Boshqaruv hisobi


b) Muammolar va vazifalar



Download 1,19 Mb.
bet63/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

b) Muammolar va vazifalar


  1. masala

Turli usullardan foydalanib, baholarni belgilash
“BNM” xo‘jalik yurituvchi subyekti uch turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi: paypoqchalar; maykalar va ko‘ylaklar. Har bir mahsulot turini
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar mavjud (1-jadval):
1-jadval




Sarf-xarajatlar

Jami

Paypoqchalar

Maykalar

Ko‘ylak- chalar

1

Materiallar:
















Xomashyo

137 000

62 500

29 000

45 500




Qo‘shimcha materiallar

5 250

2 500

1 000

1 750




Yordamchi materiallar

9 250

3 750

2 000

3 500




Rang-bo‘yoqlar

70 500

30 000

16 000

24 500

2

Mehnat xarajatlari
















Shtampalash

53 750

22 500

12 000

19 250




Payvandlash

94 000

42 500

20 000

31 500




Rang berish

107 500

45 000

24 000

38 500




Terish-yig‘ish

44 250

17 500

11 000

15 750

3

Bilvosita mehnat xarajati

173 000

77 500

36 000

59 500

4

Bevosita qo‘shimcha sarflar

30 000

12 500

7 000

10 500




O‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari

90 500


40 000


19 000


31 500





Doimiy ishlab chiqarish
xarajatlari

120 000


45%


25%


30%


5

Tijorat xarajatlari

105 000

40%

20%

40%




Marketing bo‘yicha
o‘zgaruvchan xarajatlar

123 000


55 000


26 000


42 000





Marketing bo‘yicha doimiy
xarajatlar

85 400


40%


25%


35%


6

Ma’muriy boshqaruv xarajatlari

47 600


40%


25%


35%


Xo‘jalik yurituvchi subyekt har bir mahsulot turidan eng kamida xarajatlar miqdoriga nisbatan 30% hajmida foyda olishni rejalashtirgan.


Sotish hajmi quyidagicha belgilangan:

  • paypoqchalardan - 50 000 dona;

  • maykalardan - 20 000 dona;

  • ko‘ylaklardan - 35 000 dona.

Zaxira hajmi o‘zgarmasdan qoladi.
Talab qilinadi:
Quyidagi usullardan foydalanib, har bir mahsulot turining sotish bahosini aniqlash lozim:

  1. yalpi foyda;

  2. sotuv rentabelligi.




      1. masala

Bir necha cheklovchi omillar ta’sirida ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning eng optimal miqdorini aniqlashda, “xarajatlar - plus” usuli bo‘yicha baholarni belgilash.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ikki turdagi bolalar mahsulotini ishlab chiqarmoqda - ko‘ylakcha va kostyum. O‘tgan hisobot yilida xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu ikki xil mahsulot ishlab chiqarish va ularni sotishdan 700 ming p.b. foyda olgan. Ayni paytda xo‘jalik yurituvchi subyekt mutaxassislari kelgusi yil uchun reja ko‘rsatkichlarini shakllantirmoqda. Quyidagi jadvalda ana shu rejalashtirilayotgan relevantli ko‘rsatkichlardan ayrimlari keltirilgan:


O‘tgan yil bo‘yicha haqiqiy erishilgan ko‘rsatkichlar jadvali




Ma’lumotlar



Ishlab chiqarilgan va
sotilgan mahsulotlar bo‘yicha:

ko‘ylakcha

kostyum

1

Ishlab chiqarilgan va sotilgan,
donada

50 000


110 000


2

Har bir dona mahsulotning
umumishlab chiqarish xarajatlari, ming p.b.da

45


90














3

Har bir dona mahsulotning sotish
bahosi, ming p.b.da

56


112


4

Har bir dona mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish vaqti, soatda

2


1


5

Mahsulotlarning maksimal bozor
sig‘imi, donada

75 000


130 000


Xo‘jalik yurituvchi subyektning ana shu davrdagi shartli doimiy xarajatlari miqdori 1500 ming p.b.ni tashkil qilgan hamda mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlarga sarflangan vaqtga nisbatan proporsional tarzda taqsimlangan.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni maqsad qilgan. Buning uchun esa mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal tarzda foydalanish va mahsulotlarga baho belgilashning boshqa usullaridan foydalanmoqchi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining talablaridan kelib chiqqan holda marketing bo‘limi mutaxassislari, ishlab chiqarish quvvatlarini kelgusi yilda oshirish imkoniyatlari va bozordagi talab- taklif holatidan kelib chiqqan holda bahoni belgilash bo‘yicha yana quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi:

  1. Bozordagi talab qo‘shimcha tarzda ko‘ylakchalardan yana 25 ming dona, kostyumlardan 20 ming dona ishlab chiqarish va sotish imkonini yaratadi.

  2. Mahsulot turlari bo‘yicha baho diapozoni: ko‘ylakchalar uchun – 56-60, kostyum uchun – 85-100.

  3. Shartli doimiy xarajatlar miqdori kelgusi yilda o‘zgarmaydi.

Rahbar uchun quyidagilarni hisoblab bering:

  1. Kelgusi yilda xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun maksimal tarzda foyda olish imkonini beradigan ishlab chiqarish rejasini;

  2. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektdagi baho belgilash usulini tavsiflab bering. Xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulotlari uchun kelgusi yilda baho qanchani tashkil qilishi maqsadga muvofiq?.

      1. masala

Bozordagi “talab va taklif”dan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan va sotishga mo‘ljallangan mahsulotldarga eng past va eng optimal baholarni belgilash.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt konditsionerlar ishlab chiqarmoqda.
Ayni paytda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari o‘z mahsulotlarining doimiy va asosiy xaridori bilan yanada munosabatlarini mustahkamlash maqsadida bahoni yanada pasaytirishni reja qilmoqda.
Har bir konditsionerning komponentlari jami 3 ta tsexda ishlab chiqiladi va 4-yig‘uv tsexida tayyor mahsulot holiga keltiriladi.
Doimiy va asosiy xaridor har yili xo‘jalik yurituvchi subyektdan 350 dona konditsioner sotib oladi.
Quyidagi jadvalda ana shu ishlab chiqarilayotgan konditsionerlar bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlar keltirilgan:

O‘tgan yil bo‘yicha haqiqiy erishilgan ko‘rsatkichlar jadvali


(ming p.b.da)






Ma’lumotlar

Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar hajmi – 350 dona

1-tsex

2-tsex

3-tsex

4-tsex

1

Materiallar va ehtiyot qismlar, bir
donaga

52,0


33,0


1,0


5,0


2

Bevosita mehnat xarajatlari, bir
donaga

3,5


2,8


1,5


2,1


3

Boshqa o‘zgaruvchan - qo‘shilgan
xarajatlar, bir donaga

1,1


1,7


2,5


0,7


4

Boshqa doimiy - qo‘shilgan
xarajatlar, bir donaga

5,0


4.0


2,8


1,6





Jami

61.6

41,5

7,8

9,4




350 dona konditsionerni har bir
tsexda sinab ko‘rish va to‘liq tayyor holga keltirish

18,0


11,0


7,0







Rahbar uchun quyidagilarni hisoblab bering:

  1. Kelgusi yilda yana 350 dona mahsulot ishlab chiqarib, uni asosiy xaridorga eng past bo‘lgan qaysi bahoda sotish mumkinligini;

  2. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektda baho belgilashning qaysi usulidan foydalanish lozimligini

asoslab bering. Xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulotlari uchun kelgusi yilda baho qanchani tashkil qilishi maqsadga muvofiq?
v). Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari kelgusi yili yana bir yangi mahsulotni, ya’ni kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarib, uni bozorga taklif qilmoqchi.
Bu mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar qo‘shimcha tarzda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi: bir dona kir yuvish mashinasini ishlab chiqarish bo‘yicha shartli o‘zgaruvchan xarajatlar 42 ming p.b. va shartli doimiy xarajatlar 11 ming p.b..
Xo‘jalik yurituvchi subyektning marketing xizmati xodimlari bozorni o‘rganib, quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi:

Bir dona kir yuvish mashinasining sotish
bahosi, ming p.b.da

75,0


70,0


65,0


58,0


Bozordagi talab, donaga

10 000

12 500

14 800

20 000

Ayni paytda xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bir yilda 11 ming dona kir yuvish mashinasini ishlab chiqarish imkonini beradi. Lekin, shu bilan birga, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kir yuvish mashinasini ishlab chiqarmasdan sotib oladigan bo‘lsa, unga xaridordan quyidagi taklif mavjud: 10 ming donagacha sotib olsa, har bir donasini 50 ming p.b.dan, agar 11 ming donadan ko‘p sotib olsa, har bir donasini 47 ming p.b.dan.


Ana shu holatda xo‘jalik yurituvchi subyekt eng maksimal miqdorda foyda olish uchun qanday qaror qabul qilishi kerak?
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga ishlab chiqarish quvvatlaridan eng samarali foydalanish bo‘yicha aniq xulosa tayyorlab bering.

      1. masala

Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga “xarajatlar - plus” usulidan foydalanib sotish bahosini belgilash.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ikki xildagi baqqollik (konditer) mahsulotlarini ishlab chiqaradi, A va V. Ana shu ikki xil mahsulotlar
ikkita tsexda ishlab chiqilib, xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqa xil mahsulot ishlab chiqarmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda mahsulotlar zaxirasi yo‘q.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning yillik shartli doimiy xarajatlari miqdori (texnik xizmat ko‘rsatish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari bilan birgalikda) 18 mln. p.b.ga teng. Ana shu shartli doimiy xarajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari tannarxiga, ularning egallab turgan ishlab chiqarishdagi band bo‘lgan maydonlari miqdoriga qarab, proporsional tarzda taqsimlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan har ikki mahsulotga ham 25 foiz ustama qo‘yadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusi yil uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni xarajatlar smetasiga kiritmoqda:
a).

Ma’lumotlar

“A” mahsuloti

“V” mahsuloti

Ishlab chiqarish quvvati, kg

300 000

150 000

Xarajatlari

220 000

115 000

b).

Ma’lumotlar



“A”
mahsulotini ishlab chiqaruvchi tsex

“V”
mahsulotini ishlab chiqaruvchi tsex

Ombor


Texnik xizmat ko‘rsatis h bo‘limi (TXK)

Ma’muriy boshqaru v apparati (MBA)

1 Xarajatlar, mln. p.b.da:
















- materiallar

2,4

1,1

0,1

0,1




- boshqa
o‘zgaruvchan xarajatlar

1,1


0,8


0,2


0,3


0,3


- ombor

85

60










- TKX xarajatlari

70

40

30







- MBA xarajatlari

60

45

30

15




2 Maydoni, m2

900

700

350




250

Talab qilinadi:
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari uchun quyidagilarni: a). har bir mahsulot turining sotish bahosini hisoblab bering;
b). yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida hamda quyidagi takliflardan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish quvvatlaridan qay tarzda foydalanayotganligi va uning samarasini yanada oshirish bo‘yicha rahbarga har tomonlama asoslangan xulosa tayyorlang:

  • yangi xaridorlardan “V” mahsulotidan yiliga 3 000 kilogrammdan sotib olmoqchiligi to‘g‘risida, lekin, sotib olish bahosi xo‘jalik yurituvchi subyekt biznes rejasidagidan 5 foizga kam;

  • boshqa bir xaridorlardan aynan “V” mahsulotidan yiliga 40 ming kilogrammdan va xarid bahosini xo‘jalik yurituvchi subyektning ana shu “V” mahsulotini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish xarajatlari plus 10 foiz ustama miqdorida.




      1. masala

Tannarxni hisoblash va baholarni aniqlash
«AV» xo‘jalik yurituvchi subyekti ip kalavalarini ishlab chiqaradi.



Xo‘jalik yurituvchi subyektning yil davomidagi

faoliyati to‘g‘risida

quyidagicha ma’lumotlar mavjud:




- o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari

1 530 000

- doimiy ishlab chiqarish xarajatlari

540 000

- tijorat xarajatlari

360 000

- ma’muriy-boshqaruv xarajatlari

202 500

- ko‘zda tutilayotgan foyda miqdori

337 500

Shu yili xo‘jalik yurituvchi subyektning ip kalavalariga bo‘lgan talab 450 ming donani tashkil qilishi hisob-kitob qilingan.


Talab qilinadi:

  1. Bir dona mahsulotning loyihalashtirilayotgan tannarxini hisoblab toping.

  2. Quyidagi usullardan foydalanib, mahsulot bahosini hisoblab bering:

    1. yalpi foyda usuli;

    2. sotuv rentabelligi.




      1. masala Ko‘rsatilayotgan xizmat bahosini aniqlash

«VS» xo‘jalik yurituvchi subyekti yirik shoxli mollardagi kasalliklarni tekshirish va ularni emlash-davolash bilan shug‘ullanadi. Ana shunday tekshirishlar eng kamida bir yilda bir marta o‘tkazilishi lozim. Yil davomida sarf etilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:

- bevosita mehnat xarajatlari

425 000;

- o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari

350 000;

- doimiy ishlab chiqarish xarajatlari

237 500;

- marketing xarajatlari

162 500;

- ma’muriy-boshqaruv xarajatlari

137 500;

- ko‘zda tutilayotgan foyda miqdori

125 000;

- foydalanilayotgan aktivlar miqdori

781 250.

Shu yili xo‘jalik yurituvchi subyekt 125 ming bosh qoramolni tekshirishdan o‘tkazishlari va emlashlari mumkin. Aktivlarning o‘rtacha rentabelligi – 16 foiz.


Talab qilinadi:

  1. Bir dona qoramolni tekshirish-emlash xarajatlari tannarxini hisoblab bering.

  2. Quyidagi usullardan foydalanib, tekshirish-emlash bahosini hisoblab bering:

    1. yalpi foyda usuli;

    2. sotuv rentabelligi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish