi yillarda shu borada tizimli ishlar amalga oshirilib, aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Xususan, 1996-yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonun” 2016-yilda yangi tahrirda qayta qabul qilindi, 1999-yilda tasdiqlangan “Nizom” va 1998–2000-yillarda ishlab chiqilgan va Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan Milliy standartlarning amaliyotga tatbiqi samarasi oshirilmoqda.
Aynan shu masaladagi rivojlangan demokratik davlatlarning
tajribasini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish iqtisodiyotni modernizatsiyalash
jarayonlarining boshlanishi bilan yanada oshdi va uni keng tarzda o‘rganish boshlandi. Bunga mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarning keng ko‘lamda jalb qilinayotganligi ham sabab bo‘ldi. Xorijiy sarmoyaning kirib kelishi iqtisodiyotimizda ikki xil hisobning yuritilishiga olib keldi va ishlab chiqarishni qismlarga ajratilgan keng analitik buxgalteriya hisobi ma’lumotlarisiz boshqarish mumkin emasligini isbotladi. Mavjud buxgalteriya hisobi esa bunday ma’lumotlarni bermaydi.
Chet ellik hamkorlarning faoliyati shuni yaqqol ko‘rsatmoqdaki, bizning xo‘jalik yurituvchi subyektlarimizga yaxshi tanish bo‘lgan qat’iy nizom va tartib asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobidan tashqari, bozordagi kuchli raqobat sharoitida subyektlarni samarali boshqarishning muhim quroli hisoblanadigan boshqaruv hisobi ham zaruriy hisob tizimi qismidir. Bu narsa bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida buxgalteriya hisobiga bo‘lgan qarashlarni tubdan o‘zgartirish kerakligini anglatmoqda.
Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida sinish xavfining kuchayishi raqobat kurashining avj olishi juda ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muammolarning qay darajada hal qilinish ko‘p jihatdan subyektlarning kelgusidagi taqdirini belgilab beradi. Qarorlar qabul qilish jarayonining juda qiyinlashib borishi sharoitida javobgarlik ham ma’lum bir darajada oshdi. Hattoki, unchalik kata bo‘lmagan boshqaruv holatlari subyekt uchun kata zarar keltirishi mumkin.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobini alohida yuritishlari mumkin, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarini schyotlarining umumiy tizimidan ajratib olgan holda yuritib, shu bilan G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan ishlab chiqarish va moliyaviy buxgalteriya hisobiga o‘tish mumkin. Natijada, ishlab chiqarish hisobi bilan moliyaviy hisoblarni tashkiliy jihatdan ajratish mumkin bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda tashkiliy jihatdan boshqaruv hisobini ham samarali tarzda tashkil qilish va yuritish imkoniyati yaratiladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uning me’yoriy- huquqiy bazasini rivojlantirishga bevosita bog‘liq1.
Mamlakatimiz qonunchiligida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil etish hamda yuritishning ayrim jihatlarini belgilab beradigan me’yoriy-xuquqiy hujjatlar mavjud.
Jumladan, «Buxgalteriya hisobi» to‘g‘risidagi Qonunning 7- moddasiga binoan, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni xo‘jalik yurituvchi subyekt, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. Shuningdek, rahbar ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini ta’minlashi shart. Bu holat esa xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil etish va uni yuritish tartibini belgilashga xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari javobgar ekanligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da ishlab chiqarish va davr xarajatlarining tarkibi, tasniflanishi hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi ko‘rsatib berilgan. Unga muvofiq, barcha xarajatlar quyidagi tartibda guruhlanadi:

  • mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;

  • ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, lekin davr xarajatlari tarkibiga kiritiladigan xarajatlar;

  • 9600 - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar» schetlarida hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar;

  • 9720 - «Favquloddagi zararlar» schetida hisobga olinadigan favquloddagi zararlar.

1 Амалий бошқарув ҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К.Ибрагимов, Б.А.Хасанов, Н.К.Ризаев – Т.: “Молия”, 2014. – 404-б., 358-360 бетлар.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish