Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet62/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

6. a) Test savollari





  1. Transfert baholash tizimining asosi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ish yoki ko‘rsatilayotgan xizmat birligiga baho belgilashda:

  1. bozor baholaridan kelib chiqishni;

  2. xarajatlar asosida belgilashni;

v) me’yoriy xarajatlar asosida belgilashni;
g) to‘liq xarajatlar asosida belgilashni taqozo etadi.



  1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan mahsulotga bozorda talab katta. Lekin, xaridorlarni ko‘proq mahsulotning bahosi arzon bo‘lishi qiziqtirmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsuloti bahosini pasaytirmasa, bozordagi raqobatga bardosh bera olmaydi. Shu holatda, xo‘jalik yurituvchi subyektning rejalashtirgan daromadi miqdorini kamaytirmasdan va tegishli foyda summasini olishi uchun, mahsulotga baho belgilashning qaysi usulidan foydalangani ma’qul?

  1. aktivlar rentabelligi

  2. sotish rentabelligi

v) yalpi foyda
g) o‘zgaruvchan xarajatlar
Nima uchun aynan shu band to‘g‘ri deb hisoblayapsiz? Fikringizni izohlab, asoslab bering.



  1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan mahsulotni sotib olish borasida yangi buyurtma tushmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari shu buyurtmani qabul qilish yoki qilmasligi borasida mutaxassis sifatida Sizga murojaat qildi. Shu holatda, fikringizning etarli

darajada asosli bo‘lishi uchun, mahsulotga baho belgilashning qaysi usulini ishlatgan ma’qul?

  1. aktivlar rentabelligi

  2. sotish rentabelligi

v) yalpi foyda
g) o‘zgaruvchan xarajatlar
Nima uchun aynan shu band to‘g‘ri deb hisoblayapsiz? Fikringizni izohlab, asoslab bering.



  1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan mahsulotga bozorda talab katta. Shu bilan birgalikda xaridorlarni ko‘proq ma’sulotning bahosi arzon bo‘lishi emas, uning sifati juda yaxshi bo‘lishi qiziqtirmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyektda mahsulot sifatini yanada yaxshilash imkoni mavjud, lekin, bu qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Shu holatda, reja qilinayotgan foyda summasini olishi uchun, mahsulotga baho belgilashning qaysi usulidan foydalangan ma’qul?

  1. aktivlar rentabelligi

  2. sotish rentabelligi

v) yalpi foyda
g) o‘zgaruvchan xarajatlar
Nima uchun aynan shu band to‘g‘ri deb hisoblayapsiz? Fikringizni izohlab, asoslab bering.



  1. Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan xarajatlarning o‘zgarishi, ya’ni "o‘zini tutishi"ni o‘rganish baholar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asosdir. Siz shu fikrga qo‘shilasizmi?

a) HA b) YO‘Q



  1. Baholar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinayotganda ishlab chiqarish xarajatlari odatda quyidagilardan qaysi birini o‘z ichiga oladi?

  1. bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini

  2. egri ishlab chiqarish xarajatlarini

v) ikkalasini ham
g) ikkalasini ham emas



  1. Baholar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinayotganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt menejerlari, ko‘pchilik hollarda xarajatlar bazasiga ham o‘zgaruvchan, ham doimiy xarajatlarni ko‘shishni afzal ko‘radilar. Siz shu fikrga qo‘shilasizmi?

a) ha b) yo‘q



  1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarayotgan bir dona mahsulotiga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajatlar 50 p.b.ni tashkil qilmoqda. Doimiy xarajatlarning umumiy miqdori 1 mln. p.b. bo‘lib, u ishlab chiqarilgan barcha mahsulot hajmiga nisbatan baravar taqsimlanadi. Mahsulotning sotish bahosi to‘liq xarajatlarga yana 10 foiz ustamani qo‘yish bilan aniqlanadi. Agar jami 100 ming dona mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, mahsulot birligining bahosi qanchaga teng bo‘ladi?

  1. 55 p.b.

  2. 60 p.b.

v) 61 p.b.
g) 66 p.b.



  1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 200 ming dona mahsulot sotmoqchi. Doimiy xarajatlar 400 ming p.b.ni tashkil qilgan, o‘zgaruvchan xarajatlar sotuv bahosining 60 foizini tashkil qiladi. Shu holatda xo‘jalik yurituvchi subyekt 100 ming p.b. foyda olish uchun bir dona mahsulotning sotish bahosini necha p.b. miqdorida belgilashi lozim?

a) 3.75 p.b.
b) 4.17 p.b.
v) 5.00 p.b.
g) 6.25 p.b.



  1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt bir oyda 8 ming dona mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi. Jami ishlab chiqarish xarajatlari 560 ming

p.b.ni tashkil qiladi, shundan 160 ming p.b. – o‘zgaruvchan xarajatlar,
400 ming p.b. – doimiy xarajatlardir. Xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmayotgan asosiy vositalar mavjud bo‘lib, ular ishlatiladigan bo‘lsa, bir oyda yana qo‘shimcha 2 ming dona mahsulot qo‘shimcha ishlab chiqara olish mumkin. Shu hajm bo‘yicha maxsus buyurtma qabul qilish masalasi ko‘tarilsa, quyidagi baholardan qaysi biri xo‘jalik yurituvchi subyekt manfatlariga to‘g‘ri kela olishi mumkin?

  1. 17 p.b.

  2. 73 p.b.

v) 62 p.b.
g) 21 p.b.



  1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z aktivlari rentabelligining - 30 foiz atrofida bo‘lishini rejalashtirmoqda. Bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektdagi mavjud aktivlarning umumiy summasi – 100 ming p.b.ga teng. Kelgusi yili sotilishi mumkin bo‘lgan hajm taxminan 10 ming donani tashkil qiladi. Bir dona maxsulotni ishlab chiqarish xarajatlari bo‘lsa, quyidagicha: o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlar - 5 p.b., doimiy ishlab chiqarish xarajatlari - 1 p.b., shuningdek, doimiy tijorat va ma’muriy boshqaruv xarajatlari - 2 p.b.. SHu holatda to‘liq tannarx hisobi bo‘yicha bir dona maxsulotning sotuv bahosi qanchaga teng bo‘ladi?

  1. 5 p.b.

  2. 8 p.b.

v) 10 p.b.
g) 11 p.b.



    1. Download 1,19 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish