Boshqaruv hisobi


O‘zbekiston Respublikasida boshqaruv hisobini yuritishga doir qabul kilingan asosiy qonun va me’yoriy hujjatlar



Download 1,19 Mb.
bet137/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

O‘zbekiston Respublikasida boshqaruv hisobini yuritishga doir qabul kilingan asosiy qonun va me’yoriy hujjatlar



T/r

Me’yoriy hujjatning nomi

Qabul qilingan vaqti




«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan, 2016-yil 13-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan




«Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan (2003-yil 25- dekabrdagi 567-sonli qaror bilan o‘zgartirishlar kiritilgan)




O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1- sonli milliy standarti

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-avgustda 474-son bilan ro‘yxatga olingan




O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» nomli 3-
sonli milliy standarti

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-avgustda 484-son bilan ro‘yxatga olingan




O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining schetlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma» nomli 21-sonli milliy standarti

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 103- sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan

Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobining muhim elementi hisoblangan xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasini oqilona tashkil etishga ko‘maklashadi.


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobining me’yoriy- xuquqiy bazasini takomillashtirishda ular tomonidan ishlab chiqiladigan ichki boshqaruv (segmentar) hisobotlari alohida o‘rin tutadi. Bu hisobot shakllari materiallar va butlovchi qismlar zaxiralari to‘g‘risida, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to‘g‘risida, harid qilingan qiymatliklar to‘g‘risida, tayyor mahsulot zaxiralari to‘g‘risida, sotishlar to‘g‘risida, pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida, debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida hisobot
kabilardan iborat bo‘ladi. Mazkur boshqaruv hisoboti shakllari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatini javobgarlik markazlari (bulinmalari)da moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari harakati to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Ayni paytda xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish borasida ma’lum kiyinchiliklar mavjud. Ko‘pgina hollarda buxgalterlar moliyaviy hisob va hisobot, soliqlar hisobi va hisoboti fan sifatida tan olinganligi, uning obyektlari va subyektlari ma’lum bo‘lganligiga qaramasdan buxgalterlarning ko‘p vaqti shu masala bilan band bo‘lib, boshqaruv hisobining samarali tizimini tashkil etish uchun vaqt yetishmasligini ta’kidlashadi. Shunga qaramasdan, amaliyotning ko‘rsatishicha, buxgalterning buxgalter- menejerga aylanishi tendensiyasi kuchaya boshladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda boshqaruv hisobini samarali tarzda tashkil qilish, yuritish va uni amaliy jihatdan yanada takomillashtirishning quyidagi yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin:

    • xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha jabhalarini rkejalashtirish, rejalar asosida dasturlar ishglab chiqish, dasturlarning bajarilishi ta’minlash uchun byudjetlashtirish;

    • xarajatlarni javobgarlik (mas’uliyat) markazlari bo‘yicha tashkil qilish, mas’uliyat markazlari faoliyatini moliyaviy baholash mezonlari bilan bir qatorda nomoliyaviy mezonlar bilan baholash amaliyotini joriy qilish;

    • trasfert baholarni shakllantirishga alohida e’tiborni qaratish, shu borada segmentar hisobotlarni tuzishga buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib yondashish;

    • “xarajat-ishlab chiqarish hajmi-foyda” ko‘rsatkichlari tahlilini xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotiga keng joriy qilish, shuningdek ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etishni tashkil qilish;

-boshqaruv qarorlarini qabul qilishda chiziqli dasturlash modellaridan foydalanishni keng joriy qilish;

    • investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish, biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va boshqaruv samaradorligini baholash mezonlarini amaliyotga joriy etish;

    • boshqaruv hisobida sifat ko‘rsatkichlarini baholash va boshqarishni tashkil qilish, shuningdek strategik boshqaruv hisobini tashkil etish kerak bo‘ladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishni amalga oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki, uning yordamida rejalashtirilgan hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalarni shakllantirish, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromad va xarajatlarni aniqlash, amalga oshiriladigan hisob-kitoblar to‘g‘riligini kuzatib borish mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasining zamonaviy usul hamda tizimlarini qo‘llash ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri aniqlash, chetlanishlar hisobi va tahlilini yuritish kabi imkoniyatlarni beradi. Ularga “Direkt-kosting”, “Standart-kost”, “JIT”, “ABC”, “SCA” larni kiritish mumkin.
Boshqaruv hisobida oqilona investitsiya qarorlari qabul qilishni ta’minlash xo‘jalik yurituvchi subyektning investitsiya faoliyati murakkabligi va dastlab taqdim qilinayotgan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash hamda ularning ko‘p mablag‘ talab qiladigan tomonlarini tahlil qilish zarurati bilan belgilanadi.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘linmalarida sodir bo‘lgan muomalalarni to‘liq hisobga olish ularni muayyan vakolatlar va mas’uliyatlar bo‘yicha segmentlarga ajratishni taqozo etadi. Segmentar hisobot axborotlari biznesning har bir segmenti faoliyatini sifat jihatdan baholash imkonini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt segmentlari (javobgarlik markazlari) faoliyatini boshqarishda ular o‘rtasida transfert bahoni to‘g‘ri shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Transfert baho xo‘jalik yurituvchi subyektning bir javobgarlik markazidan boshqa javobgarlik markaziga
o‘tkaziladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar yoki xizmatlar bahosini aniqlashda qo‘llaniladi.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish