Cash basis of accounting – hisobga olishning kassa uslubi (to‘lov bo‘yicha uslub). Buxgalteriya hisobida prinsipial yondashuv bo‘lib,
bunda daromadlar pul mablag‘lari yoki boshqa qoplamalarining haqiqiy tushumlari bo‘yicha, xarajatlar esa – haqiqatda to‘langan bo‘lsa tan olinadi.
Cash budget – pul mablag‘lari byudjeti (pul mablag‘lari smetasi). Kelgusi davrga kutilayotgan pul tushumlari va chiqimlarining detallashgan rejasi, shuningdek Cash flows forecast deyiladi.
Cash equivalents – pul ekvivalentlari. Qiymatini yo‘qotishda eng kam tavakkalli qisqa muddatli (90 kungacha) yuqori darajada va oson pullanadigan moliyaviy tushumlar. Odatda, davlatning yuqori darajada oson pullanadigan qimmatli qog‘ozlari tushuniladi.
Cash flow forecast – pul oqimlari byudjeti yoki istiqbolini belgilash, shuningdek Cash budget.
Certified management accountant (CMA) - boshqaruv hisobi bo‘yicha diplomli hisobchi. AQSHda mazkur unvon ma’lum talablarga javob beradigan (ma’lumot, amaliy tajriba va h.z.) va malakaviy imtihonlarni topshirgan shaxslarga Diplomli boshqaruv hisobchilar instituti tomonidan beriladi.
Certified public accountant - diplomli jamoa hisobchisi (AQSH kasbiy hisobchilar muhitida eng katta imliyozli sertifikat). Litsenziya talablariga javob beruvchi hamda auditorlik va maslahat firmalarida ishlash huquqini beruvchi malakaviy imtihonlarni topshirgan shaxslarga Amerika diplomli jamoa hisobchilari instituti (AICPA) tomonidan beriladi.
Chart of accounts - schetlar rejasi. Korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan qo‘llaniladigan, bosh kitobda hisobni topishni yengillashtirish maqsadida har bir hisob uchun raqam yoki kodi
belgilangan tizimlashtirilgan schetlar ro‘yxati. Doimiy va aniq nomlari hamda raqamlari ko‘rsatilgan schetlar ro‘yxati.
Closing entries - yopuvchi buxgalteriya o‘tkazmalari (yozuvlari). Kelgusi, ya’ni yangi davr moliyaviy natijasini aniq hisoblash maqsadida, hisoblarda nol saldo bilan yangi hisob davrini boshlash uchun vaqtincha xarakterga ega bo‘lgan schetlar(barcha daromadlar va xarajatlarning hisoblari, chiqarish hisobi, yakuniy daromad hisobi)ni yopish. Yoki boshqacha ifodalanadigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotni tayyorlash oldidan, hisobot davri yakunida bajariladigan buxgalteriya hisobi yozuvlari.
Compound entry - murakkab buxgalteriya yozuvlari (o‘tkazmalari). Bittadan ko‘p debet yoki kredit yozuvini o‘z ichiga olgan xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha qayd qilingan buxgalteriya yozuvlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |