OSI MODELI MODEL DARAJALARI
Kompyuterlar tarmoqga ulanganda ko‘p operatsiyalar bajariladi, kompyuterdan
kompyuterdga ma’lumotlarni uzatishni ta’minlanadi. Haqiqatda esa uzatiladigan barcha
axborot ishlanishni ko‘p bosqichlarini o‘tadi.
Olingan bloklar paketli tarmoqlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Paketlar kodlashtiradi, tanlangan kirish usullari bo‘yicha tarmoqga elektrik yoki
yorug‘lik signallar yordamida uzatiladi. Keyin qabul qilingan paketlardan ular ichidagi
ma’lumotlar bloki yana tiklanadi, bloklar ma’lumotlarga yoqiladi va ular boshqa ilovaga
erishishga imkon beradi. Bu albatta, bo‘layotgan jarayonlarning juda soddalashtirilganlik
bayonidir. Ko‘rsatilgan protseduralarning bir qismi faqat dаsturiy amalga oshiriladi,
ikkinchisi – apparatli, qandaydir operatsiyalar dasturlar bilan ham va apparatlar bilan
ham bajarilishi mumkin. Barcha bajaradigan protseduralarning tartibga solish, ular-ning
darajalarga va daraja qisimlariga bo‘lib, bir biriga ta’sirini ko‘rsatish tarmoq modellarining
vazifasidir. Ular to‘g‘ri ta’sir etishni tashkillashtirishni bir tarmoq ichidagi abonentlarga
ham va har xil darajadagi xilma-xil tarmoqlarga ham imkon yaratadi. Bugungi kunda
OSI (Open System Interchange) оchiq tizimning axborot almashuv etalon modeli deb
ataladigan modeli eng ko‘p tarqalgan. Bunda “оchiq tizim” deb nomlanishi uziga berk
bo‘lmagan tizim deb tushuniladi, u qandaydir boshqa tizimlarga ta’sir etish imkoniyati bor
(yopiq tizimga qaraganda).
1984 yili OSI modeli xalqaro ISO standartlari tashkiloti tomonidan (International
Standarts Organiratioh) taklif etilgan. O‘sha vaqtdan beri uni hamma tarmoqli maxsulot
chiqaruvchilari qo‘llaydi. Model OSI har qanday universal modelga o‘xshab qo‘pol, og‘ir
va unchalik ixcham emas, shuning uchun har xil firmalar tomonidan taklif qilinadigan real
tarmoqli vositalar qabul qilingan funksiyalar bo‘linishini majburiy ushlab turmaydi. Biroq
42
OSI modeli bilan yaqinrоq tanishish bilan tarmoqda nimalar bo‘lishini yaxshi tushinish
mumkin.
Modeldagi barcha tarmoqli funksiyalar yetti darajaga bo‘lingan (20-rasm). Bunda
yuqorida turgan darajalar ancha murakkab, global vazifalarni bajaradi, buning uchun
o‘zining maqsadlarida pastki darajalarini ishlatadi va ularni boshqaradi.
7. Amaliy daraja
6. Vakillik daraja
5. Seansli daraja
4. Transportli daraja
3. Tarmoqli daraja
2. Kanalli daraja
1. Fizik daraja
Real aloqani bir tarmoqdagi abonentlar faqat eng pastki, birinchi, fizik darajada
olishadi. Uzatuvchi abonentda axborot hamma darajadan o‘tadi, yuqoridan boshlab
pastida olingan axborot tеskаri yo‘l yuradi: pastki darajadan yuqorisiga.
Har xil darajalarning funksiyalarini ko‘rib chiqamiz.
• Amaliy daraja (Application), yoki ilovalar darajasi, foydala-nuvchi ilovalarini bevosita
ushlab turib xizmatlarni ta’minlaydi, masalan ma’lumotlar bazasiga kirish fayllarini uzatish
dasturiy vositalari, elektron pochta vositalari, serverda registratsiya qilish xizmati. Bu
daraja qolgan olti darajani boshqaradi.
• Taqdim etish darajasi (Presentation), yoki ma’lumotlani taqdim etadigan daraja,
ma’lumotlar formatini belgilaydi va ular sintaksisini tarmoqga qulay shaklni qayta tuzadi,
ya’ni tarjimon funksiyasini bajaradi. Bu yerning o‘ziga ma’lumotlarni shifrlаsh va shifrni
yechish bajariladi, kerak bo‘lsa ularni siqadi.
• Seansli daraja (Session) aloqa seanslarini o‘tkazishni boshqaradi (aloqani o‘rnatadi,
ushlab turadi va to‘xtatadi).
• Transportli daraja (Transport) paketlarni xatosiz va yo‘qotmasdan, kerakli ketma
– ketlikda еtqаzishni ta’minlaydi. Bu yerda uzatadigan ma’lumotlar bloklarga bo‘linadi,
paketlarga solinadi va qabul qilinayotgan ma’lumotlarni taxlaydi.
• Tarmoqli daraja (Network) paketlarni adreslashtirishga javob beradi va mantiqli
ismlarni fizik tarmoqli adreslarga o‘tkazadi (va tеskаri), shuningdek paket kerakli joyga
43
borish marshrutini tanlaydi (agar tarmoqda marshrutlar bo‘lsa).
• Kanalli daraja, yoki uzatish liniyalarining boshqarish darajasi, boshlanish va oxirgi
boshqarish maydonlarning kiritgan standart ko‘rinishini shaklga solinishiga javob beradi.
Shu joyda tarmoqga kirishni boshqarilishi bajariladi, uzatish xatolari topiladi va xatoli
paketlarni qabul qiluvchiga qayta yuborish bajariladi.
• Fizik daraja (Physical) – modelni eng pastki darajasi bo‘lib, uzatish muxitida qabul
qilingan uzatilgan axborotni signallarga kodlash uchun javob beradi va teskarisi – kodlarni
yechish. Bu yerni o‘zida birlashtiruvchilarga, raz’yemlarga, elektrlik moslashishlarga,
yerga tutashtirishga, halaqit beruvchilardan himoyalanishga va h.k. talablar belgilanadi.
Modelning ikkita pastki darajalarini (1 va 2) ko‘p funksiyalari apparatli qilinadi (daraja
2 ni qisman funksiyalari – tarmoqli adapterning dasturiy drayveri bilan). Huddi shunday
darajalarda uzatish tezligi va tarmoq topologiyasi, almashuvni boshqarish usuli va paket
o‘lchamlari topiladi, ya’ni tarmoq turiga bevosita tegishli bo‘ladi (Ethernet, Token –
Ring, FDDI). Yuqori darajalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniq apparat bilan ishlashmaydi, lekin 3-5
darajalar uning xususiyatlarini hisobga olishi mumkin.
Darada 2 (kanalli) da ko‘pincha 2 darajagacha ajratiladi.
• Yuqori darajada (LLC – Logical Link Control) mаntiq aloqani boshqaradi, ya’ni virtual
kanal aloqasini o‘rnatadi (uning funksiyasining bir qismi tarmoqli adapterning drayver
dasturi yordamida bajariladi).
• Pastki darajada (MAC – Media Access Cantrol) axborot uzatish muxitga bevosita
kirishni bajaradi (aloqa kanaliga). U to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqning apparaturasi bilan
bog‘langan.
7
Ilovalar darajasi. Qo‘shimchalardan iborat bo‘lib, ular
yordamida tarmoqdan foydalanish amalgam oshirilishi mumkin.
6
Taqdim etish darajasi tarmoqdagi ma’lumotlarni formatini
standartlashtiradi.
5
Seansli daraja ilovalar o‘rtasidagi ulashuvlarni boshqaradi.
4
Transportli daraja-qidirish va tuzatish kiritish yordamida
ma’lumotlarni xatosiz uzatishni kafolatlaydi.
3
Uzatish darajasi. Tarmoqdagi kompyuterlar orasida eng yuqori
darajali ulanishlarni boshqaradi.
2
Himoyalash darajasi. Fizik ulanish uslubi bilan ma’lumotlarni
ishonchliligiga g‘amxo‘rlik qiladi.
1
Bitli uzatish darajasi. Uzatish yo‘llari fizik xususiyatlarini
belgilaydi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |