3G texnologiyasi .4G texnologiyasi. 5G texnologiyasi
.
1.20-rasm. Mobil tarmoqlarining avlodlari
55
Aslida, avlodlar har doim muayyan vaqt oralig'ida joylashtirilishi mumkin
bo'lgan standartlar guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom ettirish ehtimoli katta,
shuning uchun 5G joylashtirilgan bitta nuqta bo'lmaydi, aksincha uning
imkoniyatlari
aniqlanib,
rivojlantirilganidan
so'ng
bosqichma-bosqich
joylashtiriladi.
Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari
1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun
150MHz-900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni
tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat
ovozli ko’rinishda bo’lib, ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil
qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya
bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib
maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan.
1.21-rasm. 1G mobil qurilmasi va stansiyasi
Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish
sifati past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod
mobil tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy
etildi global tarmoqda foydalanish imkoniyatli hal etildi.
Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmoqlari
GSM (Global System for Mobiles)
standartiga asoslangan 2 avlod mobil standarti 1991 yil birinchi marta
56
Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari uchun 1 avloddan farqli
ravishda raqamli signallardan foydalanildi. 900MHz chastota polosa kengligida
ishlovchi ushbu standartning ma’lumot uzatish tezligi 64 Kbit/s gacha oshirish
imkoniyati ishlab chiqildi.
2G tarmoqlari foydalanuvchilarga ovozli, matnli, rasmli va MMS
(multimedia message) xizmatlarini yuqori sifatda taqdim eta oldi. 2G tarmog’ida
mobil telefonini ishlash uchun kuchli raqamli signal talab etiladi, aks holda
tarmoqda uzilishlar yuzaka keladi va raqamli signal yoqoladi. 2G tarmoqlarida
xech qanday video xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G tarmoqlariga moslab video
xizmatlarni qo’shish va yana qo’shimcha xizmatlari taqdim etish masalalari ko’rib
chiqilgan.
1.22-rasm. 2G mobil tarmoqlari arxitekturasi
2 (G) avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga asoslangan bo’lib,
tarmoq bir nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga asoslanadi. GSM
tarmog'ining arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va kommutatsiya
(NSS), operatsiya va qo'llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), shuningdek MSC,
AuC, HLR, VLR va boshqalar iborat.
BSS
(Base Station Subsystem) - an'anaviy uyali telefon tarmog'ining bo'limi
57
bo'lib, u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish
o'rtasida signalizatsiya uchun javob beradi.
BTS
(Base Transceiver Station) - mobil telefonning tarmoqqa kirish
nuqtasidir. U tarmoq va mobil telefon o'rtasida radio aloqalarni amalga oshirish
uchun javobgardir. U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio
signallarining modulyatsiyasi / demodulyatsiyasi bilan shug'ullanadi.
BSC
(Base Station Controller) - bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS)
boshqaradigan va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil
kommutatsiya markazi (MSC) o'rtasidagi interfeysni ta'minlaydigan tarmoq
elementidir.
Mobil kommutatsiya markazi (
MSC
/ Mobile Switching Center) - GSM /
CDMA uchun ovozli qo'ng'iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa
xizmatlarni (masalan, konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma'lumotlari)
marshturlash uchun javob beradigan asosiy xizmat ko'rsatish tuguni hisbolanadi.
Barcha mobil telefonlardan mobil qo'ng'iroqlar va PSTN-dan mobil qo'ng'iroqlar
G-MSC orqali marshturlanadi.
NSS
(Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish
quyi tizimi (NSS) (yoki GSM yadro tarmog'i) asosiy stansiyalar tarmog'ida
roumingda mobil telefonlar uchun qo'ng'iroqlarni amalga oshirish va
harakatchanlikni boshqarish funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy
qismi.
AuC
(Authentication Centre) - Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa
ulanishni istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM
tarmog'idagi yana bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va
yaroqliligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
HLR
(Home Location Register) - bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa
abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo'qmi, xizmatlar
kabi turli xil ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi.
VLR
(Visitor Location Register) – yangi hududga kirib boruvchi
faoydalanuvchilarni (masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga
58
oladi. Bu HLR qamrov zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming
funktsiyalarini qo'llab-quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server.
PSTN
(Public switched telephone network) - umumiy foydalanishdagi
telefon tarmog'i - bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari
tomonidan
boshqariladigan,
umumiy
foydalanishdagi
telekommunikatsiya
infratuzilmasi va xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo'ylab simli infratuzilma
orqali ovozli ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |