Yf = T - ICht,
bu yerda, Yf – foyda markazining yalpi foydasi, so‘m.;
T – foyda markazining sotuvdan kirim qilgan tushumi miqdori (tashqi haridorlarga, shuningdek ichki iste’molchilar, ya’ni segmentlarga chiqarilgan tovarlar bo‘yicha tushum ham), so‘m;
ICht – foyda markazi tomonidan sotilgan tovarlarning (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi (bu ko‘rsatkich to‘g‘ri material xarajatlari, mehnat haqi xarajatlari hamda shu foyda markazi faoliyatiga olib borilgan egri xarajatlar miqdoridan iborat bo‘ladi), so‘m.
Mana shunday yondashuv asosida tuzilgan alohida hududiy segmentlarning hisoboti quyidagi 12-jadval ko‘rinishiga ega bo‘ladi:
jadval
“Rohat” muzqaymoq fabrikasining
foyda markazlari faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti,
(ming pul birligida)
T
.r
.
|
Ko‘rsatkichla r
|
Jami yil boshidan
|
Toshkent bo‘limi
|
1-Filial
|
2-Filial
|
Fabrika bo‘yicha jami
|
|
|
Reja
|
Og‘ish
|
Reja
|
Og‘ish
|
Reja
|
Og‘ish
|
Reja
|
Og‘ish
|
1
|
Tovarlar sotishdan tushgan
tushum
|
1 143
|
94 (B)
|
773,0
|
57,0 (B)
|
532,2
|
7,8 (B)
|
2 448,2
|
158,8 (B)
|
2
|
Sotilgan tovarlarning ishlab chiqarish
tannarxi
|
625,5
|
19,5 (N)
|
497,6
|
34,4 (N)
|
319,1
|
- 0,05
(B)
|
1 441,5
|
54,5 (N)
|
3
|
Yalpi foyda
|
517,5
|
74,5 (B)
|
275,4
|
22,6
(B)
|
213,1
|
7,75
(B)
|
1 006,7
|
104,3 (B)
|
4
|
Fabrikaning operatsion
xarajatlari
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
200,0
|
5,0 (N)
|
5
|
Fabrikaning operatsion
foydasi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
806,7
|
99,3 (B)
|
Xuddi mana shu hisobotni quyidagi 13-jadval ko‘rinishidagi boshqa shaklda ham tuzish mumkin.
jadval
“Rohat” muzqaymoq fabrikasining foyda markazlari faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti, (ming pul birligida)
T.r.
|
Ko‘rsatkichlar
|
Segmentlar bo‘yicha
yil boshidan haqiqatda
|
Fabrika bo‘yicha jami
|
Toshkent
bo‘limi
|
1-Filial
|
2-Filial
|
1
|
Tovarlarni sotishdan tushgan
tushum
|
1 237
|
830
|
540,0
|
2 607,0
|
2
|
Sotilgan tovarlarning ishlab
chiqarish tannarxi
|
645
|
532
|
264,5
|
1 441,5
|
3
|
Yalpi foyda
|
592
|
298
|
275,5
|
1 165,5
|
4
|
Fabrikaning operatsion xarajatlari
|
-
|
-
|
-
|
205
|
5
|
Fabrikaning operatsion foydasi
|
-
|
-
|
-
|
960,5
|
Amaliyotda shu tarzda hisobotlarni shakllantirish eng samarali yondashuv hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda aynan mana shu foyda markazlari bo‘yicha hisobotlarni tuzishga yanada chuqurlashgan holda yondashish ham mumkin. U holda yana ham yangi imkoniyatlar ochiladi, ko‘zga ko‘rinmagan yangi omillar ta’siri hisoblab topiladi va pirovard natijada yanada samaraliroq boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun iqtisodiy jihatdan asoslangan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
4-§. Segmentar hisobotni tuzish bosqichlari va uning vazifalari
Segmentar hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyektning biznes segmentidagi alohida qismlar (ma’suliyat markazlari) bo‘yicha tuzilgan hisobotga aytiladi.
Segmentar hisobotining funksiyalari quyidagilar:
tashkiliy qismlarning faoliyatini nazorat qilish va ularni boshqaradigan menejerlarning ish sifatini baholash;
tashkiliy qism faoliyatlarini rejalashtirish va nazorat qilish uchun rahbarlar tomonidan asosli boshqaruv qarorlari qabul qilish.
Segmentar hisobot – segmentar hisobot ichiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy qismlari ichki faoliyati to‘g‘risida yig‘ilgan axborotlar asosida tashkil etiladi. Segmentar hisobot mazmun va mohiyatiga ko‘ra boshqaruv hisobotining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi hamda moliyaviy hisobot bilan birgalikda parallel ravishda olib borilishi kerak.
Segmentar hisobotning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi hujjatlar aylanmasi mukamallashuviga, mas’uliyat markazlari faoliyati ko‘rsatkichlarining optimallashuviga, xo‘jalik yurituvchi subyektining foydasi o‘sishiga olib keladi.
Segmentar hisobot tizimini shakllantirishda va hisobotni amalga oshirishda quyidagilarni inobatga olish zarur:
tizim faoliyatini ta’minlashda sarf qilinadigan xarajatlar olinadigan foyda nisbatidan kam bo‘lishi;
tizim axborotlarning konfedensialligini ta’minlashi kerak;
tizim universal va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Segmentar hisobot tizimini tashkil etishning asosiy shartlari bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarining mas’uliyat markazlariga bo‘linishidir.
Mas’uliyat markazlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tashkiliy qismi hisoblanib, ularni boshqaradigan rahbar (menejer), biznesning ushbu segmentiga kiritiladigan sarmoya, sarf-xarajat, daromad va mablag‘larni nazorat qilib boradi.
Mas’uliyat markazlari ish faoliyati sifati ularning samaradorligi va natijaviyligiga bog‘liq. Natijaviylik deganda, segment tomonidan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish darajasini anglatadi (kutilgan natijalarga erishish darajasi hamda ushbu natija xo‘jalik yurituvchi subyekti maqsadiga qanchalik mos kelishi).
Samaradorlik deganda, segment tomonidan belgilangan ish hajmini amalga oshirishda ishlab chiqaruvchi resurslardan minimal holatda foydalanish yoki maksimal ish hajmini amalga oshirishda belgilangan miqdordagi resurlardan foydalanish.
Mas’uliyat markazlari faoliyatini tashkil qilishga yondashuvning ko‘plab turlari mavjud bo‘lsada, amaliyotda asosan to‘rt xil ko‘rinishdagi mas’uliyat markazlari mavjud:
Xarajat markazi.
Daromad markazi.
Foyda markazi.
Sarmoya (investitsiya) markazi.
Ushbu klassifikatsiya negizida rahbarlarning moliyaviy mas’ullik mezonlari yotadi.
Xarajat markazi – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning segmenti bo‘lib, uning rahbari, ya’ni shu segment menejeri ishlab chiqarishga ketadigan sarf-xarajatlar uchun javobgardir, ya’ni, boshqa markaz rahbarlariga nisbatan boshqaruvdagi mas’uliyati cheklangan. Ushbu holatda, ya’ni mas’uliyat markazini tashkil etishda segmentar hisobot tizimi faqat sarf-xarajatlarni aniqlaydi va hisobga oladi. Mas’uliyat markazi faoliyati natijalari (ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) hisobga olinmaydi, chunki ko‘p hollarda bu natijalarni o‘lchab bo‘lmaydi yoki ularni o‘lchashga hojat yo‘q.
Xarajat markazlari turli xil o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin. Yirik xarajat markazlari yanada kichik xarajat markazlariga bo‘linishi mumkin. Xarajatlarni ana shunday kichik markazlarga taqsimlashtirish darajasi rahbariyat tomonidan menejerga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq.
Daromad markazi – bu ham mas’uliyat markazining bir tashkiliy turi bo‘lib, uning menejeri faqat daromad olish yuzasidan mas’uldir, sarf-xarajatlar uchun esa hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Markaz rahbari faoliyati olingan daromad asosida baholanadi, shuning uchun ushbu holatda segmentar hisobotning vazifasi markaz faoliyati yakuniy natijalarini belgilashdan iborat.
Foyda markazi – xo‘jalik yurituvchi subyekt segmenti bo‘lib, rahbari bir vaqtda o‘zining tashkiliy qismidagi daromad uchun ham, shuningdek sarf-xarajatlar uchun ham javob beradi. Markaz menejeri iste’mol qilinadigan resurslar miqdori va kutilayotgan tushum miqdoriga qarab qaror qabul qiladi. Olingan foyda miqdoriga qarab markaz faoliyati mezonlari belgilanadi. Shuning uchun segmentar hisobot segment faoliyatiga kirishdagi xarajatlar miqdori, segment ichida qilinadigan ichki sarf-xarajatlar va oxirgi yakuniy natijani o‘z ichiga olishi kerak. Mas’ullik markazi foydasi segmentar hisobot tizimida turlicha hisob-kitob qilinishi mumkin. Ba’zan hisobotda to‘g‘ri ya’ni bevosita xarajatlar, boshqa paytlarda esa egri, ya’ni bilvosta xarajatlar qatnashadilar.
Sarmoya markazi – xo‘jalik yurituvchi subyekt segmenti bo‘lib, ularni menejerlari nafaqat sarf-xarajat va daromadlarini nazorat qiladilar, balki sarflangan mablag‘ va sarmoyalarning samaradorligini ham kuzatib boradilar.
Sarmoya (investitsiya) markazi rahbari yuqorida aytib o‘tilgan rahbarlarga nisbatan boshqaruvda ko‘p vazifa va huquqlarga ega bo‘lgani sababli, qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan juda katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xususan, ularga sarmoyalar yuzasidan shaxsiy qaror qabul qilish, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati tomonidan ajratilgan mablag‘larni alohida loyihalar bo‘yicha taqsimlash huquqi berilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |